Reja: Diqqatning mohiyati



Yüklə 206,88 Kb.
səhifə2/2
tarix13.12.2023
ölçüsü206,88 Kb.
#175426
1   2
diqqat mavzusida slayd

Diqqatning fiziologik asoslari haqida gap yuritilganida, yana ikki muhim hodisa: nerv jarayonlarining irradiatsiyasi va dominantlik haqida aytib o‘tish joiz. CH. SHerrington tomonidan belgilangan va akademik I.P. Pavlov tomonidan keng qo‘llanilgan nerv jarayonlarining induksiyasi qonuniga binoan, bosh miya po‘stlog‘ining biror sohasida yuzaga keladigan qo‘zg‘alish boshqa sohalarining tormozlanishiga sabab bo‘ladi (baravar induksiya) yoki miya ushbu sohasining tormozlanishi bilan almashinadi (ketma-ket induksiya). Irradiatsiya hodisasi sodir bo‘ladigan bosh miya po‘stlog‘i sohasida qo‘zg‘alish uchun qulay sharoitlar yaratilgani uchun darajalar oson ishlab chiqariladi, yangi shartli aloqalar samarali tarzda o‘rnatiladi. Bu fiziologik jarayonlar diqqatni ta’minlaydi.

  • Diqqatning fiziologik asoslari haqida gap yuritilganida, yana ikki muhim hodisa: nerv jarayonlarining irradiatsiyasi va dominantlik haqida aytib o‘tish joiz. CH. SHerrington tomonidan belgilangan va akademik I.P. Pavlov tomonidan keng qo‘llanilgan nerv jarayonlarining induksiyasi qonuniga binoan, bosh miya po‘stlog‘ining biror sohasida yuzaga keladigan qo‘zg‘alish boshqa sohalarining tormozlanishiga sabab bo‘ladi (baravar induksiya) yoki miya ushbu sohasining tormozlanishi bilan almashinadi (ketma-ket induksiya). Irradiatsiya hodisasi sodir bo‘ladigan bosh miya po‘stlog‘i sohasida qo‘zg‘alish uchun qulay sharoitlar yaratilgani uchun darajalar oson ishlab chiqariladi, yangi shartli aloqalar samarali tarzda o‘rnatiladi. Bu fiziologik jarayonlar diqqatni ta’minlaydi.
  • Г.Югай. Н.Мираширова “Умумий психология” Тошкент 134б

A.A.Uhtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qo'zg`alishning har doim ustun turadigan hukmron o'chog`i mavjud bo'ladi, bu hukmron qo'zg`alish o'chog`i aynan shu damda miyaga ta'sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo'zg`alishlarni qandaydir ravishda o'ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo'zg`alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qo'zg`alishning hukmron bo'lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.
Diqqatning quyidagi turlari mavjud:
Ihtiyorsiz diqqat deb to'satdan ta'sir qilgan biror sabab tufayli bizning hohishimizdan tashqari hosil bo'ladigan diqqatga aytiladi.
Ihtiyoriy diqqat deb, oldindan belgilangan qat'iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma'lum bir narsa va hodisalarga qaratishimizga aytiladi.
Ihtiyoriydan so'nggi diqqat agar maqsadga qaratilgan faoliyatda shahs uchun diqqatning ihtiyoriy to'planganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va jarayonning o'zi qiziqarli va ahamiyatli bo'lan diqqatga aytiladi.
Diqqat hususiyatlari quyidagilardan iborat:
diqqatning kuchi va barqarorligi;
diqqatning ko'lami;
diqqatning bo'linuvchanligi ;
diqqatning ko'chuvchanligi.
Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam o'z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi.
Diqqatning kuchli va barqaror bo'lishi bir qancha sabablarga bog`liqdir:
Birinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsaning hususiyatlari, biz uchun bo'lgan ahamiyatiga;
Ikkinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsa bilan amalga oshiriladigan faoliyatlarimizga;
Uchinchidan, nerv sistemasining ayrim hususiyatlariga.
Diqqatning bo'linishi deganda biz ayni bir va?tda diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratishimizga aytamiz. Koncentrasiyalashgan (to'plangan) diqqat deb agar diqqatimiz bitta narsaga qaratilgan bo'lsa, ya'ni bitta narsa ustida to'plangan diqqatga aytiladi.
Bo'lingan diqqat deb agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan diqqatga aytiladi.
Diqqatning ko'chuvchanligi odamning diqqati har doim bir narsadan ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko'chib turishiga aytiladi.
P.P.Blonskiyning fikricha, odamning ongi bitta ob'ektga qaratilgandan keyin u atrofdagi narsa va hodisalarni ko'rmaydi
S.L.Rubinshteyn mulohazasiga ko'ra diqqat ongga ham, ob'ektning hususiyatlariga ham bog`liq emas. Buning ahamiyatli tomoni diqqatning ob'ektga yo'naltirilishidadir.
A.N.Leontьev mulohazasiga ko'ra, bu orientir faoliyati emas, chunki ob'ektning paydo bo'lishi bilan diqqat ham namoyon bo'ladi, ob'ekt yo‘q bo'lsa, demak diqqat ham bo'lmaydi, deb ta'kidlaydi.
P.YA.Galperin esa ob'ektning paydo bo'lishi bilan diqqat yuzaga keladi. Ob'ekt yo‘qolgandan keyin esa psihik qism bo'lgan tekshirish, nazorat qilish jarayoni boshlanadi. Demak, diqqat ongning bir ob'ektga yo'naltirilishi va ongli holatni nazorat qiluvchi jarayondan iboratdir.
N.F.Dobrinin diqqatni kishi psihik faoliyatini biron-bir ob'ektga yo'naltirish va to'plash bilan boshqa ob'ektlardan chalg`ish orqali tushuntiradi.
Е.B.Pirogova o‘quvchilarda eshitish va ko'rish diqqatini o'rganib, eshitish diqqatining ko'lami ko'rish diqqatidan bir necha bor kichikligini ta'kidlab o'tadi.
Diqqatning psiхologik tahlilini K.D.Ushinskiy tarbiya muammosi bilan bog`lab, diqqatni boshqara bilishni aqliy rivojlanish va amaliy faoliyat uchun asosiy omil deb hisoblaydi. Diqqatning maqsadga muvofiq boshqarish yoki idrok qilish paytida asosiy ishdan tashqaridagilarga chalg`imaslik tushuniladi. Tarbiyachining vazifasi bolalarning faol diqqatini to‘g`ri yo'nalishda ko'rish va ularning diqqatini o'zlari boshqarishga o'rgatishdan iboratdir.
Psiholog N.V.Kuzminaning fikricha, o‘qituvchilarning dars davomida berilayotgan bilimini qanchalik o'zlashtirishi unda asosiy va etakchi rolni diqqat o'ynaydi. Shuning uchun ham ta'lim – tarbiya jarayonida hammadan avval tarbiyachi o‘quvchining diqqatini torta bilish uning asosiy maqsadi bo'lishi kerak. Bu esa o'tilgan materialni o‘quvchi puhta bilishni talab qiladi. Bundan kelib chiqadiki, diqqatning tarbiyalanishi va shakllanishi ham vujudga keladi.
Parishonhotirlik diqqatni uzoq vaqt davomida biron ishga layoqatsizlikda diqqatning osongina va tez- tez bo'linib turishida namoyon bo'lishi mumkin.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Yüklə 206,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin