Reja: Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning fiziologik asoslari. Diqqat turlari: a ixtiyorsiz diqqat



Yüklə 48,94 Kb.
səhifə5/5
tarix07.01.2024
ölçüsü48,94 Kb.
#203556
1   2   3   4   5
Diqqatning asosiy xususiyatlari.Diqqatning turlari va funksiyalari

5. DIQQATNING RIVOJLANISHI
Ta`lim va inson faoliyatining barcha turlari, asosan ixtiyoriy diqqat yosh ulg`ayishi bilan, inson faoliyati davomida asosan tarbiyaning ta`siri ostida o`sib boradi. Katta yoshdagi kishilar bolalarning diqqatini biron bir narsaga qaratadilar. Kattalar tomonidan qaratilgan bu ixtiyoriy diqqat bola ikki yoshga etishi bilan ko`rina boshlaydi. Bunda bola diqqatining to`planishi va barqarorligini saqlab turish uchun yoshlik paytidan boshlab beixtiyor ravishda o`ziga jalb qiladigan qo`zg`atuvchilarning taassurotini engishga to`g`ri keladi. Katta kishilar bolani tozalikka, tartiblilikka, intizomli bo`lishga va jamiyatda yashash koidalariga o`rgatadilar. Bo`larning hammasi ixtiyoriy diqqatni taraqqiy qildiradi. 5 yoshdan boshlab ixtiyoriy diqqat bolaning o`z tashabbusi bilan ham o`sa boshlaydi. Bolalardagi ixtiyoriy diqqat maktab yoshidan boshlab tez o`sa boshlaydi. O`qish jarayonining o`zi ixtiyoriy diqqatning hamda uning to`planishi va barqarorligining o`sishiga yordam beradi. Bolalarning yoshlari ulg`aygan sari diqqatning ayrim sifatlari kulami, kuchuvchanligi, kuchi va barqarorligi o`sib boradi. Bolalarning diqqati avvalo kulamining torligi, bir narsadan ikkinchi narsaga sekinlik bilan kuchishi va bo`linishi bilan ajralib turadi. Bir yoshli bolalarda biz faqat tor kontsentratsiyalashgan diqqatni ko`rishimiz mumkin. Masalan: bolaga bir narsa berib bir qo`liga ushlatib qo`yib, ikkinchi qo`liga boshqa narsa bersak, u birinchi qo`lidagi narsani tashlab yuboradi, demak, bolaning diqqati o`z qo`lida ushlab turgan narsaga taqsimlana olmaydi. Keyinchalik diqqatining bo`linuvchanligi kattalar yordami bilan bolalarning o`yin faoliyatlarida, o`qish va amaliy mehnat jarayonida o`sib boradi.
Bolalarning yoshlari ulg`aygan sari diqqatning kuchi va barqarorligi o`sa boradi. Bu xususiyatlari o`yin, mehnat va o`qish jarayonlarida o`sadi.
O`qish jarayoni uchun diqqatning ma`lum darajada kuchli va barqaror bo`lishi talab qilinadi. Diqqat barqarorligining o`sishiga bolalar ongining mazmunan boyishi va ular tafakkurining o`sishi katta yordam beradi. Bola hayotining dastlabki onlariga ixtiyorsiz diqqat xos bo`ladi. SHuning uchun avval bola tashqaridan keladigan qo`zg`atuvchilarga qattiq ovozlar, yorqin ranglarga, ta`sirli bo`ladi. Bola hayotining uchinchi oylaridan boshlab, ob`ektning tashqi tomonlariga ko`proq qiziqa boshlaydi. endi bola biror predmetga ko`proq qarashi, uni og`ziga solishi mumkin. YAltiroq narsalar uning diqqatini torta boshlaydi.
Bola yoshining oxirgi yoki ikkinchi yoshining boshlarida ixtiyoriy diqqat shakllana boshlaydi. 2 yoshli bolalarda ongning elementlari ixtiyoriy diqqat bilan birga paydo bo`la boshlaydi. Bola ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida o`yin katta ahamiyatga egadir. Agar bog`cha yoshidagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat mustahkam bo`lmasa, ixtiyoriy diqqat mustahkam bo`lmaydi. Ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda o`quv jarayoni muhim ahamiyatga ega, ya`ni darsda qanday utirish, maktab topshiriqlari, o`qituvchini eshitish, ularning hammasi ixtiyoriy diqqatning shakllanishida katta rol’ uynaydi. Maktabgacha bolalik davridagi diqqat ixtiyorsiz bo`ladi. Maktab yoshidagi bolalar o`z diqqatlarini boshqara olmaydilar. Diqqatning ixtiyoriy turi o`yin davomida faqat epizodik tarzda sodir bo`ladi. O`quv faoliyati juda murakkabligi, majburiyligi va ijtimoiy ahamiyatliligi bilan diqqatning rivojlanishiga jiddiy talablar kuyadi.
Maktab yoshidagi kichik bolalar diqqatining asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining o`sib borishidir. quyi sinf o`quvchilarida ixtiyoriy diqqatning beqarorligiga sabab, ular asab tizimining tez charchashi, tormozlanish jarayonining kuchsizligidir. SHuning uchun o`qituvchi o`quvchilar diqqatini tarbiyalashda o`quv materialining mumkin qadar qiziqarli ko`rgazmalar, xilma - xil bo`lishiga harakat qilishi kerak, o`quvchilarni faollashtirishga intilishi, mashg`ulot davomida tanaffus berish imkoniyatlarini avvaldan o`ylab ko`rishi lozim. O`quv faoliyatini to`g`ri tashqil etish boshlangich sinflardaek shakllanib, o`smirlik yoshida mustahkamlanadigan diqqatlilikka odatlanishga zamin hozirlaydi. O`smirda har xil narsalarni bilishga qiziqish, ko`p narsalarni mustaqil bajarishga nisbatan jo`shqin g`ayrat, istak uyg`onadi. Bu bir tomondan, diqqatning to`planishi va barqarorligining oshishiga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, parishonxotirlik, engil chalg`ish hollarini keltirib chiqaradi, chunki hali o`smir faol jalb etishigina unda diqqatning holatini aniqlash, uni dars materialiga yo`naltirish va unda tutib turish imkonini beradi.
O`qituvchining moxirona rahbarligi va kuchli nazorati o`rta yoshdagi o`quvchilarning diqqatini to`g`ri tarbiyalashni ta`minlaydi. Bunday sharoitda o`smirning o`zi ham o`zida ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashga harakat qila boshlaydi. Ilk yigitlik yoshi davri diqqatning barcha xususiyatlari va turlarini yanada rivojlantirish bilan bog`liq. Bu yoshda bilishga qiziqish keng doirasi bilan ta`limga oliy ma`suliyatli bo`lish, kelgusi mehnat faoliyati uchun uning ahamiyati tushunishning birgalikda rivojlanishi ancha mahsuldor so`nggi ixtiyoriy diqqatning, ya`ni irodaviy diqqatning paydo bo`lishi hamda rivojlanishiga zamin hozirlaydi.
Ko`p yillik o`qish davomida tobora qiyin masalalarni echish jarayonida diqqat bilan ishlash odati paydo bo`ladi, uning natijasi yuqori sinf o`quvchisi uning uchun qiyin, qiziqarsiz bo`lgan ish ustida o`z diqqatini nisbatan engil to`play oladigan bo`ladi.
Bunday yigit - qizlar murakkab, mavhum, nazariy, materialning qunt bilan o`rganish qobiliyatiga ega bo`ladi. Aslida esa kichik maktab yoshidagi bola, hatto o`smir ham ko`rgazmali va aniq materialga tayanishga muhtoj bo`ladi. YUqori sinflarda diqqatni jalb etish va tutib turishda o`qitishning mazmundorligi, mantiqiyligi hal qiluvchi rol’ o`ynaydi. Ongning kasallik tufayli torayishi, diqqatning ko`lamining cheklanishiga, diqqat doirasining torayishi kiradi. Ayrim ruxiy kasallik holatlarida diqqatning inertligi (sustligi) yoki mutlaqo harakatsizligi, qandaydir biron ob`ekt ustida to`xtab qolishi holatlarini kuzatish mumkin. Bola hayotining bir oylik davrlarida uning uchun faqat ixtiyorsiz diqqat xos bo`ladi. Bu davrda bola dastavval tashqi qo`zg`atuvchilardan, ularning keskin o`zgartirishlaridan ta`sirlanadi. Masalan: To`satdan paydo bo`ladigan qattiq ovozlardan harakatning o`zgarishidan va boshqa narsalardan ta`sirlanadi. Ixtiyoriy diqqatning alomatlari odatda bola yoshiga to`lgandan so`ng yoki ikki yoshga qadam qo`ygan davrda paydo bo`la boshlaydi. Ixtiyoriy diqqat tarbiya jarayonida yuzaga keladi, bolaning atrofidagi odamlar nima qilish lozimligini asta - sekin o`rgatadilar. Bolalar o`z diqqatini ulardan talab qilinayotgan harakatlariga o`zlarining bevosita moyillaridan voz kechishlariga to`g`ri keladi. Bolada, albatta juda sodda go`daklik shakli bo`lsa ham onglilik namoyon bo`ladi. Bolani ozodalikka, tartiblikka, ma`lum intizomlilikka, jamoat qoidalariga rioya qilishga o`rgatar ekanmiz, buning bilan biz bolada ixtiyoriy diqqatni rivojlantiramiz. Bog`cha yoshidagi davrda bolaning ixtiyoriy diqqatini rivojlantirish uchun o`yin katta ahamiyatga egadir. Bog`cha yoshidagi bolalar diqqati juda barqaror bo`ladi. Mashq qilish usuli bilan o`z diqqatini to`plash qobiliyati asta - sekin rivojlanadi.

Xulosa
Ma`lum bo`lishicha, 40 minutlik ish davomida diqqatning qandaydir jiddiy tebranishi ro`y bermagan. Demak, o`quvchilar butun dars davomida to`xtovsiz ishlashlari mumkin. Albatta, o`quvchilar bunday uzluksiz ishlash bilan charchaydi. Bu yoshda o`quvchilarga uzoq muddat davom etadigan ish buyurish yaramaydi. Bolalarning yoshiga qarab ish qiyin bo`lsa ham ularga dam berib, bir ish turidan ikkinchi turiga o`tkazib turish kerak. Diqqatning barqarorligi uchun bajarilayotgan faoliyatning jadalligi nihoyatda katta ahamiyatga ega. Diqqat harakat bilan qo`shilib va o`zaro bir-biri bilan chirmashib, ob`ekt bilan mustahkam aloqa yuzaga keltiradi. Diqqatning bo`linishi psixik faoliyatning shunday tashqil qilinishiki, bunda aynan bir vaqtning o`zida ikkita yoki undan ham ko`p ish harakat bajariladi. Diqqat haqiqatdan ham bo`linishi mumkinmi? O`tgan asrning oxirida o`tkazilgan ayrim tadqiqotlarning ko`rsatishicha, ayni biror vaqtning o`zida bajariladigan ikkita ish, masalan: yod olingan biror she`rni o`qish va shu bilan bir vaqtda qog`ozga katta bo`lmagan sonlarni qo`yish mumkin. Bu har ikkala ishni bajarish uchun qancha vaqt ketsa, ularni har birini alohida - alohida bajarish uchun shuncha vaqt ketadi. O`z diqqatini bo`la olish bir qator kasblar uchun, masalan: o`quvchilar, haydovchi, pedagoglar va boshqalar uchun katta ahamiyatga egadir. O`qituvchi darsda o`quv materialini bayon etar ekan, o`zining fikrini uo`zatib borishi, gapirayotgan gaplarini o`zi eshitishi va shuning bilan birga, o`quvchilar uni qanday eshitayotganlarini uchun sinfni kuzatib borishi kerak. Diqqatning muhim tomoni uning bir faoliyat turidan boshqa bir faoliyatga tez o`tish qobiliyatidir. Diqqatning ko`chirilishiga ba`zan ayni bir vaqtning o`zida idrok qilinadigan ikkita o`zaro farqlanadigan kuzatuvchini aks ettirishga murojaat qilishga to`g`ri keladi, bir - biridan farq qiluvchi ikkita qo`zg`atuvchining ta`sirini ayni bir vaqtning o`zida darhol bilib bo`lmaydi.
Notiqqa qarab turganingda uni eshitish ancha engil bo`ladi. Bu erda eshitish va ko`rish qo`zg`atuvchilari bir - birini kuchaytiradi.
Parishonxotirlik diqqatning salbiy tomonini tashqil etadi.


ADABIYOTLAR RO’YXATI


1. A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”, 1992 yil.
2. P.V.Ivanov .“Umumiy psixologiya”, 1972 yil.
3. A.N.Leont’ev. “Problem’ razvitiya psixika”
4. www.ziyonet.uz
5. www.arxiv.uz
Yüklə 48,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin