Ushbu vkladka diagramma belgilangan paytda hosil bo’lib, diagrammani formatlash uchun ishlatiladi. Formatlash deganda Diagramma ustunlari, sohasi, elementlarining foni (Заливка фигуры), chizig’i rangi va turi (Контур фигуры), o’lchami (Размер), effektlari ya’ni soya, yorqinligi, silliqligi (Эффекты фигуры) qayta ishlov berish uskunalari tushiniladi.
Endi bir nechta misollar keltiramiz:
Tadbirkorning mahsulotlarini sotishidan qilgan foydasini hisoblash.
Bizga tovar nomi, soni, tan tarhi, harajat, sotilish narhi haqidagi ma’lumotlar berilgan bo’lsin.
Foydani hisoblash =(G3-E3)*D3-F3 formulani kiritib, umumiy foyda =СУММ(H3:H7) formula bilan bajarilgan.
Tovar nomi, Tan narhi va Sotilish narhi ustunlariga diagramma hosil qilamiz. Buning uchun shu ustunlar belgilab olinadi va “Вставка” ilovasidan “Линейчатая” tanlaymiz, natijada quyidagi hosil bo’ladi
Tovar nomi va Foyda ustunlariga diagramma hosil qilamiz. Buning uchun kerakli ustunlar belgilab olingandan keyin “Вставка” ilovasidan “Круговая” turini tanlaymiz
Matematik funksiyaning grafigini chizish. Misol uchun f x( ) x2sin( )x funksiyaning x 3;3 oraliqda h 0,2 qadam bo’yicha qiymatlarini hisoblang.
f x( ) ning qiymatlarini hisoblashda =B3^2*SIN(B3) formula kiritiladi.
Funksiya va o’zgaruvchi x ning qiymatlari belgilab olinadi va “Вставка” ilovasidan “Точечная” turining “Точечная с гладкими кривыми” ko’rinishini tanlaymiz va natijada quyidagi grafik hosil bo’ladi
2. Ma’lumotlarni tartiblash Ma’lumotlarni tartiblash uchun kerakli ma’lumotlar belgilanadi va “Главная” ilovasidagi
buyruqlaridan foydalaniladi.
- raqamli ma’lumotlarni o’sish tartibida, satrli
ma’lumotlarni alfavit tartibida tartiblaydi. (Belgilash boshlangan ustun bo’yicha).
- raqamli ma’lumotlarni kamayish tartibida, satrli
ma’lumotlarni teskari alfavit tartibida tartiblaydi. (Belgilash boshlangan ustun bo’yicha)
bilan jadvalli ma’lumotlarni ixtiyoriy ustun va ustunlarni
darajali holatda tartiblashlarni amalga oshirish mumkin.
Buni birorta jadvalli ma’lumot bilan ko’rib chiqamiz
№
Tovar nomi
Soni
Tan narhi
Harajat
Sotilish narhi
Foyda
1
Televizor
10
700000
100000
750000
400000
2
DVD Player
25
175000
280000
220000
845000
3
Muzlatgich
10
1200000
450000
1350000
1050000
4
Dazmol
50
200000
180000
230000
1320000
5
Printer
5
1000000
200000
1150000
550000
Soni ustuni bo’yicha kamayish tartibida tartiblash
Tan narhini o’sish tartibida, bir hil tan narhlilarning Tovar nomlarini alfavit tartibida tartiblash.