Reja: Davlat va jamiyat qurilishi haqida tushuncha


Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish



Yüklə 31,01 Kb.
səhifə9/10
tarix23.05.2023
ölçüsü31,01 Kb.
#120435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Davlat va jamiyat qurilishi tizimin

Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish.


Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari:
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati sub’ektlaridir.


  • Jamoatchilik nazorati jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.



Jamoatchilik nazoratining ob’ektlari: 


  • Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining:


    qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek rivojlanish davlat, tarmoq va hududiy dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olishga;
  • fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini ta’minlashga;


  • o‘z zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor bo‘lgan vazifalar va funksiyalarni bajarishga;


  • davlat xizmatlarini ko‘rsatishga;


  • ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarishga doir faoliyati jamoatchilik nazoratining ob’ektidir.




  • Jamoatchilik nazoratining asosiy prinsiplari: 
  • fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;


  • jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etishning ixtiyoriyligi;


  • jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ommaviyligi va ochiqligi;


  • jamoatchilik nazorati sub’ektlarining xolisligi va beg‘arazligi;


  • jamoatchilik nazorati natijalarining ishonchliligi;


  • jamoatchilik nazorati sub’ektlarining davlat organlari, ularning mansabdor


  • shaxslari faoliyatiga asossiz aralashuviga va ularga g‘ayriqonuniy ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmasligi.


1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin