2.Tok kuchi. Tokning tabiatidan kat`i nazar uni harakterlovchi asosiy kattaliklardan biri tok kuchidir:
Tokning kuchi deb, o`tkazgichning ko`ndalang kesim yuzidan vaqt birligi ichida o`tgan elektr zaryadiga miqdor jihatdan teng bo`lgan fizik kattalikka aytiladi, yani:
Bunda I –tokning kuchi, q –elektr zaryadi, t – elektr zaryadi o`tishi uchun ketgan vaqt.
Tok kuchi elektr zaryadi kabi skalyar kattalikdir. SI da tok kuchi amper (A) hisobida o`lchanadi. Tok kuchi ampermetr bilan o`lchanadi. Ampermetr zanjirning ko`ndalang kesimi yuzidan o`tayotgan tokning kuchi yo`gonroq joyidagiga qaraganda katta bo`ladi. Shuning uchun ham, tok kuchidan tashqari tok kuchining zichligi deb ataluvchi fizik kattalik tushunchasi kiritiladi va i ("yot") harfi bilan belgilanadi.
Tok kuchining zichligi deb, o`tkazhgichning bir birlik ko`ndalang kesimi yuzidan o`tgan tokning kuchiga miqdor jihatdan teng bo`lgan fizik kattalikka aytiladi, yani:
(91)
Bundagi tok kuchining o`rniga (92) dagi ifodasi qo`yilsa:
Bu formulaga asosan tok kuchining zichligini, yana quyidagicha tariflash mumkin:
Tok kuchining zichligi deb, o`tkazgichning bir birlik ko`ndalang kesim yuzidan vaqt birligi ichida o`tgan zaryadga miqdor jihatdan teng bo`lgan fizik kattalikka aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |