O‘zbekistonning bosh maqsadi – rivojlangan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatni qurish.
Fuqarolik jamiyat – konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli,insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan,qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, ko‘p partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi ta’minlanadigan hamda o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining mavqei baland bo‘lgan ijtimoiy tuzum.
Davlat jamiyatining siyosiy, xo‘jalik va madaniy hayotga rahbarlik qiluvchi davlat organlariga ega. Masalan: O‘zbekiston Oliy davlat hokimiyat organi Oliy Majlis, mahalliy davlat hokimiyat organlari,viloyatlar,tumanlar va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlaridir. Siyosiy ijro etuvchi organ- davlat boshlig‘i va vazirlar mahkamasining raisi Prezident, mahalliy ijro etuvchi organ- viloyat, tuman va shahar hokimlaridan iborat. O‘zbekiston huquqni muhofaza organlari mavjud. Bu organlarning chiqargan normative va huquqiy hujjatlari jamiyatning barcha a’zolari uchun majburiydir.
Davlat shakli birinchi navbatda davlat hokimiyatining mahalliy va oliy hokimiyat organlarini tuzilishidir. Davlatning boshqaruv shakli bu- davlat hokimiyatining 3 ta tarmoqqa bo‘linishidir:
1. Qonun chiqaruvchi hokimiyat (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi).
2. Ijro etuvchi hokimiyat (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va Vazirlar Mahkamasi).
3. Sud hokimiyati (O‘zbekiston Respublikasi Konstituttsiyaviy Sudi, Oliy Sudi, va Oliy xo‘jalik sudi).
Davlat tuzilish shakli har bir davlatning siyosiy va ma’muriy-hududiy tuzilishini birlashtiradi. Masalan: O‘zbekiston Respublikasining hududida yashovchi barcha xalqning tarixiy va milliy hususiyatlari hisobga olingan holda uning ma’muriy-hududiy tuzilishi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar va Qoraqolpog‘iston Respublikasidan iborat.
Zamonaviy Respublikalar parlamentlik va prezidentlik ko‘rinishida bo‘ladilar. Ular o‘rtasidagi asosiy farq hukumatni kim tomonidan tayinlanishi va hukumat kim oldida ma’suliyatga egaligida yoki javobgar bo‘lishidadir.
Unitar yoki oddiy davlat tuzilishi ma’muriy-hududiy qismlarga bo‘linib, yagona oliy organga, hukumatga, konstitutsiyaga, fuqarolikka, o‘zining hududiga, davlat chegarasiga va qununiylikka ega bo‘ladi. Masalan: Angliya, Italiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Fransiya davlat tuzilishi shakli bo‘yicha unitary davlatdir.
|