1.
Atrof muhitni muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy tashkiliy
huquqiy va pedagogik tomoni.
2.
TMQ ning gigienik tomoni.
3.. Atmosferani zararli moddalar bilan ifloslanishdan saqlash.
4.. Suvni ifloslanishdan saqlash.
5. Maishiy- kommunal, sanoat, transport, qishloq xo'jalik chiqindilarini
va boshqalarni zararsizlantirish va tashlab yuborish masalasi.
6.
Yer
osti boyliklaridan oqilona foydalangan holda atrof-
muhitning musaffoligini buzmaslik
masalasi. 7. Ekosistema va
landshaftlarni muhofaza qilish masalasi.
8. Shahar va shahar atrofi zonasini rivojlantirishda va aholini
joylashtirishda
tabiat
muhofazasi
hamda
yon-atrof
muhitini
sog'lamlashtirish masalasi.
9. Shovqin suron va turli xil tebranishlarning oldini olish masalasi. Bundan
tashqari bir qancha muammolar dasturda o'z aksini topgan. Faqatgina
ularni izchillik bilan hal qilmoq darkordir. Ekologiya fan sifatida
biologiyaning sohalari fiziologiya, genetika, biofizikaga asoslanadi.
Shuningdek, biologiyadan tashqari fizika, ximiya, geologiya, geografiya,
matematika va boshqa fanlar bilan bog'langan. Ekologik tadqiqotlarning
samarali olib borilishi natijasida «Geografik ekologiya», «Kimyoviy
ekologiya», «matematik ekologiya» va boshqa tushunchalar joriy
qilindiki, ular ekologiyaning naqadar rivojlanayotganligidan dalolat
beradi. Hozirda inson o'z yashash doirasini keskin kengaytirgan, uning
qadami nafaqat yer tevarak atrofidagi bo'shliqlarga, balki uzoq fazo
bo'shliqlariga ham etib boradi. Bu holat butunlay yangi muammolarni
keltirib chiqaradiki, ular tibbiyot ekologiyasi bilan yaqindan bog'liq
bo’lgan antropo-ekologiyasini o'rganadi. Inson va mashinalarning o'zaro
munosabatlari to'g'risidagi fan Ergonomika nomini olgan va mehnat
muhofazasining bir qismi hisoblanadi. TMQ fanining ham boshqa fanlar
bilan o'zaro aloqadorligi mavjud. Hozirgi kunda TMQ ning ayrim
muammolari bilan geografik, biologik, tuproqshunoslik kabi qadimiy
fanlar,
shuningdek
ulardan
ajralib
chiqqan
biogeoximiya,
gidrobiologiya, geogigiena kabi yangi sohalar ham shug’ullanmoqda.
Ekologiya va TMQ fanlarining rivojlanish tarixi uzoq o'tmishga
borib taqaladi. Tirik organizmlar hayotining tashqi muhit bilan bog'liqligi
haqidagi fikr qadimdan malum bo’lgan. Antik davrda yashagan
faylusuflarning asarlarida hayvonlarning turli instiktlari, baliqlar va
qushlarning migratsiyalari, o’simliklarning tashqi qiyofasi, tuproq va iqlim
sharoitlari bilan bog'liqligi, tabiatni muhofaza qilish haqidagi malumotlar
keltiriladi. Jumladan O’zbekiston va markaziy Osiyoda ham Ekologiya va
TMQ bo'yicha olib borilgan ishlar o'zining uzoq tarixiga ega. Orta asrlarda
yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso Al-
Xorazmiy, Abu-nasr Farobiy, A.R.Beruniy, A.A.Ibn Sino va boshqa
allomalarimiz ushbu fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo'shishgan.
Muhammad Al-Xorazmiy 847 yilda «Kitob surat al-arz» degan asarlarini
yozgan. Unda dunyo okeanlari, quruqligi qitalar, qutblar, ekvatorlar,
gullar, tog'lar, daryolar va dengizlar, ko'llar, o'rmonlar, shuningdek
boshqa tabiiy resurslar yerning asosiy boyliklari haqida ma'lumotlar
keltirilgan. A.N. Farobiy ham tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan
shug'ullangan bo'lib uning «Kitob al-xajm va al- miqdor» , «Kitob al-
mabodi-insonie» insonning boshlanishi haqida kitob va boshqa asarlari
bunga dalil bo'la oladi. Farobiy tabiiy va inson qo'li bilan yaratilgan
narsalarni ajratgan. U tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratiladi, degan
xulosaga keladi. Tabiatga inson omilining ta'siri katta ekanligini, tabiiy va
sun'iy tanlash hamda tabiatga ko’rsatiladigan boshqa ta'sirlarni atroflicha
baholaydi. Abu Rayxon Beruniy (973-1048) koinotdagi hodisalarni
taraqqiyot qonunlari bilan tushuntirishga urinadi. U erdagi ba'zi
hodisalarni quyoshning ta'siri bilan izohlaydi. Uningcha, inson tabiat
qoidalariga rioya qilgan holda borliqni ilmiy ravishda to’g'ri o'rgana oladi.
Beruniy asarlarida o'simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari,
ularning tarqalishi va xo'jalikdagi ahamiyati haqida malumotlar topish
mumkin. Beruniyning ilmiy qarashlari asosan; Mineralogiya, qadimgi
avlodlardan qolgan yodgorliklar asarida ko’plab uchraydi.
Beruniyning «Saydana»nomli asarida 1116 tur dori darmonlarni
tavsiflagan, ularning 750 tasi turli o’simliklardan, 101 tasi hayvonlardan,
107 tasi minerallardan olinadi. Zaxiriddin Muhammad Bobur 1483-1530
ning g'azallari har kimga manzur. U faqat shoirgina bo'lmay, balki
podshoh, sarkarda, tarixchi, mashshoq, ovchi, bog'bon, sayyox va
tabiatshunos ham bo'lgan. «Boburnoma» Boburning eng yirik asari bo'lib,
asarda Boburning ko'rgan kechirganlari, yurgan joylarining iqlim
sharoitlari, tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari. hayvonot va o’simlik
olami tasvirlangan. Asar muhim atamalar va toponimik manbalarga boy.
Bobur o'z asarlarida xar bir hududni ma'lum bir tartibda lasvirlaydi.
Avvalo joyning geografik o'rni, so'ngra qaysi iqlimga mansubligi, har xil
shifobaxsh joylari. o'simliklari, hayvonlari, jumladan o’zbek xalqi
qadimdan ekologik madaniyat merosiga ega ekan.
Ekologiya fanini rovojlantirish, tabiatni muhofaza qilishga doir amalga
oshirilayotgan ishlar hozirgi kunda ham davom etayapti. (Tzbekistonda
Fanlar Akademiyasi qoshida ish olib borgan botanika, zoologiya va
parazitologiya institutlari olimlari o'simliklar va hayvonlar ekologiyasiga
bag'ishlangan ishlarni olib bormoqdalar. O’zbekistonda ekologik
yo'nalishdagi ishlarning asoschilari D.N.Qashqarov va E.P.Korovinlar
hisoblanadilar. Ular ekologik-ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ekolog
mutaxassislar tayyorlash masalasini o'rtaga tashlaydilar va uning
nihoyatda
zarur
ekanligini
ta'kidlaganlar.
(Tzbekiston
Fanining
akademiklari T.Z.Zoxidov, A.M.Muhammadiev muxbir a'zolaridan
V.V.Yaxontov, M.A.Sultonov, R.O.Olimjonov kabilar O'zbekistonda
hayvonlarni o'rganish va ekologiya faniga hissa qo'shgan bo'lsalar
E.P.Korovin, I.I.Granitov, V.A.Burigin, O.X. Xasanov kabi olimlar
O’zbekiston o’simliklarini o'rgandilar va ekologiya fanini rivojlantirdilar.
Insonda tevarak atrofdagi muhitni saqlashga bo’lgan extiyoj qadim
zamonlarda vujudga kelgan. Shuning uchun ham TMQ tarixi insoniyat
tarixining ilk davrlariga to"g'ri keladi. Masalan: Foydali hayvonlarni
ko’plab qirib yuborish ko’pgina xalqlarda o'lim jazosiga sabab bo'lgan, bu
esa TMQ tarixining boshlanishi edi. Qimmatli hayvonlar ov qilinadigan va
eyishga yaroqli hayvonlar, yovvoyi hayvonlar, o'simliklar o'sadigan joylar
muqaddas deb e'lon qilinib, bu yerda ov qilish va o’simliklarni terish ma'n
etilgan. Quldorlik jamiyatida o'rmon va daraxtlarni ko'riqlash haqida
qonunlar vujudga kela boshlagan. Qadimgi Misrda uy hayvonlarini
o'ldirish zararli va gunoh hisoblanadi. Ma'n etilgan joylarda baliq tutish,
tangri yerlari ya'ni ko’riqxonalardan hayvonlarni haydab ketish ham
gunoh hisoblan- gan. Feodalizm davrida tabiatni muhofaza qilish konkret
shakl oladi. O'z yerlarida ov hayvonlari va boshqa hayvonlarni saqlashdan
manfaatdor feodallar ularni qo'riqlash uchun qonunlar chiqara boshladi.
qonunni buzgan kishi jazolanar edi. Bundan ming yilcha oldin Buxoro
yaqinida Shoisabad ko’rikxonasi barpo etilganligi, atrof devor bilan
uralgan, ko'riq ichida bug'u, kiyik, tulki, ayiq kabi yovvoyi hayvonlar
yashaganligi haqida tarixchi Narshaxiy yozib qoldirgan.
Hozirgi kunga kelib ham TMQ borasida bir qancha ishlar amalga
oshirilmoqda, jumladan: TMQ xalqaro tashkilotlarining tuzulganligi,
ko’plab qoriqxona, buyurtmaxonalarining tashkil etilganligi TMQ bo’yicha
qator qonunlarning joriy etilishi fikrimizningyaqqol dalidir.
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar:
1. Ekologiya fani qachon vujudga kelgan va nimani o ’rganadi?
2. ekologiyaning rivojlanishini qanday bosqicjlarga bo ’ lish mumin?
3. ekologiya fani ilmiy tadqiqot ishlarida qanday uslublardan
foydalanadi?
4. O’zbekistonda ekologik bilimlarning asoschilari kimlar?
Dostları ilə paylaş: |