Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish.
Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati sub’ektlaridir.
Jamoatchilik nazorati jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Jamoatchilik nazoratining ob’ektlari:
Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining:
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek rivojlanish davlat, tarmoq va hududiy dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olishga;
fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini ta’minlashga;
o‘z zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor bo‘lgan vazifalar va funksiyalarni bajarishga;
davlat xizmatlarini ko‘rsatishga;
ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarishga doir faoliyati jamoatchilik nazoratining ob’ektidir.
Jamoatchilik nazoratining asosiy prinsiplari:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etishning ixtiyoriyligi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ommaviyligi va ochiqligi;
jamoatchilik nazorati sub’ektlarining xolisligi va beg‘arazligi;
jamoatchilik nazorati natijalarining ishonchliligi;
jamoatchilik nazorati sub’ektlarining davlat organlari, ularning mansabdor
shaxslari faoliyatiga asossiz aralashuviga va ularga g‘ayriqonuniy ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmasligi.
|