Reja: Dialektik ziddiyat qonuni



Yüklə 69,5 Kb.
səhifə6/9
tarix31.12.2021
ölçüsü69,5 Kb.
#49642
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Reja Dialektik ziddiyat qonuni

Klassik dialektika. Klassik dialektikaning o‘ziga xos xususiyatlarini qayd etib o‘tamiz. Birinchidan, klassik dialektika dunyoni tushunishning shunday bir usuliki, bunda borliq narsalar va hodisalarning umumiy o‘zaro aloqasi, ularning bir-birini taqozo etishi va muttasil o‘zgarishi nuqtai nazaridan anglab yetiladi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, dialektika har qanday o‘zgarish, har qanday harakat nazariyasi emas, balki o‘zgarishlarning faqat bir shakli – rivojlanish nazariyasi hisoblanadi. Dialektika rivojlanishning teran, to‘laqonli va mazmunan boy nazariyasidir. U o‘zgarish holatida bo‘lmagan biron-bir narsa tabiatda ham, jamiyatda ham, tafakkurda ham mavjud emas, chunki barcha mavjud narsalar o‘z ichki ziddiyatlariga ega va ular bu narsalarni o‘zgarishga, yangi shakl-shamoyil kasb etishga, rivojlanishga majbur qiladi, deb o‘rgatadi.

Ikkinchidan, dialektika ob'ektiv va sub'ektiv dialektikaning mavjudligini tan oladi.

Ob'ektiv dialektika – bu tabiiy va ijtimoiy hodisalarning o‘zaro aloqasi va rivojlanishi. U sub'ektdan, inson va insoniyatdan qat'iy nazar mavjuddir. Sub'ektiv dialektika – bu sub'ektning fikrlash dialektikasi va uning ob'ektiv dunyoni bilishi. Ob'ektiv va sub'ektiv dialektikaning o‘zaro nisbati qanday? Materialistik davr nuqtai nazaridan sub'ektiv dialektika ob'ektiv dialektikani aks ettiradi. Ob'ektiv va sub'ektiv dialektika mazmunan bir-biriga mos keladi (ularning umumiy jihati mazmun – borliq rivojlanishining yagona dialektik qonuniyati). Biroq, shu bilan bir vaqtda, ular shaklan bir-biridan farq qiladi, chunki tafakkur, borliqning boshqa sohalari bilan taqqoslaganda, rivojlanishning o‘z ichki mantiqiga ega. Ob'ektiv dialektika tafakkurda, sub'ektiv va ideal shakllarda aks etadi.

Ob'ektiv va sub'ektiv dialektika-qarama-qarshiliklar, lekin bu qarama-qarshilik ijtimoiy-tarixiy amaliyotda «yo‘qoladi». Hamonki sub'ektiv dialektika ob'ektiv dialektikani aks ettirar ekan, inson ob'ektiv dialektikani bilish va shunga muvofiq o‘zining izchil amaliy faoliyatini tashkil etish, bu faoliyat jarayonida ob'ektiv dunyoni va o‘zini o‘zi o‘zgartirishga qodir. Inson va jamiyat amaliyotida bilimlar in'ikos shaklidan faoliyat shakliga aylanadi.



Uchinchidan, fan sifatidagi dialektikaning ichki mazmuni va mantiqiy «poydevori» uning tamoyillari, qonunlari va kategoriyalarini yaratadi. Dialektika jamuljum holda ob'ektiv dunyoni va uni uzluksiz o‘zgarish va rivojlanish jarayonida bilishni aks ettiruvchi tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi sifatida tavsiflanadi. Bunda tamoyillar deganda umumiy va universal, asosiy g‘oyalar tizimida boshqa barcha elementlarning roli va mazmunini belgilovchi mezonlar tushuniladi. Dialektikaning hozirgi konsepsiyalarida aloqa tamoyili va rivojlanish tamoyili ayniqsa muhim rol o‘ynaydi. Dialektika qonunlari rivojlanish jarayonidagi umumiy muhim aloqalarni aks ettiradi. Ular dialektikaning nazariyasini yaratishda muhim metodologik funksiyani bajaradi. Dialektikada umumiy qonunlar uchta: dialektik ziddiyatlilik qonuni, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni hamda inkorni-inkor qonuni. Dialektika kategoriyalari – bu eng fundamental, asosiy tushunchalar bo‘lib, ularda va ularning yordamida falsafiy fikrlash amalga oshiriladi. (Dialektika tamoyillari, qonunlari va kategoriyalarini biz quyida atroflicha ko‘rib chiqamiz.)

To‘rtinchidan, dialektikaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u nazariya vazifasini ham, metodologiya vazifasini ham bajaradi. Dialektika qonunlari, kategoriyalarining mazmuniga va bilish jarayonining amal qilish va rivojlanish qonuniyatlariga muvofiq fikrlovchi sub'ektga qo‘yiladigan tegishli talablar shakllantiriladi va shu tariqa unga bilish faoliyatida yo‘l ko‘rsatiladi. Ko‘rsatilgan sub'ekt borliqni bilish va amalda o‘zgartirish masalalarida amal qilishi lozim bo‘lgan tegishli normalar va qoidalar ham ishlab chiqiladi. Dialektika bergan metodologik jihatdan to‘g‘ri mo‘ljallar tadqiqotning to‘g‘ri yo‘lini tanlashga, ko‘p sonli xatolarni chetlab o‘tishga, ortiqcha ish, keraksiz harakatlarga kuch va qimmatli vaqtni behuda sarflamaslikka yordam beradi.

Shunday qilib, hozirgi talqindagi dialektika-bu:



a) hodisalarning ularga xos bo‘lgan ziddiyatlar vujudga kelishi, o‘zaro ta'sirga kirishishi va yechilishiga muvofiq rivojlanishidan iborat bo‘lgan ob'ektiv jarayon;

b) tabiat, jamiyat va tafakkurning harakat va rivojlanish universal qonunlari haqidagi falsafiy konsepsiya; dunyoni bilish va o‘zgartirish metodi. Uning tizimiga kiruvchi rivojlanishning umumiy qonunlarini bilish o‘tmishni anglab yetish, hozirgi dunyoda yuz berayotgan jarayonlarni to‘g‘ri tushunish va kelajakni bashorat qilish imkonini beradi.


Yüklə 69,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin