Mavzu: Emotsionallikning inson hayot faoliyatigi ta’siri
Emotsiya (frans. lot. — larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) — odam va hayvonlarning tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan subʼyektiv reaksiyalari.
Emotsiya qoniqish yoki qoniqmaslik, quvonch, qoʻrquv va boshqalar shakllarda namoyon boʻladi. Emotsiya ixtisoslashgan miya tuzilmalarining faol holatidan iborat boʻlib, odam va hayvonlarda bu holatni minimal yoki maksimallashtirish (kuchaytirish, takrorlash) istagini paydo qiladi.
Emotsiya xususiyati zarur ehtiyoj va uni qoniqtirish imkoniyati bilan belgilanadi. Ehtiyojni qoniqtirish ehtimoli kam boʻlganida Emotsiya salbiy (qoʻrquv, gʻazab) shaklda namoyon boʻladi. Aksincha uni qondirish ehtimoli kutilganiga nisbatan yuqori boʻlganida Emotsiyaga ijobiy tus (qoniqish, quvonch) beradi. Miyaning turli qismlariga elektr toki taʼsir ettirish orqali dastlab hayvonlarda, keyinchalik odamlarda salbiy va ijobiy Emotsiya paydo qiladigan nerv markazlari aniqlanadi.

Bu markazlar, asosan, bosh miya poʻstlogʻining oldingi qismida, limbik sistemasi (uzunchoq miya, oraliq miya, oʻrta miyaning bir qancha tuzilmalari majmui)da, markaziy kulrang moddada va gipotalamusda joylashgan. Emotsiya oʻrganish, hosil boʻlgan shartli reflekslarni mustahkamlash jarayonida benihoya katta ahamiyatga ega. Emotsiya bilimlarni oʻzlashtirish (zehn) chegaraskni kengaytiradi; xotirani faollashtiradi, odam va hayvonlar kommunikatsiyasida qoʻshimcha vosita (mimika, nutq yoki tovush intonatsiyasi va boshqalar) boʻladi.