Hamma mexanik kattaliklarni o’lchash uchun 3 ta asosiy o`lchov birliklarini kiritish yetarlidir. Bulardan ikkitasi uchun vaqt va uzunlik birliklari olinishi kinematika bo`limidan ma’lum. 3- o`lchov birligi sifatida massa yoki kuchning o`lchov birliklari olinadi.
Mexanikada bir-biridan farq qiluvchi ikkita turdagi birliklar sistemasi kiritiladi.
Birinchi tur birliklar sistemasi.
Halqaro SI birliklar sistemasining tarkibiy qismi bo`lgan MKS sistemasi keng qo`llaniladi. Bu sistemada asosiy o`lchov birliklari uchun quyidagi birliklar olinadi:
Uzunlik birligi – 1 metr (m)
Massa birligi – 1 kilogramm (kg)
Vaqt birligi – 1 sekund (sek)
Qolgan barcha mexanik kattaliklarning birligi asosiy birliklardan hosilaviy birlik sifatida olinadi.
Masalan: kuch birligi uchun 1 n’yuton (N) qabul qilinadi. 1N=kgm/s2, ya’ni 1kg massaga 1m/c2 tezlanish beradigan kuch birligi 1N ga teng.
Ikkinchi tur birliklar sistemasi.
Texnik birliklar sistemasi deb ataluvchi MKGSS sistemasi ham qo`llaniladi. Bu sistemada asosiy o`lchov birliklari uchun quyidagi birliklar qabul qilinadi.
uzunlik birligi 1 metr (m)
kuch birligi – 1 kilogramm kuch (kgk)
vaqt birligi – 1 sekund- (sek)
Bu birliklar sistemasida massa birligi uchun bir texnik massa birligi (t m b) qabul qilingan
1(t m b) =
1kgk=9,81n 1n=0,102kgk Bundan tashqari quyidagi munosabatlar o`rinlidir:
1kgk=1tmb1m/s2 1kgk=1kg9,81 m/s2 Har qanday massani yechishda faqat bitta birliklar sistemasidan foydalanish kerak.
Moddiy nuqta harakatining Dekart koordinatalaridagi differensial tenglamalari. Massasi t ga teng bo`lgan M nuqta kuchi ta’sirida qo`zg`almas OXO’Z koordinatalar sistemasiga nisbatan harakatlanayotgan bo`lsin. -nuqtaga qo`yilgan barcha kuchlarning teng ta’sir etuvchisi.
Nuqta dinamikasining asosiy tenglamasini yozamiz:
(160)
bo`lgani uchun (160) formula quyidagicha yoziladi.
(161) (162)
(161) yoki (162) tenglamalar erkin moddiy nuqta harakati differensial tenglamasining vektorli ifodasi deyiladi.
(161) tenglamani koordinata o`qlariga proyeksiyalaymiz
(163)
bunda tezlik vektorining X,Y,Z o`qlaridagi proyeksiyasi
(164)