munosabatni hosil qilamiz. Qarshilikka teskari bo’lgan kattalik o’tkazuvchanlik deb ataladi. Hosil qilingan formulani bunday o’qish kerak: parallel tarmoqlanishdagi o’tkazuvchanlik uning tarmoqlaridagi o’tkazuvchanliklarning yig’indisiga teng.
4. Voltmetrning qarshiligi qanday bo’lishi kerak? Voltmetr zanjirning ma’lum’qismidagi kuchlanishni o’lchash uchun mo’ljallangan. U zanjirning shu qismiga parallel ulanadi. Uning ulanishi zanjirdagi tok kuchini sezilarli o’zgartirmasligi kerak. Shuning uchun voltmetrning qarshiligi kata bo‘lishi kerak. Aks holda, undan o’tayotgan tok parallel tarmoqlanishdagi umumiy tok kuchini orttiradi.