Reja: Dualizm insoniyatning ilk diniy e’tiqodlaridan biri. Yozma manbalar va arxeologik topilmalar Dualizm yorqin namoyon bo‘lgan mavzulardan yana biri Borlliq


Yozma manbalar va arxeologik topilmalar



Yüklə 50 Kb.
səhifə2/4
tarix14.07.2023
ölçüsü50 Kb.
#136571
1   2   3   4
1547311353 73806

Yozma manbalar va arxeologik topilmalar asosida biz O‘zbekistonda qadimda yashagan sak va massaget qabilalarida ham ikki ibtido e’tiqodi mavjud bo‘lganini, ya’ni Quyosh va suv, yoki olov va suvga topinishni belgilashimiz mumkin. Strabonning aytishicha, massagetlar Quyoshni Xudo deb, unga otlarni qurbonlik keltirgan. Qator olimlarning fikricha Xorazmning qadimgi nomi Xvayrizem» •- «Quyoshli yer» yoki «Quyosh yeri», degani («xvar» -Kuyosh, «zem» - yer) bejiz emas. Eramizdan oldingi 328 yili Xorazm makedoniyaliklarga qarshi kurashayotgan Spitamenga panoh berib, sak va massaget askarlari bilan yordam beradi. Spitamen mag‘lubiyatga uchragach, sak-massagetlar qabilalari mintaqasining markazida O‘rta Osiyoda yagona mustaqil bo‘lib qolgan Xorazm kuch go‘playdi.
Darhaqiqat, eramizdan oldingi IV - I asrlarda Xorazm qudratli va rivojlangan davlatga aylanadi. Bu davrda qadimdan mavjud Qo‘yqirilganqal’a, Kyunerli qal’a va Jonbosqal’a diqqatga sazovor. Bu davrda odamlar "maskan-qo‘ton" shaklidagi shahristonlarda yashashdan voz kechib, himoya vazifasini bajaruvchi umumiy tashqi devor bilan o‘ralgan mahallalar vujudga keladi. Jonbosqal’a shahristoni o‘rtasidan o‘tgan shoxko‘chaning ikki tomonida 150-200 uydan iborat ikkita mahalla joylashib, uylarning g‘ishtlarida qabila urug‘ini bildiruvchi muayyan tamg‘alar osilgani diqqatga sazovor, ya’ni bir qabilaga mansub ikkita urug‘ ayricha yashagan. Xuddi shunday, turli tamg‘ali g‘ishtlar, Samarqandda ham topilgan.
Jamoaning bunday dual bo‘linishi, olimlarning fikricha, diniy e’tiqodlarda ham aksini topadi: ruhlar va keyinchalik, ilohlar dunyosi ham shu tarzda ikki guruhga, ya’ni yaxshilar va yomonlarga bo‘linadi.
Masalan, mo‘g‘ul qabilalarining ibtidoiy tasavvurlariga ko‘ra, osmon ikkiga bo‘linib, ulardagi xudolar bir-biriga qarshi turgan: jami 99 tangrining g‘arbda joylashgan 55 nafari insonlarga yaxshilik keltirgan, shardagi 44 tasi esa turli yomonliklar manbai bo‘lgan. Kunduzgi g‘arbiy tangrilar oppoq va nurafshon bo‘lib, "oq osmonlar" deb atalgan. Sharqiylari esa qorong‘ilik, zulmat, sovuqlik va o‘limni ifodalab, "qora osmonlar" deyilgan. Ularga atab tunda qora qo‘tl qurbonlik keltirilgan.
Umuman olganda, dualizm ta’limotida rang muhim rol o‘ynaganiga Buxoro yonidagi Buxorxudotlarning yozgi qarorgohi Varaxshaning Qizil va Sharqiy zallaridagi tasvirlarda bir-biridan farq qiluvchi turli ranglar ishlatilgani misol bo‘la oladi. Fikrimizcha, ular turli marosimlar uchun ishlatilgan: Sharqiy zalda Hayot daraxtining tasviri bo‘lganligi tufayli, ko‘k va yashil ranglar ishlatilgan: yaxshilik va yovuzlik orasidagi kurash tasvirlangan Qizil zalda esa qizil, sariq va qora ranglar ustundir.

Yüklə 50 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin