Mavzu: Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanining predmeti
vazifalari va rivojlanish tarixi.
REJA:
1 .Ekologiya fani to’g'risida umumiy ma'lumot.
2.
Tabiatni muhofaza qilishning predmeti va vazifasi.
3.
Ekologiya
va tabiatni muhofaza qilish fanining boshqa
fanlar bilan aloqasi.
4.
Ekologiya
va tabiatni muhofaza qilish fanining
rivojlanish tarixi. Tayanch so’zlar:
Ekologiya, populyatsiya, autekologiya, biosfera, landshaft, ijtimoiy
ekologiya, koinot ekologiyasi, urbanizasiya, taqqoslash, tajriba,
modellashtirish, tasvirlash.
Ekologiya, biologiya fanlari turkumiga mansub bo'lgan mustaqil fan
hisoblanadi. U tirik organizmlarning yashash sharoiti va shu
organizmlarning o'zlari yashab turgan muhit bilan o'zaro murakkab
munosabatlari hamda shu asosda tug'iladigan qonuniyatlarni o'rganadi.
Ekologiya; tushunchasini fanga birinchi bcflib 1866 yilda nemis
biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. «Ekologiya» yunoncha so"z bo’l ib
uning ma'nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit
bilan o'zaro munosabatini bildiradi. Populyatsiya, turlar, biosenozlar,
biogeosenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai
hisoblanadi. Shuning uchun ham umumiy ekologiya
4 bo'limga bo’lib o'rganiladi.
1. Aut-ekologiya «autos»- yunoncha so'z bo’lib «o'zi» degan ma'noni
bildiradi. Ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan munosabatlarini
turlarning qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganligini yoritadi.
2.
Populyatsion
ekologiya
«populyason»
-
fransuzcha so’z bo"lib, «aholi» degan ma’noni bildiradi. Popu lyatsiyalar
dinamikasi, ma'lum sharoitda turli organiznilar sonining o"zgarishi
biomassa dinamikasi sabablarini tekshiradi.
3.Sin ekologiya «sin» - yunoncha so'z bo’lib, uning ma'nosi
«birgalikda» demakdir. Biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim
o'simlik va hayvon turlarining o'zaro aloqalarini hamda ularning tashqi
muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o'rganadi.
4. Biosfera «bios»- hayot- «sfera»- shar so'zlaridan olingan bo’lib,
ekosistemalarni tadqiq qilishning rivojlanishi ushbu ta'limotni vujudga
keltirgan. Ushbu talimot asoschisi Vernadskiy V.I. hisoblanadi.
Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya'ni yer qobig'idagi mavjudotlar
tizimi biosfera deb ataladi.Hozirgi vaqtda ekologiyaning juda kcf p
tarmoqlari mavjud. Jumladan filologik ekologiya, bioximik ekologiya,
poliekologiya, landshaftlar ekologiyasi, qishloq xo'jaligi ekologiyasi,
ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi, koinot ekologiyasi kabi qator
tarmoqlar vujudga keladi.
Ekologiya ilmiy tadqiqot ishlarida bir qancha uslublardan
foydalanadi. Ularning keng tarqalgani quyidagilar: 1. Tasviriy, 2.
Taqqoslash, 3. Tajriba, 4. Modellashtirish. Tasviriy, taqqoslash va tajriba
uslublari deyarli barcha biologik fanlarda foydalaniladi. Ammo
modellashtirish yangi rivojlanayotgan uslublardan hisoblanadi. Fan
texnika sohasida ro'y bergan inqilobiy o'zgarishlar va sanoat va
transportning tez o'sishi, aholining ko’payib borishi, urbanizatsiya
xodisasi, shaharlarning kengaya borishi, shaharlar ta'sirining orta borishi,
qishloq xo'jaligida kimyolashtirishning kuchli ta'siri va boshqa hollar, bir
tomondan tabiiy resurslardan ko’proq foydalanishga olib kelsa, ikkinchi
tomondan atrof muhitga salbiy ta'sirlarini ortishiga olib keladi. Natijada
tabiiy resurslarning miqdori va sifatiga putur eta boshladi. Bunday
munosabatni bartaraf etish hozirgi kunda ekologiya oldiga qo'yilgan
birdan-bir dolzarb muammodir. Bu muhim masalani hal etishning amaliy
va ilmiy asosi - tabiatni muhofaza qilishdir.
TMQ
fani
tabiiy
resurslarning
antropogen
dinamikasi
qonuniyatlarini, ularning murakkab o'zaro aloqalarini o'rganadi. Bu
dinamikaning inson uchun ahamiyatini aniqlaydi, tabiiy boyliklardan
ratsional foydalanishni asoslab beradi. Hozirgi avlod va kelajak avlod
uchun muhim bo’lgan tabiiy resusrlarning miqdor va sifat xususiyatlarini -
saqlash va tiklash usullarini ishlab chiqarish lozim.
TMQ fani kompleks fan bo’lib, tabiiy fanlar ijtimoiy-iqtisodiy va
texnika fanlari negizida rivojlanadi. TMQ termini birinchi marta 1913
yilda TMQ ga bagishlangan 1-xalqaro s'ezddan song olimlar tomonidan
ishlatila boshlandi. Inson butun mehnat faoliyati davomida tabiat bagrida
yashab, unga ta'sir etadi. Va ozi uchun zarur bo’lgan barcha ne'matlarni,
oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurilish materiallari, energiya va mineral
ashyolar va hakozolarni o'z mehnat faoliyati natijasida tabiatdan foyda
oladi va sarflaydi. Masalan: dunyo bo'yicha hozirgi kunda har xil yoqil g'ilar
ishlatilishi tufayli 10,1 ralyard tonna sarflanadi. qishloq xo'jaligiga yaroqli
bo’lgan tuproqning 70 %, o'rmonlarning 50%, chuchuk daryo
suvlarining20%,
biologik
resurslarning
70%
kishilar
tomonidan
o'zlashtirilib foydalanilmoqda. Yer yuzida har yili 4 mlyard tonnadan ortiq
neft, gaz 2 mlyard tonnadan ortiq komir yoqilib, 20 mlyard tonna har xil
ma'danlar qazib olinadi. uning chang tozonlari, zaharli gazlar, tutun -
qurumlari atrofga chiqib uni ifloslantirmoqda. Bularning hammasi
insonning tabiatga ko’rsatgan ta'sirining natijasidir. Shunday ekan,
tabiatdan to’g
A
ri foydalanish, tabiat qonunlari bilan hisoblashish va unga
rioya qilish shartdir. Aks holda inson qator salbiy oqibatlarga duch keladi.
Bugungi kunda shunday oqibatlarga duch kelmoqdamiz ham. Masalan,
bundan 3000 yil ilgari yer sharidagi quriqlik yuzasi umumiy maydonining
47 % ni o'rmonlar tashkil qilgan edi. Insonning o'rmonlardan rejasiz
ravishda foydalanishi natijasida hozir uning miqdori 27% ga tushib qoldi.
Bu esa 2 mlyardga yaqin unumdor yerning Eroziyaga uchgashiga sabab
bo'ldi. Bu korsatgich butun quriqlik maydonining 15% ni tashkil qiladi.
O'zaro iqtisodiy yordam kengashi (O'lYOK) ning tabiatni muhofaza qilish
bo'yicha 1974 yil tasdiqlangan dasturiga binoan tabiiy resurslardan
oqilona foydalanishning quyidagi muammolari o'ta muhimdir.
Dostları ilə paylaş: |