3.Zanjirning bir qismi uchun om qonuni. O`tkazgich bo`ylab zaryadlarning harakatlanishi uchun o`tkazgich uchlarida potensiallar ayirmasining bo`lishi, boshqacha qilib aytganda, o`tkazgich ichida maydon bo`lishi shart. O`tkazgich uchlaridagi potensiallar ayirmasi elektrostatikadan farqli ravishda kuchlanish deyiladi va U (lotincha "u") harfi bilan belgilanadi.
Zaryadlarning o`tkazgich bo`lib ko`chishida o`tkazgichdagi elektr maydon kuchlari ish bajaradi.
O`tkazgich uchlaridagi potensiallar ayirmasi yoki kuchlanish deb, bir birlik musbat zarjadni utkazgich builab kuchirishda utkazgichdagi elektr maydon kuchining bajargan ishiga miqdor jihatdan teng bo`lgan fizik kattalikka aytiladi, yani:
Demak, berilgan o`tkazgich uchlaridagi kuchlanish bilan o`tkazgichdagi elektr toki kuchi orasida boglanish mavjud bo`lishi kerak. Elektr toki vositasida bu boglanishni aniqlash uchun turli tajribalar o`tkazilgan. Qutblaridagi kuchlanishni asta–sekin o`zgartirsa bo`ladigan tok manbaiga o`tkazgich ulansa, undan o`tayiotgan elektr tokining kuchi o`tkazgich uchlariga q`oyiilgan kuchlanishga to`gri proporsional bular ekan
Bu boglanishni tajriba asosida birinchi bo`lib, 1826 yilda nemis fizigi G.Om (1784–1854) aniqlagan.
Tok kuchining formulasi dagi proporsionallik koeffisienti bo`lib, unga o`tkazgichning qancha katta bo`lsa, berilgan kuchlanishda o`tkazgichdan shuncha katta tok o`tadi.
SI da o`tkazuvchanlik birligi qilib simens (Sm) qabul qilingan.
Dostları ilə paylaş: |