Davlat xarajatlarining tashkiliy tuzilishi. Davlat xarajatlarni o‘zaro chambarchas bog‘langan konkret turlarini majmui davlat xarajatlarining tizimini ifodalaydi. Bu tizim, davlat orqali
belgilangan ma’lum tamoyillar asosida tashkil etiladi. Ulardan asosiylari quyidagilar:
berilgan mablag‘larni ko‘zda tutilgan maqsadlarga yo‘naltirish va ishlatish (iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalaridagi qat’iy belgilangan chora-tadbirlarga davlat mablag‘larini yo‘nalti- rish). Bu bilan hududiy va xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlarini rivojlanishida tasdiqlangan mutanosiblikni saqlanishi bilan amalga oshiriladi va birinchi navbatda ilmiy-texnik taraqqiyotini aniqlaydigan va asosiy ijtimoiy muammolarni hal qiluvchi istiqbolli tarmoqlarni rivojlanishiga mablag‘lar ajratish;
davlat resurslarini qaytmasligi – bu korxonalar va tashkilotlarni ta’minoti uchun davlat byudjetidan ajratilgan pul mablag‘larini qaytarishga zaruriyat yo‘qligi. Kredit usulida moliyalashtirishni farqligi – bu kredit oluvchi kreditga bergan mablag‘larga belgilangan vaqtda va ulardan foydalanganligi uchun tasdiqlangan foizlar bilan korxona o‘z foydasidan davlatga qaytarishi zarur;
iqtisod tartibiga rioya qilish – byudjet, kredit va o‘z mablag‘lari hisobidan davlat xarajatlarini moliyalashtirishda optimal birlikni saqlash. By rejalarni bajarish me’yorida davlat xarajatlarini moliyalashtirish faqat ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bajarilganda hamda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tartibi asosida moliyaviy resurslar ajratilishi ko‘zda tutiladi.
Davlat xarajatlarining ayrim turlari iqtisodiy mazmuni va ahamiyati bo‘yicha har xil. Bu har xillik xarajatlarni moliyalashtirishning usullari, shakllari va manbalarida ifodalanadi.
Davlat xarajatlari iqtisodiy jihatidan quyidagi uch asosiy guruhga bo‘linadi:
Birinchi guruh ishlab chiqarish xarajatlari – bu davlatning mulki, boyligini ko‘paytiradi yoki xususiy xo‘jaliklarni iqtisodiy asoslarini mustahkamlaydigan xarajatlardir yoki boshqacha qilib aytganda, davlatni xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va milliy daromadni yaratilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish sohasiga tegishli xarajatlardir. Davlat xarajatlarini jamg‘arish fondi bilan iste’mol fondi orasidagi optimal taqsimlanishi davlatning iqtisodiy siyosatining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Ikkinchi guruhdagi xarajatlar milliy daromadni iste’mol qilinishi bilan bog‘liq bo‘lib, jamiyatning nomoddiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltiriladi. Noishlab chiqarish sohasiga qilinadigan xarajatlar miqdoriy jihatdan ifodalash murakkab bo‘lgan natijani bermasada, davlatning ijtimoiy manfaatlari uchun juda muhim hisoblanadi. Noishlab chiqarish sohasiga sarflanayotgan davlat byudjetining mablag‘lari, avvalo, aholini ijtimoiy himoyaga olish fan va ta’lim, madaniyat, tibbiy xizmatlari, jismoniy tarbiya va sport, tabiatni muhofaza qilish va ekologik sharoitni yaxshilash hamda boshqa madaniy chora-tadbirlarga yo‘naltirilgan. Undan tashqari davlat xarajatlari mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga va samarali boshqarishga ham yo‘naltiriladi.
Uchinchi guruh davlat rezervlarini shakllantirish xarajatlari bo‘lib, xoh ishlab chiqarish, xoh noishlab chiqarish sohalarida favqulodda zaruriyat tug‘ilganda uni bartaraf qilish uchun va muammoni hal qilish uchun yo‘naltiriladi.
Davlat xarajatlarining ushbu guruhi o‘zaro uzviy bog‘langan. Iqtisodiy mazmuni bo‘yicha davlat xarajatlarini turkumlash muhim ahamiyatga ega, chunki milliy daromadni taqsimlash vositasi sifatida ijtimoiy takror ishlab chiqarishni moliyalashtirishda xarajatlarning ahamiyatini aniqlashga imkon yaratadi. Davlat xarajatlari quyidagi shakllarda moliyalashtiriladi:
o‘zini-o‘zi moliyalashtirish (davlat korxonalari xarajatlarini o‘z moliyaviy resurslari evaziga moliyalashtirishi);
byudjet orqali moliyalashtirish (umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirilishini ta’minlash);
kredit orqali moliyalashtirishni ta’minlanishi (bir tomondan, davlat korxonalari o‘z joriy va investision xarajatlarini qoplash uchun olingan bank ssudalarini ishlasa, ikkinchi tomondan esa, davlatni turli darajadagi boshqaruv organlari davlat krediti shaklida moliyaviy bozordan pul mablag‘larini jalb qiladi).
Davlat xarajatlarining moliyaviy ta’minotini yuqorida ko‘rsatilgan shakllari orasidagi oqilona nisbati iqtisodiy manfaatini to‘g‘ri balansini topishiga imkon yaratadi va har bir shaklni qo‘llashdan yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydi.
Davlat qarzlarining mohiyati va ahamiyati
Umumdavlat ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan pul resurslarining asosiy qismi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar shaklida jalb qilinadi. Iqtisodiyotning moliyaviy holati barqaror bo‘lmaganda, davlat daromadlarining kamayib ketgan sharoitda davlat o‘zining xarajatlarini qoplashga boshqa manbalardan ham mablag‘ jalb qilishga majbur bo‘lib qoladi. Davlat tomonidan jalb qilishning asosiy shakli bo‘lib davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti – bu davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi kredit munosabatlaridir. Bu yerda davlat, asosan, qarz oluvchi bo‘lib ishtirok etadi. Davlat krediti hukumat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan olingan kreditlarni davlatning kafolat majburiyatlari shaklida chiqishi ham mumkin.
Kafolat majburiyati – bu kreditorga berilishi lozim bo‘lgan so‘mmani o‘z vaqtida to‘lanilishini ta’minlash kafilligini olgan organ tomonidan berilgan hujjatdir. Kafolat majburiyatining ta’sir kuchi kafolat xatida ko‘rsatilgan hamma so‘mma to‘laligicha to‘langanidan so‘ng tugaydi.
Davlat zayomlari – davlatning qimmatli qog‘ozlarini sotish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shu asosda davlat qarzi shakllanadi.
Davlat kreditlari umumdavlat moliyasining muhim elementi bo‘lib, bunda kreditor sifatida yuridik va jismoniy shaxslar, davlat nomidan qarz oluvchi bo‘lib esa davlat organlari o‘tadi. Xalqaro munosabatlar doirasida davlat bir vaqtda ham kreditor, ham qarz oluvchi bo‘lishi mumkin.
Davlat krediti qaytarilishi va to‘lanishi asosida beriladi. Davlat krediti bank kreditidan farq qiladi. Davlat krediti orqali yig‘iladigan qo‘shimcha moliyaviy resurslar ishlab chiqarish kapitali aylanishida ishtirok etmaydi, balki byudjet taqchilligini qoplash uchun yo‘naltiriladi.
Byudjet taqchilligi – bu muayyan davrda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq bo‘lgan so‘mmasidir. Davlat tomonidan mablag‘lar jalb qilinganda kreditning ta’minoti bo‘lib davlatning barcha mol-mulki hisoblanadi.
Davlat krediti kelgusida davlat qarzining shakllanishiga olib keladi. Davlat qarzi – bu davlat tomonidan ichki mablag‘ni va xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan muayyan mamlakatning majburiyatlari yig‘indisidir. Bu so‘mma davlatning qarz oldi-berdi bilan bog‘liq chiqarilgan va qaytarilmagan, ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda, davlatning majburiyatlari sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat krediti o‘zining iqtisodiy mohiyati bo‘yicha YaIMning qayta taqsimlash shakli hisoblanadi. Uning manbasi aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bo‘sh turgan mablag‘lari hisoblanadi. Davlat kreditidan foydalanish davlat ixtiyoriga mablag‘larni jalb etishning asosiy shaklidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kelgusi moliya yili uchun Davlat byudjetini qabul qilish jarayonida davlatning ichki va tashqi qarzining eng yuqori me’yorlarini tasdiqlaydi.
Davlat kreditining shakllari va tasniflanishi
Emissiya qilish huquqiga qarab zayomlar davlat zayomlari va mahalliy zayomlarga bo‘linadi. Davlat zayomlari markaziy boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi va ular bo‘yicha tushgan mablag‘lar davlat byudjetiga yo‘naltiriladi. Mahalliy zayomlar mahalliy boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi va ular bo‘yicha tushgan mablag‘lar tegishli mahalliy byudjetlarga yo‘naltiriladi.
Qimmatli qog‘ozlarning ishlatilish xususiyatiga qarab bozor uchun mo‘ljallangan va bozor uchun mo‘ljallanmagan zayomlarga bo‘linadi. Bozor uchun mo‘ljallangan obligatsiyalar (g‘azna majburiyatlari) qimmatli qozlar bozorlarida erkin sotib olinadi, sotiladi va qayta sotiladi. Bozor uchun mo‘ljallanmagan zayomlar qimmatli qog‘ozlar bozoriga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ya’ni, ularning egalari bozor uchun mo‘ljallanmagan zayomlarni qayta sota olmaydi.
Davlat zayomlari ta’minlanganligini belgilanishiga qarab kafolatlangan va kafolatlanmaganlarga bo‘linadi. Kafolatlangan zayomlar davlat mulki bilan yoki aniq daromalari bilan kafolatlanadi. Kafolatlanmagan zayomlar aniq moddiy kafolatga ega bulmaydi.
Bunday zayomlarning ishonchliligi davlatning ishonchliligi bilan belgilanadi.
Zayomlarni qaytarish muddatlariga qarab qisqa muddatli (qaytarish muddati bir yilgacha), o‘rta muddatli (qaytarish muddati 1 yildan 5 yilgacha) va uzoq muddatli (qaytarish muddati 5 yildan yuqori) davlat zayomlariga bo‘linadi.
Davlat zayomlari daromad to‘lash xususiyatiga qarab foizli, yutuqli va diskontli (nol kuponli) zayomlarga bo‘linadi. Foizli zayomlar bo‘yicha daromad qarz foizi ko‘rinishida belgilanadi. Foizlar zayomlarni harakat qilish davri davomida bir xil qilib o‘rnatilgan bo‘lishi yoki kredit bozorida bu zayomga bo‘lgan talab va takliflar asosida o‘rnatiladigan o‘zgarib turuvchi foizlar belgilanishi mumkin. Foiz daromadlari bir yilda bir marta, yarim yilda bir marta yoki har chorakda bir marta to‘lanadigan bo‘lishi mumkin. Yutuqli zayomlar bo‘yicha kreditorlarga daromad to‘lash yutuq tirajlarini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda daromadni barcha kreditorlar olmaydi, balki yutuq chiqqan obligatsiyalar egalargina oladi. Diskontli davlat zayomlari ma’lum chegirma bilan sotiladi, ammo obligatsiya qiymati qaytarilganda davlat zayomining nominal qiymati kreditorlarga qaytariladi. Diskontli davlat zayomining nominal qiymati bilan kreditor tomonidan sotib olgan qiymati o‘rtasidagi farq kreditorning daromadi bo‘lib hisoblanadi.
Qarzlar qaytarish xarakteriga qarab birdaniga qaytariladigan va qism-qismlarga bo‘lib qaytariladigan qarzlarga bo‘linadi. Qarzni qism-qismlarga bo‘lib qaytarishning uchta varianti bo‘lishi mumkin. Birinchi variant – zayom qiymati bir necha yil davomida uning turli qismlarini qaytarish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ikkinchi variant – zayom qiymati doimo o‘sib borish yo‘li bilan qaytariladi. Bu tartib kelajakda davlat daromadi har yili oshib borishi ko‘zda tutilgan hollarda qo‘llaniladi. Uchinchi variantda zayom so‘mmasi doimo kamayib borish yo‘li bilan qaytariladi. Bu tartib kelajakda davlat daromadi har yili qamayib borishi yoki davlat xarajatlari ko‘payib borishi ko‘zda tutilgan hollarda qo‘llaniladi.
Davlatning qarzlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlariga qarab muddatidan avval qaytarish huquqi bilan va muddatidan avval qaytarish huquqisiz zayomlarga bo‘linadi. Qarzni muddatidan avval
qaytarish huquqi davlatga moliyaviy bozordagi vaziyatni hisobga olish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |