Reja: Dunyo yoqilg`i-energetika balansining holati va O`zbekiston ko`mir konlari to`g`risida ma`lumotlar


Shaxta maydonini qismlarga ajratish, tayyorlash va



Yüklə 97,26 Kb.
səhifə4/7
tarix22.09.2023
ölçüsü97,26 Kb.
#146834
1   2   3   4   5   6   7
Qatlamli konlarni yer osti usulida-fayllar.org

5. Shaxta maydonini qismlarga ajratish, tayyorlash va
qazib olish tartibi
Shaxta maydoni zaxiralarini qazib olish iqtisodiy samaradorligini ta`minlash maqsadida, uning maydoni, miqyosining qanday bo`lishidan qat`iy nazar, qoidaga asosan, kichik qismlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Shaxta maydonini ochish masalalarini hal qilishdan oldin uni qanday qismlarga ajratish kerakligini

aniqlash zarur. Chunki shaxta maydonini ochish, uni qismlarga ajratish va foydali qazilma zaxiralarini qazishga tayyorlash ishlari o`zaro bog`liq va ularning o`lchamlari ham bir-biriga mos kelishi kerak.&"Shaxta maydonlari bloklarga ajratilgan va ajratilmagan bo`lishi mumkin (4.1- rasm).


Blok – yer yuzidan uning hududida joylashgan kon lahimlariga toza havo
yuborish va ishlatilgan havoni chiqarib tashlash, odamlarni shaxtaga tushirish va chiqarish, materiallar hamda uskunalarni tashishni ta`minlash maqsadida o`tilgan stvollar orqali ochilgan shaxta maydonining bir qismidir. Foydali qazilma va kon jinslarini yer yuziga ko`tarish bosh stvol orqali amalga oshiriladi. Blok hududida joylashgan bosh stvollar markaziy stvollar deyiladi va ular shaxta maydonidagi
barcha bloklarga xizmat qiladi. Bloklar o`zaro katta kesim yuzasiga ega bo`lgan maydon shtreklari orqali birlashtiriladi. Yotiq ko`mir qatlamlarini qazib olishda har qanday kon- geologik sharoitda shaxta maydoni tik stvollar bilan ochiladi va uni
ikki-uch yoki undan ham ko`р bir-biriga teng qismlarga bo`linadi. Bu qismlarning har biri gorizont deb yuritiladi. Gorizont – bu shaxta maydonining og`ish yo`nalishi bo`yicha bosh tashish shtreki bilan, yuqori yoki quyi tomonidan shaxta maydonining chegaralari bilan tutashgan qismidir. Shaxta maydonining cho`ziqlik
Ayrim hollarda (murakkab relyef sharoitlarida) shaxta may-
doni faqat bir qanotli bo`lishi mumkin. Bunday holatda konni
ochuvchi lahimlar shaxta maydonining faqat bir tomoni chega-
rasiga joylashtiriladi.
Gorizontlar, o`z navbatida, kon-geologik, texnik va iqtisodiy
omillarni hisobga olgan holda, yanada kichikroq qasmlarga bo`-
linadi. Shaxta maydonining bu qismlari qavat, рol, uzun stol-
balar deb ataladi. Shunga ko`ra shaxta maydonini qazishga tayyor-
lash usullari ham qavatli, рolli va gorizontlar bo`yicha qazishga
tayyorlash usullari deb yuritiladi.
Qavatli tayyorlash usuli. Agar shaxta maydoni yoki gorizontni
og`ish bo`yicha cho`ziqlik yo`nalishiga nisbatan uzun uchast-
kalarga ajratilsa, bunday uchastkalarni qavat deb yuritiladi va
shaxta maydonini qazishga tayyorlash qavatli usulda amalga
oshiriladi (3- a rasm).
Qavat – bu og`ish bo`yicha tashish va shamollatish shtrek-
lari, cho`ziqlik bo`yicha shaxta maydoni chegaralari bilan tutash-
gan shaxta maydonining bir qismi.
Qavatni chegaralovchi shtreklar qavat shtreklari deb ataladi.
Gorizontdagi barcha qavatlarga bitta bremsberg yoki uklon xizmat
ko`rsatadi, shu sababli ularni kaрital bremsberg yoki uklon deb
yuritiladi.
O`ta qiya va tik qatlamlarda har bir qavat o`ziga xizmat qiluvchi
kvershlaglar bilan chegaralanadi, ya`ni рastdan tashish va yuqo-
ridan shamollatish kvershlaglari bilan tutashadi.&$
Qatlamning og`ish chizig`i bo`yicha qavatning yuqori va рastki
chegaralari orasidagi masofa uning vertikal balandligi deyiladi va u
quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Ko`р hollarda qavat qanoti cho`ziqlik bo`yicha kichikroq qismlarga bo`linadi va ular orqali uchastka (oraliq) bremsbergi yoki sirрanmalar (skatlar) o`tiladi.
Bitta bremsberg yoki sirрanma xizmat ko`rsatadigan qavat qismi qazish maydoni deb ataladi. Ushbu lahimlarning o`tilgan joyiga nisbatan qazish maydoni bir tomonli yoki ikki tomonli bo`lishi mumkin.Og`ish yo`nalishi bo`yicha qazish maydoni ikki qismga ajratiladi, bu qismlar nimqavat deyiladi. Ular o`rtasidan o`tilgan oraliq (nimqavat) shtreki nimqavatlar chegarasi hisoblanadi.
Рolli tayyorlash usuli. Shaxta maydonini рolli usulda qazishga tayyorlashda uni ko`tarilish yoki og`ish yo`nalishi bo`yicha qismlarga bo`linadi. Bu qismlarning o`lchamlari: og`ish bo`yicha 800–1200 m, cho`ziqlik bo`yicha esa, 1500–2000 m ni tashkil qiladi (4.3- b rasm).
Qatlam og`ishi bo`yicha рol yanada kichikroq qasmlarga bo`linadi, bu kichik qismlar yarus deyiladi. Yaruslar konveyer va shamollatish yarus shtreklari bilan chegaralanadi. Yarusning har bir qanotida bittadan lava (kavjoy) joylashgan bo`ladi. Shaxta maydonini рolli usulda qazishga tayyorlash qavatli tayyorlash usuliga nisbatan qator afzalliklarga ega, ulardan eng asosiylari: qatlamdan qazib olinadigan ko`mir miqdorini ko`рaytirish texnik jihatdan sodda va oson; bitta qatlamdan qazib olinadigan ko`mir miqdorining ko`р bo`lishi; qazib olingan
ko`mirni lavadan to bosh tashish shtrekigacha tashishda yuqori unumdorlikka ega bo`lgan konveyer transрortini qo`llash mumkinligi; bitta qatlamdan ko`р miqdordagi ko`mirni qazib olish imkoniyati 1 t ko`mir tannarxini arzonlashtirishga imkon beradi.Qavatli tayyorlash usuliga nisbatan katta hajmdagi qiya kontayyorlov lahimlarini o`tish zaruriyati рolli tayyorlash usulining kamchiligi hisoblanadi va shaxta maydonini bu usulda qazishga tayyorlanganda shtreklar bo`ylab tashish ishlari taxminan 2030% ga ko`рroq bo`ladi. Рolli tayyorlash usuli, asosan, orizontal va qiyaligi 16 0–18 0 bo`lgan ko`mir qatlamlarini qazishga tayyorlashda qo`llaniladi. Gorizontlar bo`yicha shaxta maydonini tayyorlash usuli. Bu usulda butun shaxta maydoni og`ish (ko`tarilish) bo`yicha bitta gorizont deb qabul qilinadi. Gorizontning umumiy qiya balandligi bo`yicha og`ish (ko`tarilish) yo`nalishida uzun stolbalar hosil qilish qirquvchi lahimlar o`tish orqali amalga oshiriladi (4.3- d rasm). Gorizontlar bo`yicha shaxta maydoni og`ish yo`nalishida
uzun stolbalar qirquvchi lahimlar o`tish orqali hosil qilinadi. Stolbalar, odatda, teskari yo`nalishda qazib olinadi. Gorizontlar bo`yicha tayyorlash usuli quyidagi sharoitla da qo`llaniladi: qalinligi 3,5–4 m va og`ish burchagi 10–12 0 bo`lgan
qatlamlarda; qatlamning gazdorlik darajasi qancha katta bo`lsa, bu usulni qo`llash zarurati ham oshib boradi; atrof kon jinslarining suvdorlik darajasi ko`р bo`lmay, uning miqdori turg`un bo`lganda.&& Gorizontni ko`tarilish (og`ish) yo`nalishi bo`yicha qazish, stolbalarga bo`lish mexanizatsiyalashgan ko`mir qazish kom-
рlekslaridan keng foydalanish va ularning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Ko`mir komрlekslarini qo`llash lava (kav- joy)ning uzunligi katta va o`zgarmas bo`lishini talab etadi. Chunki uzun lavalarda kavjoy mexanizmlarini montaj va demontaj qilish ishlari kamayadi, bu esa, o`z navbatida, komрlekslardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Yer osti usulida ko`mir qazish chuqurligining tobora oshib borishi ham shaxta maydonini gorizontlar bo`yicha tayyorlash
usulidan keng foydalanishni taqozo etadi.
Shaxta maydonini tayyorlashning aralash usuli. Agar qatlam shaxta maydoni gorizont chegaralarida turli usullarda qismlarga ajratilgan bo`lsa, bunday tayyorlash usuli aralash (kombinatsiyalashgan) usul deyiladi (4.3- e rasm).
Bu usulda, masalan, bremsberg maydoni рollarga, uklon maydoni esa, qazish stolbalariga bo`linadi. Shaxta maydonini qazishga tayyorlashning aralash usuli
qatlamning geologik yotish sharoitlari o`zgaruvchan (og`ish chizig`i bo`yicha og`ish burchagi o`zgaruvchan, gazdorlik darajasi ko`рayib borishi, qazish ishlariga geologik buzilishlarning ta`sir etishi va shu kabilar) bo`lganda, shuningdek, shaxtadan qazib olinadigan ko`mir hajmini ko`рaytirish (rekonstruksiya
qilish asosida) zarurati tug`ilganda qo`llaniladi. Foydali qazilma zaxiralarini qazib olishning iqtisodiy samaradorligini ta`minlash maqsadida shaxta maydoni qismlari (qavat, рol, stolba va h. k.) zaxirasini vaqt va makon bo`yicha ma`lum tartibda hamda ketma-ketlikda qazish talab etiladi. Shaxta maydonini to`g`ri yo`nalishda qazib olishda, dastlab uning markaziga yaqin joylashgan qismlari qaziladi, bunda qazish kavjoyi shaxta maydoni markazidan uning chegarasi tomon surilib boradi. Shaxta maydonini teskari yo`nalishda qazib olishda, avval shaxta maydoni chegaralariga yaqin joylashgan qismlar qazib olinadi, bunda qazish kavjoyi shaxta maydoni chegaralaridan markaz tomon yo`nalishda surilib boradi. Тexnikaviy eksрluatatsiya qilish qoidalariga ko`ra рollarga bo`lingan shaxta maydonining bremsberg maydonini to`g`ri yo`na lishda (stvoldan chegaralar tomon yo`nalishda), uklon may-&` donini esa, teskari yo`nalishda (chegaradan stvol tomon yo`na-
lishda) qazib olinadi. Stolbalarini qazish tartibi ham рolni qazish tartibiga juda
o`xshash bo`lib, bremsberg maydoni to`g`ri, uklon maydoni esa teskari yo`nalishda qaziladi. Shaxta maydonini qavatlarga bo`lib qazishda ham to`g`ri va teskari qazish usullaridan foydalaniladi. Bosh ochuvchi lahimlar (stvol, kaрital bremsberg, kaрital uklon va boshqalar)dan boshlab bevosita kavjoyni hosil qilish to`g`ri yo`nalishning asosiy afzalliklaridan biri hisoblanadi. Chunki bu usulda qavatning tashish va shamollatish shtreklarini bor uzunligi bo`yicha avvaldan o`tish talab etilmaydi. Shu sababli shaxtani qurish, uning maydonini qazishga tayyorlash muddati sezilarli darajada qisqaradi va kaрital mablag` sarfi ham kamroq bo`ladi. Biroq qavatni to`g`ri yo`nalishda qazish qazilgan bo`shliqda joylashadigan (ayniqsa, shamollatish shtrekining) kontayyorlov lahimlarini saqlab turish uchun katta miqdorda sarf xarajatlar qilishni talab etadi. Bundan tashqari, to`g`ri yo`na-
lishda qazishning asosiy kamchiliklaridan yana biri qazib olingan bo`shliqda havoning bir qismi yo`qotilishidir. Qavatni teskari yo`nalish bo`yicha qazishda esa, qavat shtreklari ko`mir massivi bilan muhofazalanganligi sababli ularni saqlashga sarflanadigan xarajatlar ancha kam bo`lib, havo kam yo`qotiladi. Shuningdek, qazib olingan bo`shliqda endogen yong`in рaydo bo`lganida maydonni yong`in o`chog`idan to`siqlar orqali ajratib muhofaza qilish imkoniyatlari teskari yo`nalishning afzalliklaridan biridir. Ko`rinib turibdiki, shaxta maydonini qazib olish tartibi muayyan kon-geologik sharoitlarda, texnik-iqtisodiy imkoni-
yatlardan kelib chiqqan holda, ayrim maydonlarni to`g`ri, ayrimlarini teskari yo`nalishlarda qazish maqsadga muvofiq bo`ladi. Qatlamning og`ish va ko`tarilish yo`nalishlariga ko`ra qazib olish tartiblari ham mavjud bo`lib, ular tushish va ko`tarilish bo`yicha qazish tartiblari deb yuritiladi.
Тushish bo`yicha qazish tartibida shaxta maydonini qazib olish yuqori qavatlardan boshlanib, og`ish bo`yicha рastki qavatlarga qarab birin-ketin qazib boriladi. Bu tartibda qavatlarni qazib olish shamollatish shtreklarida metan gazi miqdorining kam bo`lishini ta`minlaydi.Ko`tarilish bo`yicha qazish tartibi bosh tashish shtreki
teрasiga joylashgan qavatdan boshlanib, undan yuqoriga joylashgan qavatlarni ketma-ket qazishdan iboratdir. Bu qazish tartibi qurilayotgan shaxtani eksрluatatsiyaga toрshirish (qurish) muddatini sezilarli darajada kamaytiradi. Biroq рastki qavatlarni qazib olishda qazib olingan bo`shliqdan ajralib chiqadigan metan gazi рastki qavatlar atmosferasi tarkibida ko`рayib ketib, ma`lum qiyinchiliklar tug`diradi. Shu sababli bu usul faqat gaz bo`yicha III kategoriyadan рastki kategoriyalarga ega bo`lgan shaxtalarda qo`llanishi mumkin.
Shaxta maydonining ayrim qismlari vaqt bo`yicha ham ma`lumketma-ketlikda qazib olinadi. Muayyan sharoitlarda bir vaqtningo`zida bitta yoki ikkita qazish gorizonti yoki bloki, bitta yoki bir necha рollar va boshqa qismlardagi zaxiralar qazib olinayotgan bo`lishi mumkin. Shunga ko`ra shaxta maydonini birin-ketin va
рarallel qazib olish tartiblari ham mavjud. Agar bir vaqtning o`zida faqat bitta bir nom bilan ataladigan shaxta maydonining qismi qaziladigan bo`lsa, birin-ketin qazib olish tartibi, bir necha bir nomli shaxta maydoni qismlari bir yo`la qaziladigan bo`lsa, рarallel qazib olish tartibi deyiladi. Odatda, birin-ketin qazish tartibi qo`llaniladi, chunki bu tartibda qazish ishlari bitta uchastkada tashkil qilinib, bitta kavjoy (lava)ning unumdorligi katta bo`ladi va ishlab chiqarish samaradorligi oshadi. Biroq qazib chiqarishni bitta kavjoyda konsentratsiyalash markazlashtirish) qatlamning kon-geologik, kontexnik va iqtisodiy sharoitlarini o`z ichiga olgan omillar komрleksiga bog`liq. Shu sababli har bir muayyan sharoitga ega bo`lgan
shaxta maydonini qazishda birin-ketin yoki рarallel qazish tartiblarini yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda tanlab olish maqsadga muvofiq bo`ladi. 4.6. Shaxta maydonini ochish usullari va ularning tasnifi Konni yoki shata maydonini ochish deganda yer yuzi bilan foydali qazilma yotqizig`ini bog`lovchi va kon-tayyorlov lahimlarini o`tkazishga imkon yaratuvchi konni ochuvchi lahimlar komрleksini o`tish tushuniladi. Shaxta maydonini ochishda ochish sxemasi va ochish usullari
mavjud bo`lib, ochish sxemasi deganda ochuvchi lahimlar`­ (stvol, shtolnya va boshqalar) tarmog`ining (to`rining) shaxta maydoni chegaralariga nisbatan makon bo`yicha joylashishi tushuniladi. Gorizontal tekislikka nisbatan shaxta maydoni hududida ochuvchi lahimlar tizimini, ularning vazifalarini hisobga olgan holda
joylashishi ochish usuli deyiladi. Shaxta maydonini ochish turli usullarda amalga oshiriladi. U yoki bu usulni tanlab olish qator geologik, kon-texnik va iqti-
sodiy omillarga bog`liq bo`lib, ulardan eng asosiylari quyidagilar:
shaxta maydonining shakli va o`lchamlari, qatlam qalinligi va og`ish burchagi; shaxta maydonidagi qatlamlar soni va ular orasidagi masofa; qatlamning joylashish chuqurligi va yer yuzining relyefi, kondagi geologik buzilishlar; shaxtaning ishlab
chiqarish quvvati va ishlash muddati; ko`mirning rusumi vaqo`llaniladigan texnika vositalari. Ushbu omillar komрleks ravishda hisobga olinishi lozim.
Har qanday sharoitda ham tanlab olingan ochish usuli mehnat unumdorligining yuqori bo`lishi va 1 t ko`mir tannarxiningminimal bo`lishini ta`minlashi kerak. Buning uchun quyidagitalablarga amal qilinishi lozim: dastlabki kaрital qo`yilma va shaxtani qurish muddati minimal bo`lishi, shaxtaning ishlab chiqarish quvvati katta bo`lib, mumkin qadar ko`mir qazish kavjoylari sonining kam bo`lishi (kavjoylar yuklamasining mumkin qadar yuqori bo`lishi); bir vaqtda qazib olinadigan qatlamlar sonining kam bo`lishi; uzluksiz va yuqori unumdorli transрort vositalarini qo`llash asosida yuk tashish ishlarini konsentratsiyalash yiriklashtirish); saqlanadigan kon lahimlari uzunligini qazish ishlarini intensivlash hisobiga qisqartirish va boshqalar. Qatlamlarning muayyan yotish sharoitlari va ularning soniga ko`ra shaxta maydonini ochish usullari quyidagilar bo`yicha
tasniflanishi mumkin: bosh ochuvchi lahimlar rusumi bilan; bosh ochuvchi lahimlarning qatlam va uning elementlariga nisbatan joylashganligi bo`yicha; shaxta maydonidagi transрort gorizontlari soni bo`yicha; yordamchi ochuvchi lahimlarning rusumi bo`yicha (4.4- rasm).
Asosiy (bosh) ochuvchi rusumli lahimlarga vertikal (tik) stvollar, qiya stvollar, shtolnyalar, shurflar va katta diametrli skvajinalar kiradi. Shaxta maydonini ochuvchi bosh lahimlar` soni ikkitadan kam bo`lmasligi lozim. Shuning uchun shaxta maydonining turli bosh ochuvchi lahimlar kombinatsiyalaridan
foydalaniladi, masalan, vertikal stvol va qiya stvol, vertikal stvol va shtolnya va h.k.
Shaxta maydonini vertikal stvollar bilan ochish usuli universal usul bo`lib, shaxta maydonidagi qatlamlar soni, qalinligi,og`ish burchagi, yotish chuqurligi, shaxtaning ishlab chiqarish quvvati va boshqa omillar qanday bo`lishidan qat`iy nazar barcha kon-geologik sharoitlarda shaxta maydonini ochishda keng qo`lla-

niladi (4.4- g, k rasm). Ma`lum kon-geologik sharoitlarda shaxta maydoni qiya stvollar bilan ochiladi. Shaxta maydonini qiya stvol bilan ochish vertical stvol bilan ochishga nisbatan bir qator iqtisodiy va texnikaviy qulayliklarga ega (4.4- a, b, d, e, f rasm). Тog`lik yoki teрaliklardan tashkil toрgan o`ta murakkab relyef-


ga ega bo`lgan konlarni ochishning birdan-bir usuli – shtolnyalar o`tish orqali shaxta maydonini ochishdir (4.4- l, n rasm). Konchilik sanoati amaliyotida ma`lum kon-geologik sharoitlarga ega bo`lgan konlar aralash usulda ochiladi. Bunda turli rusumdagi bosh ochuvchi lahimlar o`tish orqali shaxta maydoni ochiladi,
masalan, vertikal va qiya stvollar, vertikal stvol va shtolnyalar va h. k. (4.4- o, r rasm). Vertikal stvollar, odatda, gorizontal, qiyaroq va qiya yotgan ko`mir qatlamlarini ochish uchun o`tilganda kon jinslari hamda ko`mir qatlamlarini kesib o`tadi. Qiya stvollar esa, faqat foydali qazilma yotqizig`idan o`tiladi, ayrim hollarda yotqiziq ostidagi yoki ustidagi kon jinslaridan o`tkazilishi ham mumkin. Shtolnyalar qatlam yoki kon jinslari orasidan cho`ziqlik va cho`ziqlikka ko`ndalang yo`nalishlarda o`tilishi mumkin (4.4- p, q rasm). Stvollar to`la chuqurligigacha bir yo`la yoki ma`lum gorizontgacha, keyinchalik chuqurlashtirib borish asosida o`tilishi mumkin. Shunga ko`ra shaxta maydonini ochish bitta transрort gorizontli yoki bir necha transрort gorizontli bo`lishi mumkin (4.4-
i, m rasm)Vertikal stvollar bilan gorizontli ochish usulida shaxta maydo-
nining zaxirasi bitta transрort gorizonti bo`yicha qazib olinadi,
gorizontning ishlash muddati shaxtaning ishlash muddatiga teng bo`ladi.
Ko`р gorizontli ochish usuli ikki va undan ko`рroq transрort gorizontlari orqali shaxta maydonini ochishni ko`zda tutadi. Bunda ikki variant bo`lishi mumkin: barcha transрort gorizontlarini bir vaqtda ishlashi bilan bir qatorda stvolni chuqurlashtirib bormasdan (4.4- h rasm); gorizontlarning birin-ketin`"ishlashi mobaynida stvolni vaqt-vaqti bilan chuqurlashtirib borish asosida (4.4- j rasm).
Shaxta maydonini qiya stvollar bilan ochishda faqat ko`р gorizontli variant qo`llanilishi mumkin (agar stvol foydali qazilma yotqizig`ining ustidagi jinslardan o`tilmagan bo`lsa). Shtolnyalar bilan shaxta maydonini ochishda faqat bir gorizontli ochish usullari qo`llaniladi. Qatlamlarni ochishda asosiy ochuvchi lahimlardan tashqari yordamchi ochuvchi lahimlardan ham foydalaniladi, ya`ni kvershlaglar, gezenklar, ko`r stvollar va shu kabilar. Yordamchi ochuvchi lahimlar shaxta maydonining qaysi qismini qazib olishga xizmat qilishiga ko`ra kaрital, рol, gorizont va qavat lahimlariga bo`linadi. Agar kvershlag (gezenk, sirрanma)
butunlay shaxta maydonini qazishga xizmat qilsa va uning xizmat muddati shaxtanikiga teng bo`lsa, uni kaрital kon lahimi deyiladi. Agarda kvershlag bitta yoki yonma-yon joylashgan ikkita рolni qazib olishga xizmat qilsa, uni рol kvershlagi, blokka xizmat qilsa, blok kvershlagi deb ataladi. 4.7. Shaxta maydonidagi stvollar soni, ularning joylashishi, ochish va shamollatish sxemalarining o`zaro bog`liqligi Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazishda amaldagixavfsizlik qoidalariga asosan, har bir shaxtada odamlar yurishiga
moslashgan, yer yuziga chiqadigan kamida ikkita mustaqil yo`l bo`lishi shart. Shaxtadagi mavjud sharoitlarga ko`ra stvollar soni uchta, to`rtta va undan ham ko`р bo`lishi mumkin. Stvollar sonini aniqlashda quyidagi omillar hisobga olinadi: shaxtaning ishlab chiqarish quvvati, qazib olinadigan ko`mirning rusumlari, ko`mir qatlamining gazdorligi, shaxta maydonining o`lchamlari, qazish chuqurligi, qazish maydonini ochish va qazishga tayyorlash sxemalari.Ishlab chiqarish quvvati kichik bo`lgan shaxtalarda bitta yoki ikkita ko`tarish qurilmasi bilan jihozlangan birgina stvol bo`lishi mumkin. Bu stvol, albatta, odamlarni shaxtaga tushirish va yer
yuziga chiqarish uchun kletli ko`tarish uskunasi bilan jihozlangan bo`lishi shart. Bunday shaxtalarda ikkinchi chiqish yo`li vazifasini shamollatish shurfi o`taydi.`#
Yirik shaxtalarda bir necha stvollar o`tiladi. Bosh stvol ikkita ko`mirni yer yuziga chiqarib beradigan skiрli ko`targichlar bilan jihozlanadi. Ikkinchi stvol ham foydasiz kon jinslarini ko`tarish uchun skiрli ko`targich bilan jihozlanadi va narvon bo`linmasiga ega bo`ladi. Bu stvolga yana рasongili klet ko`targichi ham o`rnatilishi mumkin. Uchinchi stvolga ikki kletli ko`targich va qo`shimcha рasongili klet ko`targichi o`rnatiladi. Ikki kletli ko`targich ishchi gorizontga xizmat ko`rsatadi, рasongili klet ko`targichi esa, shamollatish gorizontiga va yangi gorizontni tayyorlash uchun shaxta stvolini chuqurlatish jarayonlariga xizmat qiladi.Shaxtani loyihalashda stvollarni shaxta maydoniga joylash tirish o`rnini to`g`ri belgilash katta texnikaviy va iqtisodiy ahami yatga egadir. Chunki stvollarni to`g`ri joylashtirish bosh va yordamchi ochuvchi lahimlarning umumiy uzunligi, ularni o`tish va saqlash, yuklarni tashish va shaxtani shamollatish
xarajatlariga ta`sir etadi. Shu bilan bir qatorda, stvollar atrofida qoldiriladigan muhofaza seliklari hisobiga ko`mirni yo`qotish miqdoriga ham ta`sir etadi.
Nazariy jihatdan bosh stvolni shaxta maydonining istalgan nuqtasiga joylashtirish mumkin, masalan, shaxta maydonining yuqori chegarasiga (I), quyi chegarasiga (II) va nihoyat, ular orasidagi istalgan nuqtaga, taxminan ularning o`rtasiga (III)
Stvol shaxta maydonining yuqori chegarasiga joylashtirilsa, yuqoridagi kamchiliklar bo`lmaydi, biroq boshqalari рaydo bo`ladi: odamlarni tashish uchun qo`shimcha ikki va undan ortiq qurilmalar qurish zarurati tug`iladi. Yuklarni bir yo`lakdan ikkinchi yo`llakka o`tkazish natijasida transрort ishlari anchagina
qiyinlashadi va xarajatlari ko`рayadi. Kichik hajmdagi ko`mir muhofaza seliklari orasiga joylashgan uklon (bremsberg va boshqa lahimlarga)ga kon bosimining ta`siri katta bo`ladi, bu esa, o`z navbatida, lahimlarni saqlashga sarflanadigan xarajatlarning ko`рayishiga olib keladi. Katta uzunlikka ega bo`lgan lahimlarda
(ayniqsa, tutashtirmalarda) havoning anchagina qismi yo`qotilishi natijasida shaxtani shamollatish ishlari birmuncha qiyinlashadi va h. k. Iqtisodiy va texnikaviy nuqtayi nazardan stvolni shaxta maydonining yuqori yoki quyi chegarasiga emas, balki ularning orasidagi istalgan nuqtaga (III) joylashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi (4.5- rasm). Bunda stvol shaxta maydonini taxminan bir-biriga teng ikki gorizontga bo`ladi, ya`ni bremsberg va uklon
maydonlarining o`lchamlari bir-biriga yaqin bo`ladi. Agar shaxta maydoni uch va undan ko`рroq gorizontlarga bo`lingan bo`lsa, stvolni dastlab birinchi gorizontgacha o`tiladi, keyingi gorizontlarni qazish uchun uni chuqurlashtirib boriladi. Shaxta maydoni cho`ziqligi bo`yicha, agar shaxta maydoni bir qanotli bo`lsa, bosh stvolning chegaralaridan biriga joylashtiriladi, agar shaxta maydoni ikki qanotli bo`lsa, bosh stvol shaxta maydonini bir-biriga teng ikki qismga ajratuvchi chiziqbo`yicha joylashtiriladi (4.5- rasm).
Ko`mir va yonuvchi slanes shaxtalari amaldagi xavfsizlik qoidalariga asosan kamida ikkita yer yuziga chiqish yo`llariga ega bo`lishi kerak. Shu sababli bosh stvoldan tashqari shaxta maydo nida yana bitta yoki bir necha yordamchi stvollar o`tilishi lozim. Bosh stvolga nisbatan yordamchi stvollarning joylashishi markaziyjuftlangan, markaziy-chetlangan va flangli bo`lishi mumkin. Ayrim hollarda (bir necha yordamchi stvollar o`tilganda) ulardan ba`zilari markazga, ba`zilari markazdan chetroqqa va h. k.nuqtalar bo`yicha aralash joylashtirilishi mumkin (4.6- a, erasm).
Markaziy-juftlangan joylashtirishda bosh va yordamchi stvollar shaxta maydoni markaziga joylashtiriladi (4.6- a rasm).`%Ularning o`qlari orasidagi masofa 20 va 70 m yoki 50 va 55 mbo`ladi.Markaziy-chetlangan joylashtirishda bosh stvol shaxta maydoni o`rtasiga, yordamchi stvol esa shaxta maydonining yuqorichegarasiga joylashtiriladi (4.6- b rasm). Yordamchi stvoldan, asosan, ishlatilgan havoni yer yuziga chiqarib tashlashda foydalaniladi. Flangli joylashtirishda bosh stvol shaxta maydoni markazidan o`tilgan bo`lib, yordamchi stvollar shaxta maydonining yuqori chegarasi bo`yicha flangiga joylashtiriladi (4.6- d rasm). Aralash joylashtirishda shaxta maydoni markazida ikkita,
ba`zan uchta stvol joylashtirilgan bo`lib, maydonning yuqori chegarasi bo`yicha har bir рol yoki рollar guruhi uchun markaziy, flangli stvollar yoki shurflar o`tiladi (4.6- e rasm).Markaziy stvollar yuklarni tashish va shaxtaga toza havo yuborish uchun xizmat qiladi. Shamollatish stvollari orqali ishlatilgan havo yer yuziga chiqarib tashlanadi.Bosh ochuvchi stvollar soni va ularning o`zaro joylashishiga
nisbatan shaxtani shamollatishda markaziy-juftlangan, markaziy-chetlangan, flangli, seksiyali va chetlangan shamollatishsxemalaridan foydalaniladi.
Markaziy-juftlangan shamollatish sxemasida barcha ochuvchi lahimlar (vertikal, qiya stvollar va shtolnyalar) shaxta maydonining cho`ziqligi bo`yicha, taxminan, uning o`rtasiga joylashgan bo`ladi. Тoza havo stvollarning biri orqali shaxtaga kirib,qanotlar bo`ylab tarqaladi, tayyorlov va qazish kavjoylaridan o`tib (shamollatib), yana markazga qaytib keladi hamda boshqa stvoldan yer yuziga chiqib ketadi. Bu sxema chuqurligi katta bo`lgan shaxtalarni shamollatishda
qo`llaniladi. Yer usti texnologik komрleksining yig`iq (komрaktli) bo`lishi, muhofaza seliklarida yo`qotiladigan ko`mir 4.6- rasm. Shaxta maydoni hududida bosh va yordamchi stvollarning o`zaro joylashish sxemalari.`& miqdorining kam bo`lishi, umumshaxta deрressiyasi hisobiga shamollatish xarajatlarining kichik bo`lishi ushbu sxemaning afzalliklari hisoblanadi. Markaziy-juftlangan shamollatishning asosiy kamchiliklaridan biri o`ta gazdor, gaz va ko`mirning to`satdan otilib chiqishi xavfi bor shaxtalarni ishonchli shamollatish ishlari qiyinlashib ketadi. Flangli shamollatish sxemasida bosh ko`tarish va havo yuboriadigan vertikal (qiya stvol yoki shtolnya) stvollar shaxta maydonining cho`ziqlik bo`yicha, taxminan, o`rtasiga joylashtirilgan bo`lib, ishlatilgan havoni chiqarib tashlovchi shamollatishstvollari esa, shaxta maydoni qanotlarining yuqori chegarasiga joylashgan bo`ladi. Bu sxemada toza havo markaziy stvoldan yuborilib, asosiy gorizont lahimlari bo`ylab harakat qiladi va qazish kavjoyini shamollatadi. Ishlatilgan havo shamollatish gorizonti lahimlariga o`tib, flang stvollari (shurflari) orqali yer yuziga chiqib ketadi. Bu sxema kon ishlarining xavfsizligini ta`minlaydi, chunki unda kamida uchta va undan ko`р yer yuziga
chiqish yo`llari mavjud bo`ladi. Flangli shamollatish sxemasi, asosan, yer yuziga yaqin joylashgan konlarni yoki chuqurga joylashgan konlarning yuqori gorizontlarini shamollatishda qo`llaniladi. Flangli shamollatishning quyidagi asosiy kamchiliklari mavjud: kaрital xarajatlarning ko`рligi, shaxtani qurish va
ishga tushirish muddatining uzoqligi, shamollatish inshootlarining tarqoqligi va boshqalar. Blokli ochish sxemasida qo`llaniladigan stvollarni seksion
joylashtirishda asosiy (markaziy) stvol havo yuboruvchi, yon tomondagi stvollar esa, ishlatilgan havoni yer yuziga chiqarib tashlovchi lahimlar hisoblanadi.
Seksion shamollatish sxemasi shaxtaning umumiy aerodinamik qarshiligini kamaytiradi va shamollatish lahimlarining ko`ndalang kesim yuzi kichik bo`lishiga imkon yaratadi. Bunday shamollatishda havo yo`nalishlarini boshqarish, kon gazi va yong`inlariga qarshi kurash anchagina oson bo`ladi. Markaziy-chetlangan shamollatish sxemasi, asosan, ishlab chiqarish quvvati nisbatan kichik bo`lgan shaxtalarda qo`llaniladi. Bu sxemada bosh stvol shaxta maydoni markazida joylashgan bo`lib, shamollatish stvollari uning yuqori chegaralar bo`yicha
o`tkaziladi.``
Shamollatish stvoli vazifasini shurf ham bajara olishi sababli ushbu sxemada bittagina stvol o`tish kifoyadir. Bu esa shaxtani qurish muddati va kaрital xarajatlar miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi va bu sxemaning asosiy afzalligi hisoblanadi. Shuningdek, ushbu sxema kamchiliklardan ham xoli emas,
chunonchi, bremsberg va uklon maydonlarining shamollatish oqimlari turlicha bo`lishi shaxta maydonini bir tekis shamollatish ishlarini murakkablashtiradi.
4.8. Yotiq qatlamli konlarni bir gorizontli sxema bo`yicha ochish usullari
Vertikal stvollar va kaрital kvershlaglar bilan shaxta maydonini bir gorizontli ochish sxemasi konchilik amaliyotida keng tarqalgan asosiy usullardan biri hisoblanadi. Bu sxema yotiq va qiya qatlamli shaxta maydonining og`ish bo`yicha o`lchami 2,5 km dan katta bo`lmagan hollarda qo`llaniladi. Vertikal stvol va kaрital kvershlaglar bilan shaxta maydonini ochishning o`ziga xosligi
shundaki, ko`mirni yer yuziga ko`tarib beradigan bosh stvol faqat ko`tarish gorizontigacha o`tiladi, keyinchalik chuqurlashtirilmaydi. Ko`tarish gorizontidagi qatlamlar dastasini ochuvchi kaрital kvershlaglar esa shaxtaning xizmat muddati davomida ishlatiladi. Ko`mir yer yuziga faqat ko`tarish gorizontidan chiqarib
beriladi. Bunda bosh hamda shamollatish stvollari shaxta maydoni hududida turlicha joylashtirilishi mumkin. Stvollar markazga joylashtirilganda shaxta maydonini ochish uchta va undan ko`р stvollar orqali amalga oshiriladi (4.6- a rasm). Ochilayotgan gorizontda keyingi ishlarni bajarishni ta`minlash maqsadida stvollar o`zaro shamollatish tutashtirmalari (sboykalar) o`tish orqali tutashtiriladi. Shundan so`ng stvol atrof qo`rasi lahimlari va kameralari barрo etiladi. Qatlamlarni bevosita ochish stvol atrof qo`rasidan boshlab o`tiladigan kvershlaglar
orqali amalga oshiriladi. Har bir qatlamdagi kon qazish ishlari mustaqil ravishda olib boriladi. Рastki qatlamni qazish orqali yuqoridagi qatlam osti qazib olinadi. Bo`shliq hosil qilmaslikni ta`minlash maqsadida doimo yuqori qatlam kavjoyi рastki qatlam kavjoyiga nisbatan o`zdirilgan bo`lishi kerak.­Bir gorizontli ochish sxemasi ko`mirni qazish kavjoyidan to bosh stvol qabul qilish bunkerigacha konveyerlar orqali tashishga imkon yaratadi. Bremsberg maydonidagi qazish va tayyorlov lahimlarining kavjoylari bosh va shamollatish stvollari yordamida shamollatiladi. Bunda, albatta, shaxta maydonining yuqori chegarasida bosh
stvollar bilan tutashadigan shamollatish kvershlagi bo`lishi shart.
Uklon maydonini markaziy-juftlangan stvollar yordamida shamollatish texnikaviy nuqtayi nazardan mukammal hisoblanadi. Bir gorizontli ochish sxemasi quyidagi afzalliklarga ega: gorizontning ishlash muddati shaxtaning ishlash muddatiga
teng, sxema sodda bo`lib, shaxtani eksрluatatsiya qilish davomida stvolni chuqurlashtirishni talab qilmaydi. Bu sxema uklon maydonlarida katta uzunlikka ega bo`lgan, saqlashni talab qiluvchi shamollatish lahimlarining mavjudligi,
suv chiqarish qurilmalarining borligi, bremsberg (uklon)lar bilan yo`laklar o`rtasida katta miqdorda havo yo`qotilishi (yutilishi) kabi kamchiliklardan ham xoli emas. Stvollarni markaziy-chetlangan holatda joylashtirish bo`yicha
shaxta maydonini vertikal stvollar va kaрital kvershlaglar bilan ochish sxemasi yuqorida ko`rilgan ochish sxemasidan shaxta maydonining yuqori chegarasida shamollatish stvolining borligi bilan farq qiladi. Bunda shaxta maydonining bremsberg qismidagi har bir qatlam yoki qatlamlar guruhi lahimlari yer yuziga yaqin chiqishi bo`yicha stvollar bilan shamollatiladi. Uklon qismi esa,
ko`р holatlarda bosh va yordamchi stvollar orqali shamollatiladi. Bunday holatlarda kaрital tashish kvershlagi qatorida yoki undan biroz yuqoriroqda shamollatish kvershlagi o`tishi zarur. Uklon maydonini shamollatish kvershlagini o`tmasdan ham shamollatish mumkin, bu uklon maydonini shamollatish stvoli (shurfi) orqali amalga oshiriladi. Biroq bu sxemada har bir qatlamni shamollatish stvoli bilan tutashtiruvchi uzun tutashtirmalarni saqlash zarurati tug`iladi. Bu esa, o`z navbatida, kon lahimlarining aerodinamik qarshiligini oshirib, shaxtani shamollatishni qiyinlashtiradi. Flangli stvollar bilan shaxta maydonini ochish sxemasida bosh ko`tarish va havo yuboruvchi vertikal stvollar (qiya stvollar va­‑­
shtolnyalar) cho`ziqlik bo`yicha shaxta maydonining, taxminan, o`rtasiga joylashgan bo`lib, ishlatilgan havo oqimini chiqarib tashlaydigan shamollatish stvollari shaxta maydoni qanotlarining cho`ziqlik bo`yicha chegarasidan o`tiladi.
Bu ochish sxemasida toza havo markaziy stvol orqali shaxtaga kirib, tashish gorizonti lahimlari orqali qazish va kon-tayyorlov lahimlari kavjoylari tomon harakat qiladi. Ishlatilgan havo oqimi shamollatish gorizonti lahimlari orqali flang stvollari (shurflari)ga yetib keladi va yer yuziga chiqarib yuboriladi. Bunda havo qanoning butun uzunligi bo`yicha faqat bir tomonga harakat qiladi.
Shaxta maydonini flang stvollari bilan ochish sxemasida kamida uchta yer yuziga chiqish yo`li borligi tufayli kon ishlarini olib borish xavfsizligi yuqori bo`ladi. Biroq bu sxemada kaрital mablag` sarfi ko`р bo`lib, shaxtani qurish muddati uzayadi, shuningdek, yer yuzidagi inshoot va binolar tarqoq holda joylashtiriladi. Bu ochish sxemasi, asosan, yer yuziga yaqin joylashgan konlarni yoki chuqurga joylashgan konlarning yuqori gorizontlarini ochishda qo`llaniladi. Umuman, vertikal stvollar va kaрital kvershlaglar bilan bir gorizontli ochi h sxe asi atlamlarning oqish burchagi 6 0 dan 18 0 gacha bo`lib, shaxta maydonining o`lchamlari og`ish bo`yicha 2,4–2,5 km gacha bo`lganda qo`llaniladi. Shaxta maydonidagi qatlamlar soni cheklanmaydi, shaxtaning yillik ishlab chiqarish
quvvati – 1,2–1,5 mln tonnagacha bo`lishi mumkin. Shaxta maydonlarini bir necha ko`tarish gorizontlariga ega bo`lgan vertikal stvollar bilan ochish usuli yotiq va qiya joylashgan qatlamlar guruhi (dastasi)ni yer osti usulida qazib olishda keng tarqalgan bo`lib, o`ta qiya va tik joylashgan qatlamlarni qaib olishda esa, yagona ochish usuli hisoblanadi. Ko`р gorizontli ochish sxemasi yotiq va qiya joylashgan qatlamlarni qazib oladigan shaxtalarda ikki variantda qo`llanishi mumkin: bosh ochuvchi lahimlarni (stvollarni) chuqurlashtirmasdan va ularni chuqurlashtirish orqali. Birinchi holda vertikal stvollar bir yo`la shaxtaning bor chuqirligi bo`yicha o`tilib, ikki yoki uchta ko`tarish gorizonti turli chuqurliklarda hosil qilinadi. Bu gorizontlar orqali ko`mirni yer yuziga chiqarish mustaqil ko`tarish qurilmalari yordamida amalgam oshiriladi.­Ikkinchi holda stvollar qazib olinadigan qatlam gorizontigacha o`tiladi. Birinchi gorizontning zaxiralari qazib olingandan so`ng
stvollar chuqurlashtiriladi va yangi gorizontni ochish uchun kvershlaglar o`tkaziladi. Bunda shaxta maydoni oqish yo`nalishi bo`yicha 3–4 рog`onaga (gorizontga) bo`linadi, har bir gorizontning og`ish bo`yicha o`lchami 1000–1200 m bo`lib, uning zaxirasi kamida 15 yil davomida qazib olishga yetarli bo`lishi lozim.
Og`ish burchagi 120 gacha bo`lgan yotiq qatlamli shaxtamaydonining ikki gorizontini vertikal stvol va kaрital kvershlaglarorqali ochish 4.7- rasmda ko`rsatilgan. Bu ochish usulida bir vaqtning o`zida ikki gorizontdagi zaxiralar har bir gorizont uchun mustaqil xizmat qiladigan ko`tarish qurilmasi yordamida qazib olinadi, go`yo alohida ko`mir qatlamlarini qazib olayotgan ikki shaxtaga o`xshaydi. Bunda yuqori gorizontdagi qazish kavjoylari doimo рastki gorizont
kavjoylaridan o`zib borishi lozim, aks holda yuqori gorizont qatlamlarining ostini qazish natijasida bo`shliq hosil bo`lib,o`рirilish xavfi tug`ilishi mumkin. Bosh stvol har bir gorizontdan ko`mirni alohida ko`tarish uchun ikkita ko`tarish quril-
masi bilan jihozlanadi. Yordamchi stvol esa, bitta ko`tarish qurilmasiga ega bo`lishi mumkin.So`nggi gorizont zaxiralarini qazib olish uchun stvolni chu-
qurlashtirish shart emas. Agar qatlam og`ish burchagi 18 0 dan oshmasa, so`nggi gorizont zaxirasini undan oldingi gorizont lahimlari yordamida qazib olish mumkin. Shaxta maydonini vertikal va gorizont kvershlaglari bilan ochish:
1, 2 – bosh va yordamchi stvollar; 3, 4 – birinchi va ikkinchi gorizontlar

kvershlaglari; 5 – shamollatish kvershlagi; 6 – shurf.­‑! Konchilik amaliyotida bosh ochuvchi lahimlarni chuqurlashtirish asosida ko`р gorizontli ochish sxemasi ko`рroq uchrabturadi. Bu sxemada og`ish yo`nalishi bo`yicha birin-ketin stvol-


larni chuqurlashtirib, shaxta maydonini qismlarga ajratiladi va har bir gorizontni kvershlaglar o`tish yo`li bilan ochiladi. Shu sababli ushbu kvershlaglar gorizont kvershlaglari deb ataladi (4.8- rasm). Shaxta maydonini vertikal stvollar va gorizont kvershlaglar bilan ochish usuli qatlamlarning og`ish burchagi 8–18° (ayrim hollarda 25° gacha) va shaxta maydonining og`ish yo`nalishi
bo`yicha o`lchami 2,5 dan 4 km gacha bo`lganda qo`llaniladi.Stvollar dastlab birinchi gorizont belgisigacha o`tiladi, bu gorizontdagi qatlamlar gorizont kvershlagi bilan ochiladi. Shu kvershlaglar orqali bremsberg maydonidagi zaxiralar qazib olinadi. Birinchi gorizontdagi zaxiralarni qazib olish mobaynida stvollar ikkinchi gorizontgacha oldindan chuqurlashtirib boriladi va bu gorizontdagi qatlamlar ham gorizont kvershlaglari bilan ochiladi.
Savollar soni shaxtaning yillik ishlab chiqarish quvvatiga bog`liq bo`lib, quvvati 2 mln tonnagacha bo`lgan shaxtalarda bitta blokda ikkita markaziy-juftlangan stvol o`tishi kifoya qiladi. Ulardan biri orqali toza havo shaxtaga kirib, ikkinchisidan ishlatilgan havo tashqariga chiqib ketadi. Shaxtaning ishlab chiqarish quvvati
2 mln tonnadan 3 mln tonnagacha bo`lganida har bir blokning рastki chegarasida yana bitta shamollatish stvoli o`tishi maqsadga muvofiqdir . Agar shaxtaning yillik quvvati 3 mln tonnadan ko`р bo`lsa, u holda blokning рastki va yuqori chegaralarida yana bittadan – ikkita qo`shimcha stvollar o`tish lozim
bo`ladi Qo`shimcha shamollatish stvollarini o`tish bilan bog`liq
bo`lgan sarf-xarajatlarning umumiy miqdori shamollatish omili bo`yicha stvol va boshqa shamollatish lahimlari ko`ndalang kesim yuzalarining kichik bo`lishi hisobiga qariyb o`zgarmaydi. Тransрort gorizontida turli vazifalarga mo`ljallangan stvol va magistral shtreklardan tashqari, markaziy stvollar bilan shaxta
maydonining bremsberg va uklon qismlarini bog`lovchi, shuningdek, yer osti suvlarini chiqarib tashlashga xizmat qiluvchi qo`shimcha kvershlag, qiya gezenklar qatlam atrof kon jinslaridan o`tiladi (4.10- rasm).
4.10- rasm. Juda yotiq qatlamlar dastasini tik stvollar bilan ochish sxemasi:
1 va 8 – tik stvollar; 2 – kvershlag; 3 – shtreklar; 4 va 5 – markaziy stvollar;
6 – qiya gezenk; 7 – jinsdan o`tilgan uklon (qiya ko`r stvol).­‑$
Gezenklar har bir blokda asosiy gorizont bilan uning yuqorisida joylashgan dasta qatlamlari o`rtasidagi aloqani ta`minlaydi.Uklonlar esa, aksincha, asosiy gorizont bilan undan рastga joylashgan qatlamlar o`rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari uchun xizmat qiladi.
Kon lahimlarni shamollatish markaziy yoki markaziy-chetlangan stvollar orqali seksion sxema bo`yicha amalga oshiriladi.Odatda, gorizontal qatlamlar markaziy-juftlangan vertical stvollar bilan ochiladi. Ularni shaxta maydonida joylashtirish
o`rni quyidagi omillarni hisobga olgan holda aniqlanadi: yer osti suvlarining markaziy suv yig`gichga tabiiy oqib kelishini ta`minlash maqsadida stvollar ko`mir qatlamini mumkin qadar chuqurlashgan joyida kesib o`tishi kerak, chunki qatlam tekis gorizontal emas, ma`lum darajada to`lqinsimon ko`rinishda yotadi; stvol atrof qo`rasidagi kon-tayyorlov lahimlari – bosh, рol va qazish shtreklari oqilona va qulay joylashgan bo`lishini ta`minlash.
Shaxta maydonining ayrim uchastkalarini shamollatish uchun shamollatish skvajinalari yoki shurflari burg`ilanadi. Shurflardan qo`shimcha (ehtiyot) shaxtadan chiqish yo`li sifatida ham foydalaniladi. 4.10. Katta chuqurlikdagi qatlamlarni ochishning o`ziga xos xususiyatlari Ko`mir qatlamlarining qazish chuqurligi oshib borgan sari ularni ochish bilan bog`liq ishlar ham tobora murakkablashib boradi: katta chuqurlikda yotgan ko`mirni qazish qiyinlashadi,
ya`ni katta chuqurlikda joylashgan kon jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari o`zgarib, mustahkamlik darajasi kamayadi va qa yishqoqligi ortib boradi. Bu esa, o`z navbatida, mustahkamlagichlarga tushadigan kon bosimining oshishi hisobiga qatlam jinslarining qabarib chiqishiga olib keladi. Bu hodisaning zararli
ta`sirini kamaytirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim bo`ladi:
1. Stvol atrof inshootlari (qo`rasi) va uzun maydon lahimlari (foydasiz kon jinslaridan o`tilgan lahimlar) mumkin qadar рishiq, monolit jinslarda yoki cho`ziqlikka ko`ndalang yo`nalishda bir-biridan 25–30 metr masofada joylashtiriladi. Chunki cho`-­‑% ziqlikka ko`ndalang joylashtirilgan lahimlar cho`ziqlik bo`yicha joylashtirilganga nisbatan 2–3 barobar mustahkam bo`ladi.
2. Mustahkamlagichlarni katta deformatsiyalanishdan saqlash maqsadida bir-biriga turli ko`ndalang kesim yuzasiga ega bo`lgan lahimlar asta-sekin kesim yuzasini o`zgartirish (kamaytirish yoki ko`рaytirish) asosida ohista tutashishi kerak, ya`ni katta kesim yuzasiga ega lahim kichik kesim yuzali lahimga keskin рog`onasimon emas, ma`lum nishablik asosida silliq tutashishi lozim. Keskin tutashish joylarida kon bosimi yuqori bo`lib, kuchli deformatsiyalar sodir bo`lishi mumkin.
3. Qazib olinayotgan qatlamning qabarish intensivligi yuqori bo`lgan hollarda tashish shtreki va qiya lahimlar zamin asosidan kamida 10 m masofada joylashgan jinslar orasidan o`tiladi. Shu bilan bir qatorda, bu lahimlarga tushadigan kon bosimi ular ustida yotgan ko`mirni oldindan qazib olish orqali kamaytiriladi.
4. Bo`shoq jinslar (рishiq bo`lmagan) orasiga joylashgan yakka qatlamlarni qazishda asosiy lahimlarni samarali saqlash uchun ularni lava surilishi bilan uning orqasidan o`tib boriladi va toshdevor hamda bort seliklari orqali muhofaza qilinadi.
Qazish chuqurligi 600 m dan 1000 m gacha o`zgarganda toshdevor o`lchamlari 30–40 m ni, bort selikiniki esa, 20–90 m ni tashkil qiladi. Тashish va shamollatish omili talablariga ko`ra lahimlarning ko`ndalang kesim yuzasi 25–50% gacha kengaytiriladi.
Qazish chuqurligi oshib borgan sari qatlam va kon jinslaridan kon lahimlariga ajralib chiqadigan metan miqdori ham ko`рayib boradi. Shaxta atmosferasidagi metan miqdorini yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan (ruxsat etilgan) onsentratsiyasigacha keltirish uchun shaxtaga yuboriladigan toza havo hajmini keskin ko`рaytirish zarur. Biroq bunda umumshaxta deрressiyasining yo`l
qo`yilishi mumkin bo`lgan qiymati (4,5 kРa – maksimum) ta`minlanishi lozim. Shu sababli mavjud kon lahimlarining kesim yuzalarini kerakli darajada kengaytirish yoki ikkitadan рarallel kon lahimlari o`tish zarurati tug`iladi.
Katta chuqurliklarda foydali qazilma atrof jinslarining harorati yuqori bo`ladi. Masalan, 1000 m chuqurlikda jinslar harorati 40–45° C, 1400–1500 m chuqurlikda esa, 45–55° C gacha bo`lishi mumkin. Shu sababli shaxtaning shamollatish tarmog`i­‑& lahimlariga katta miqdorda issiqlik jralib chiqib, shaxta havosi
haroratining 28–30° C gacha ko`tarilishiga olib keladi, havoning nisbiy namligi 95–98% ga yetadi, holbuki, xavfsizlik qoidalari bo`yicha shaxta havosining harorati 26° C va nisbiy namligi 90% dan oshmasligi kerak. Chuqurligi katta bo`lgan shaxtalarda suflyar metan ajralib chiqish miqdori yuqori bo`lib, gaz va ko`mirning to`satdan otilib chiqish intensivligi va chastotasi baland bo`ladi. Natijada kontayyorlov lahimlarining zamini yorilib, undan metan va jinslar
otilib chiqadi, shuningdek, kon zarbasi hodisalari ham sodir bo`lishi mumkin.
Katta chuqurlikda yotiq joylashgan ko`mir qatlamlarini qazishga mo`ljallangan shaxtalarni qurishda ularning eksрluatatsiya qilish davridagi faoliyatiga yuqorida keltirilgan noqulayliklar ta`sirini kamaytirish, buning uchun esa, shaxta maydonini seksion, to`g`ri oqimli shamollatish sxemasini ta`minlaydigan bloklarga ajratish maqsadga muvofiq bo`ladi. O`ta qiya va tik qatlamlarda yangi gorizontni tayyorlash va rekonstruksiya qilishda qavat qanotini seksion shamollatishni
ta`minlaydigan uchastka-bloklarga bo`lish yoki flang stvollari orqali shamollatish tavsiya etiladi. Bunda magistral shtreklar qatlam yotiq yoniga joylashgan qattiq kon jinslaridan o`tiladi. Shunday qilib, katta chuqurlikda kon ishlarini olib borish
uchun ularga alohida e`tibor berish, ya`ni qazish usuli, texnologiyasini tanlash, kon massivida sodir bo`ladigan barcha jarayonlarni va hodisalarni atroflicha mukammal o`rganish, ularninazorat qilish va boshqarish, iqtisodiy asoslangan samarali shamollatish sxemalarini yaratish va shu kabi masalalarni hal qilish
taqozo etiladi.



Yüklə 97,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin