MAVZU: EKONOMETRIK MODELLASHTIRISHDA QO’LLANILADIGAN AMALIY DASTURLAR PAKETLARINING XUSUSSIYATLARI. REJA: 1. Ekonometrikaga kirish. 2. Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi. 3.Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o‘zgaruvchilar. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ekonometrikaga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Ekonometrik bilimlar iqtisodiy nazariya, iqtisodiy matematika, iqtisodiy statistika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kabi fanlarning o‘zaro bog‘liqligi va rivojlanishining natijasi sifatida ajralib chiqkan va shakllangan.
Ekonometrika o‘zining predmeti, maqsadi va tadqiqot masalalarini shakllantiradi. Shu bilan birga ekonometrikaning mazmuni, uning tarkibi va qo‘llanilish sohasi yuqorida keltirilgan fanlar bilan doimo aloqada bo‘ladi.
Ekonometrikaning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasi quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
Ekonometrika
Boshqa fanlar
Iqtisodiy hodisalar miqdoriy xarakteristikalar nuqtai nazaridan o‘rganiladi.
Iqtisodiy qonunlarning amaldagi jarayonlarga mos kelishi tekshiriladi.
Iqtisodiy nazariya. Iqtisodiy hodisalarning sifat jihatlari o‘rganiladi.
Matematik iqtisodiyot. Iqtisodiy qonunlarning ifodasi matematik modellar shaklida olinadi.
Iqtisodiy statistikaning instrumentariylari iqtisodiy o‘zaro aloqalarni tahlil qilish va bashorat qilish uchun qo‘llaniladi.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarning katta qismi tasodifiy xarakterga ega bo‘lganligi uchun matematik statistikaning apparatidan foydalaniladi.
Iqtisodiy statistika. Iqtisodiy ma’lumotlar ko‘rgazmali shaklda namoyish etish uchun to‘planadi va qayta ishlanadi
Matematik statistika. Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib, ma’lumotlarni tahlil qilish usullari ishlab chiqiladi.
EKONOMETRIKAning predmeti – bu iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning o‘zaro bog‘liqligini miqdoriy ifodalanishni o‘rganish hisoblanadi.
Iqtisodchilar “EKONOMETRIKA” terminidan P. S’empa (1910), Y.SHumpeter (1923), R.Frish (1930) larning tadqiqotlari natijasida qo‘llay boshladilar.
Ushbu termin ikkita so‘z “EKONOMIKA” va “METRIKA” larning birlashishidan hosil bo‘lgan. Grek tilidan tarjima qilganda OIKONOMOS (ekonomist) – bu uy boshqaruvchisi, METRIKA (metrihe, metron) – o‘lchov ma’nolarini bildiradi.