2-mavzu:Kompyuter tizimlari. Kompyuter tizimlarining texnik, dasturiy, lingvistik ta'minoti va ularni ishlash texnologiyalari.
Reja:
Elektron hujjatlar (matnlar) va ular bilan ishlash texnologiyalari.
Elektron jadvallar va ular bilan ishlash texnologiyalari.
Elektron hujjatlar (matnlar) va ular bilan ishlash texnologiyalari.
Elektron hujjat O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi 2004 yil 29 a’reldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi: Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish (tanib olish) imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga (ma’lumotlarga) ega bo‘lgan axborot elektron hujjatdir. Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi. Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
Elektron xujjatni yaratish uning matnini maxsus kom’yuter dasturlari yordamida tayyorlashdan boshlanadi. Bunday dasturlar muxarrir dasturlar deb ataladi.
Muxarrir dasturlarni shartli ravishda 2 turga ajratish mumkin: bevosita ASCII (American Standart Code of Unformation Interchange) koddagi matnlar bilan ishlovchi dasturlar;maxsus amaliy dasturlar.
ASCII koddagi matnlar standart universal matnlar bo’lib, ularni ko’rish va o’qish uchun maxsus dasturlar talab qilinmaydi. Ularni xattoki, oddiy DOS ekranida ham o’qish mumkin. Hozirgi kunda bunday matnlar asosan elektron ‘o’chta orqali oddiy habar ko’rinishda yuborishda foydalaniladi.
ASCII koddagi matnlar bilan ishlovchi dasturlarga Notepad, Akelpad, Bloknot, Wordpad kabi dasturlarni kiritish mumkin. Ulardan bazilarining foydalanuvchi interfeysi quyidagi rasmlarda keltirilgan bo’lib, matn jujjatlarini tayyorlash uchun klaviatura tugmalari vazifalarini bilish kifoya.
Elektron xujjatlarni tayyorlashning maxsus amaliy dasturlari matn kiritish, ularni formatlash, bloklar bilan ishlash, formulalar, turli ob’yektlar qo’yish va formatlash kabi ishlarni amalga oshirishga mo’ljallangan bo’lib, ular xujjatlarni kom’yutar xotirasida o’zlarining maxsus formatida saqlaydilar. Tarmoq orqali dunyoning narigi chekkasi ga yuborilgan bunday xujjatlarni ko’rish va o’qish uchun u yerda ham ushbu xujjatni tayyorlagan maxsus dastur bo’lishi kerak. Buday dasturlar qatoriga Microsoft Word dasturini kiritish munkin (quyidagi rasmda Microsoft Word 2010 dasturining foydalanuvchi interfeysi keltirilgan).
Odatda bir dasturda tayyorlangan xujjatni boshqa dastur formatiga o’tkazish zarurati tug’ilib qoladi. Masalan, Microsoft Word dasturida tayyorlangan “doc” formatli xujjatni “PDF (‘portable Document File)” formatli xujjatga aylantirish zarurati bor deylik. Microsoft Word 2010 bu ishni amalga oshirishning ichki imkoniyatiga ega. Bu ish asosiy menyuning “Export” bo’limi orqali amalga oshiriladi.
Boshqa hollarda bunday ishlarni amalga oshiruvch maxsus dasturlardan foydalaniladi. Bunday dasturlar “Konvertorlar” deb ataladi. Unga “Universal Document Converter”ni misol qilish mumkin.
Ko’pincha, masalan, matematik formulali xujjatlarni elektorn ‘ochta orqali yuborishga to’g’ri keladi. Bunday ‘aytlarda Tex, Latex, Equation singari maxsus amaliy dasturlardan foydalanish mumkin. Bu dasturlar oddiy ASCII simvollar orqali maxsus komandalar (dasturlash tillari o’eratorlari, HTML teglari kabi) bilan yozildan matnlarni formatlatgan matn, formula va ob’yektlarga translyatsiya qilish imkoniyatiga ega. Masalan, Latex tizimi “$$\int_{a}^{b}{f(x)dx}$$” ASCII matnni translyatsiya qilib, formulaga aylantira oladi.
Dostları ilə paylaş: |