7- mavzu. Elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari
Reja:
Elektron jadvallar to’g’risidagi asosiy tushunchalar. MS Excel dasturinining imkoniyatlari.
Qator yoki ustunlar kengligini o’zgartirish. Kataklami belgilash. Joriy yoki belgilangan katak formatini o’zgartirish.
Matn kiritish va tahrir qilish. Ma’lumotlami diagramma ko’rinishida taqdim etish.
MS Excel elektron jadvalida kataklarga formulalar kiritish. MS Excelning standart funktsiyalaridan foydalanish.
Microsoft Excel dasturi haqida umumiy ma’lumotlar MS Excel 2013 dasturi asosan hisob-kitobga oid masalalarni yechishga mo‘ljallangan bo‘lsada, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo‘yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga ham katta yordam beradi. Shuning uchun Excel dasturini o‘rganish muxim ahamiyat kasb etadi va xar bir foydalanuvchidan Excel bilan ishlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish talab etiladi. Inson o‘z ish faoliyati davomida ko‘pincha biror kerakli ma’lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba’zida esa, murakkab bo‘lgan ishlarini bajarishga majbur bo‘ladi. Microsoft Excel dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish va qiziqarli qilish maqsadida ishlab chiqilgandir.
Excel elektron jadvalining asosiy elementlari Microsoft Excel 2013 dasturidagi barcha ma’lumotlar jadval ko‘rinishida namoyon bo‘lib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma’lum qismiga boshlang‘ich va birlamchi ma’lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa xar xil arifmetik amallar va boshlang‘ich ma’lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo‘lgan axborotlardir.
Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma’lumotlarni kiritish mumkin:
— matnli;
— sonli ifodalar;
— formulalar.
Matnli ma’lumotlar sarlavha, belgi, izohlarni o‘z ichiga oladi.
Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.
Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar bo‘yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir.
Formulalar xar doim «=» belgisini qo‘yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo‘ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o‘zgartirilsa, Excel avtomatik ravishda yangi ma’lumotlar bo’yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi.
MS Excel 2013 dasturining asosiy ishlov berish ob`yekti hujjatlar (Dokumentlar) hisoblanadi. MS Excel 2013 dasturi hujjatlari (Dokumentlari) ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmasiga ega bo‘lgan fayllardir. MS Excel 2013 dasturida bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Har bir ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» deb ataladi. Har bir ishchi varaq o‘z nomiga ega bo‘ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun Microsoft Excel dasturini ishga tushirish zarur. Excel 2013 dasturida ishchi kitobning tarkibiy elementlaridan biri ishchi varaq, ya’ni elektron jadval hisoblanadi.
Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir.
Yacheyka — bu jadvaldagi manzili ko‘rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oralig‘ida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil bo‘lgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini ko‘rsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va o‘ng quyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan -A1:A4