Reja: Ekologik biotexnologiya haqida maʼlumot



Yüklə 11,45 Kb.
tarix17.06.2023
ölçüsü11,45 Kb.
#131972
Atrof muhitni tozalashda biotexnologiyani orni


Mavzu: Ekologik biotexnologiya va uning vazifalari.
Reja:
1.Ekologik biotexnologiya haqida maʼlumot.

2. Ekologik biotexnologiyaning rivojlanayotgan sohalari hamda ulardan foydalanish imkoniyatlari.


3.Ekologiya muammolar va bu muammolarni echishda ekologik biotexnologiya-ning roli.
Hozirda fan va texnikaning rivojlanishi va yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishda keng joriy etilishi natijasida insonning tabiatga ko’rsatilayotgan ta’sir jadallashib bormoqda. Inson va tabiat orasidagi o’zaro munosabatlar murakkablashib, ushbu ta’sir tabiiy omillar bilan qiyoslanadigan darajaga yetdi. Shuning uchun atrof muhitni muhofaza qilish hozirgi davrning eng dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Ekologik biotexnologiya bu atrof muhit muammolarini yechishda biotexnologiyani spetsifik qo‘llash, hususan, chiqindilarni qayta ishlash, ifloslanishlarni oldini olish va biotexnologik usullarni biotexnologik bo‘lmagan usullar bilan biriktirishdir. Biosferada antropogen ta’sir qilish shu darajaga borib yetdiki, yer yuzida ham tabiiy o’zgarishlar ro’y berib, ba’zi mintaqalarda hayot kechirish amri mahol bo’lib qoldi. Atrof-muhitni muxofaza qilish, tabiiy resurslardan tejamkorona va oqilona foydalanish, chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni ishlab chiqarish korxonalarida keng joriy etish kabi masalalar eng muhim va o’z yechimini kutayotgan umumdavlat vazifalariga kiradi. 1 Respublikamiz va xususan, viloyatimiz miqyosida jiddiy va keskin ekologik vaziyatlarni vujudga kelishining asosiy sababi ishlab chiqarish o’sish sur’atlarining tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish sur’atlardan bir necha marotaba yuqoriligidadir. Ushbu maqsadlar uchun ajratilayotgan mablag’lar (u milliy daromadning 1,5-2% ni tashkil etadi) kerakli miqdoriga nisbatan bir necha o’nlab marotaba kamdir. Rivojlangan mamlakatlarda esa, bu ko’rsatgich korxona mablag’ining 25-30% ni tashkil etmoqda. Ko’p o’n yilliklar davomida vujudga kelgan ekologik muammolarga siyosat aralashib, ularga panja orqasidan qarabkelindi. Ularni nazar – pisand qilmaslik shu darajaga yetdiki, kelib chiqishsabablari hamma tomonlama o’rganilmay qoldi. Natijada atmosfera havosi, tuproq va suv manbalari zaharlandi, atrof – muhitga misli ko’rilmagan darajada zarar yetkazildi. Ma’lumotlarga qaraganda, inson sog’ligining 67 – 74% tashqi muhit, ovqatlanish va yashash sharoitiga, 16 – 18% genetik va nasliy omillarga va faqatgina 10 – 15% sog’liqni saqlash xizmatiga bog’liq. Demak, hayot kechirish uchun atrof – muhitni zaharlamaslik chora-tadbirlarini ko’rish har bir ishchi, xizmatchi, mutaxassis, muhandis va rahbarning asosiy burchi bo’lishi kerak.

O’zbekiston Respublikasida atrof muhit holati, unga ta’siri va muhofaza qilish, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanishni baholash mexanizmi yoki keng ma’noda umumlashtirilgan integral tahlili so’nggi yigirma yilda katta odimlar bilan rivojlandi.Inson va atrof muhit himoyalanishi holati hamda ifloslangan atrof muhitning xavfli ta’siri qonuniyatlari va o’zaro munosabati haqidagi bilimlar tizimining shakllanishi umumiy muammosi, shuningdek ekologik xavfsizlikni ta’minlashning yagona va kompleks tizimini yaratish muammosi vujudga keladi. Ekologik biotexnologiya bu ekologik, ya’ni atrof-muxit muammolarini yechishda mutanosib biotexnologiyaning qo’llanilishidir. Binobarin, qoldiq chiqindilarni qayta ishlash, ifloslanishga qarshi kurash, biotexnologik uslublarning biotexnologik bulmagan texnologiyalar bilan qo’shishdir. Ifloslanishga qarshi kurash hozirgi kundagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishdagi qoldiqlarni yerga kumish ham atrof muhitning ifloslanishiga olib keladi. Biroq ekologik biotexnologiyada ko’milgan chiqindilardan biogaz olish jarayonlarini ham ko’rib chiqish kerak. Bundan tashqari ekologik biotexnologiya zararkunandalarga qarshi biotexnologik kurash va azotni biologik fiksasiya qilishni amalga oshiradi. Ekologik biotexnologiya nuqtai nazardan, aerob jarayonlar muhim hisoblanadi. Bu jarayonlarda suvni tozalash va uni stabillash ishlari olib boriladi. Buning uchun turli xildagi reaktorlar konstruksiyalari mavjud. Ma’lumki, hozirgi paytda respublikamizning qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish, aholini ekologik toza oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari bilan ta’minlash o’z yechimini kutayotgan muammolardan hisoblanadi. Buning uchun ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amalda kengroq joriy etish, o’simliklarni tez va muntazam rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tuproq tizimini yaxshilash kabi muammolar ko’ndalang bo’lib turibdi.Ekologik texnologiyaning muhim tarmoqlaridan biri bu oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari qoldiq mahsulotlari utilizatsiyasi va ikkilamchi mahsulotlar olishdir. Konservalangan mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari qoldiqmahsulotlari utilizasiyasi va ikkilamchi mahsulotlar olish Meva va sabzavotlarni texnik qayta ishlashda xosil bo’lgan chiqitlarning ko’pchiligi qimmatli kimyoviy tarkibga ega va nooziq xamda oziq - ovqat maxsulotlari ishlab chiqarish uchun yaroqli. Xom ashyoni inspeksiyalash va navlash vaqtida nuqsonlilari (urilgan, ezilgan, pishib yetilmagan, pishib o’tgan, kasallik yoki qishloq xo’jalik zararkunandalari ta’siriga duchor bo’ladi) brakka ajratiladi. Ular xayvono ozuqasi sifatida yoki yer uchun go’ng sifatida ishlatiladi. O’lchami, tashqi ko’rinishi, pishiqlik darajasi, yuzasidagi kichik nuqsonlar bo’yicha brakka ajratilgan meva va sabzavotlar qator xollarda xom ashyoning bu kamchiliklari inobatga olinmaydigan maxsulot ishlab chiqarishda ishlatiladi. Masalan, kompot va murabbo ishlab chiqarishda yangi, achimagan chiqit jem va povidlo tayyorlashda qo’llanilishi mumkin.Yog’ moy ishlab chiqarish korxonalari qoldiq mahsulotlari utilizasiyasi va ikkilamchi mahsulotlar olish. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan yog’ ekstraksiya korxonalaridan chiqayotgan ikkilamchi mahsulotlarni qayta ishlab to’yimliligi yuqori bo’lgan ozuqa olish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Ushbu muammoni yechish uchun achitqi zamburug’lari faoliyatidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Izlanishlar natijasida paxta shroti tarkibida monosaxaridlar mavjudligi va bu monosaxaridlarning massaviy ulushi shrotni sheluxadan tozalaganda yanada oshishini ko’rsatdi. Monosaxaridlar Saccharomyces oilasiga mansub achitqi zamburug’lari tomonidan yaxshi o’zlashtirishini nazarda tutib, mikroorganizmlarni yashashi, ko’payishi uchun sharoit yaratish lozim. Shuning uchun Saccharomyces oilasiga mansub mikroorganizmlarning ekzofermentlari paxta shroti tarkibida mavjud bo’lgan gossipol halqasini uzib 6 atomli geterosikli uglevodorodlarni muhitda hosil qilish qobiliyatiga ega. Bunday kimyoviy birikmalar esa Saccharomyces uchun yaxshi ozuqaviy mahsulot bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bijg’ish jarayonining davomiyligi 48 soat maksimal deb olindi. Undan yuqori soatlarda bijg’itilgan muhitda oqsilning umumiy massasi ushbu soatga nisbatan kamayganligini ko’rsatadi. Jarayon tugagach shrotni suyuq muhitdan siqish yo’li bilan ajratiladi va 45-50o S haroratda quritish shkafida quritiladi. Qurigan shrotda proteinning umumiy miqdorini 53,7% ni tashkil etadi. Yog’ moy sanoati korxonalarida ishlab chiqarilgan shrot va kunjara asosan oziqa yemi sifatida qo’llaniladi. Kunjara va shrotlarning qiymatlari quyidagilar bilan bog’lanadi. -oziqa modda hisoblangan oqsillarning yuqori miqdori bilan (35-50%);
Ekologiya muammolari va bu muammolarni echishda ekologik biotexnologiyaning roli. Insoniyat dunyoga kelgan vaqtidan buyon yirik hayvonlarni yo‘qotish, o‘rmonlarni ov qilish uchun yondirish, tuproqni va suv xavzalarini ifloslantirish kabi ishlarni amalga oshirish orqali tabiatdagi muvozanatning buzilishiga ta’sir ko‘rsatib kelgan. SHuning uchun har doim insoniyat oldida atrof-muxit muammosi turadi.Ekologiya muammolarini bir yoki bir nechta mamlakat miqyosida hal etib bo‘lmaydi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda hosil bo‘ladigan zZararli antropogen iflosliklar suv va havo orqali bo‘tun territoriyaga tarqaladi.


Atrof muxitni himoya qilish vazifasi biologiyaga taaluqlidir. An’anaviy tushunchalarga ko‘ra ekologiya biologik fanlarga tegishli bo‘lib, organizmlarning, insonlarning o‘zaro va atrof muxit bilan o‘zaro munosabatini o‘rganadi. Biologiyaning bundan buyon rivojlanishi va uning erishgan natijalarini amaliyotga tadbiq etish- ekologiyaning krizisdan chiqishidagi asosiy yo‘li hisoblanadi. Bunda biotexnologiya katta rol o‘ynaydi. Biotexnologiya atrof muxitni sanoat, qishloq xo‘jaligi va ma’ishiy chiqindilardan himoya qilish, muxitdagi toksin chiqaruvchilarni parchalash (degradratsiya),kabi ekologik muammolarni hal qilishda ishtirok etadi. Biotexnologiya oziq-ovqat va dori moddalari, ozuqa moddalar, mineral xomashyolar va energiya ishlab chiqarishning chiqindisiz jarayonlarini yaratadi. Ekologiya va biotexnologiya maxsulot va texnologiya bo‘yicha o‘zaro xarakt qiladi.Bugungi kunda barchamizga ma’lumki, ekologik havfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson o‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo‘ladi. Bu qonuniyatlarni buzish o‘nglab bo‘lmas ekologik falokatlarga olib keladi.Biotexnologiya yordamida qattiq va suyuq chiqindilarga ishlov berish, bu esa dolzarb ekologik muammolarni hal etishga katta yordam beradi. Bu muammolarni hal etishda mikrobiologiyaning jadal sur’atlar bilan uning yutuqlarini amaliyotga keng miqyosda joriy etilishini taqozo qiladi. Fan insonga eng ishochli axborotlarni beradi, inson bu axborotlarin qayta ishlab tabiiy tizim va ekologik holatlarni yanada yomonlashuvini oldini olishi mumkin bo‘ladi. Jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat muammolarni hal etishda fan oldiga yangi vazifalar qo‘yilmokda. Bu vazifalarni hal etishda ekologiyadan biologik yo‘nalishdagi boshqa fanlarga, er haqidagi fanlarga, fizika-kimyo sohadagi fanlarga, texnik va qishloq xoʻjaligiga etibor berish kerak.
Yüklə 11,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin