Viruslar tabiatda keng tarqalgan bo'lib, o'simliklar, hayvonlarda va odamda kasallik keltirib chiqaradi. Ular hujayrasiz bo'ladi, faqat tirik organizmlar hujayrasida ko'payadi



Yüklə 8,15 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü8,15 Kb.
#202284
O`simliklarda virusli kasallik


Viruslar tabiatda keng tarqalgan bo'lib, o'simliklar, hayvonlarda va odamda kasallik keltirib chiqaradi. Ular hujayrasiz bo'ladi, faqat tirik organizmlar hujayrasida ko'payadi. O'simliklarda parazitlik bilan hayot kechiruvchi viruslar 600 dan ortiq bo'lib, ko'pchilik dukkakli, g'alladon, mevali, sabzavot, rezavor ekinlarda kasallik keltirib chiqaradi. Virus kasalliklaridan ltuzumdoshlar oilasiga man sub o'simliklar - kartoshka, pomidor, tamaki ko'p zarar ko'radi. Bu kasalliklami dastlab 1892-yilda D. I. Ivanovskiy kashf qilgan. U viruslar o'lchami juda maydaligini, tez ko'payishi va tez tarqalishini aniqlagan.
Keyinchalik gollandiyalik mikrobiolog M. Bayrinbak (1898-y.) tamaki mozaikasini o'rganib, filtrdan o'tuvchi - zahar - virusni aniqladi. 1852-yilda germaniyalik olimlar hayvonlarda oqsil kasalligini keltirib chiqaruvchi viruslami aniqlag~mlar Olimlar 1906-yilga kelib 29 ta turdagi o'simliklarda virus kasalliklari mavjudligini aniqlaganlar. Amerikalik bioximik, virusolog U. Stenli (1935) tamaki mozaikasini qo'zg'atuvchi virusni kristall holda ajratib olgan. Ingliz olimlari F. Bouden va N. Piri (1937) bu viruslaming tarkibi 95% oqsil, 5% nuklein kislotadan tashkil topganligini aniqlaganlar.
Fitovirusologiya fanining rivojlanishida olimlardan A.A. Yachevskiy, V. L. Rijkov, M. S. Dudin, I. K.Atabekov, Y. I. Vlasov, A. Vahobov, 1. Yo'ldoshovlaming xizmati katta.
Viruslaming kelib chiqishi masalasi fanda turli qarashlami vujudga keltiradi. Bunga asosiy sabab, viruslami o'rganish usullarining juda qiyinligidir. T.1. Tixonenko (1971) fikricha, viruslar hayotning hujayrasiz shakli bo'lib, begona hujayra tarkibida tabiiy sharoitda ko'payish xossasiga egadir.
Fitopatogen virus laming shakli turlicha. Bodring va tamaki mozaikasi tayoqchasimon, kartoshkaning x - virusi, piyozning, qandlavlagining sariq virusi ipsimon, pomidorning bronzasimon, olchaning halqali dog'lanish, tokning kalta bo'g'imlilikni keltirib chiqaruvchi viruslari ko'p qirrali, bug'doyning chiziqli va kartoshkaning pakana bo'ylilik kasalligini qo'zg'atuvchi viruslar batsilla shaklida bo'ladi (17-rasm).

Viruslaming tuzilishi, shakliga va rivojlanishiga bog'liq ravishda o'lchami o'zgarib turadi. Hujayrada rivojlanish bosqichini to'liq o'tgan viruslar quyidagi o'lchamda bo'ladi. Tamaki mozaikasi virionlari 300x15 nm, bodringning yashil virusi 28Ox16 nm, kartoshkaning x - virusi 520x 1 0 nm, lavlagi mozaikasi 730x60 nm ni tashkil qiladi.
Viruslaming kimyoviy tarkibida oqsil, nuklein kislota ko'p uchraydi. Ular tarkibida DNK va RNK molekulalari alohida uchraydi. Nuklein kislotalar virus zarrachalarining markazida joylashib spiral hosil qiladi. Uning atrofida oqsil molekulalari bir zanjirli va qo'sh zanjirli bo'lib joylashadi.
Viruslar kasallangan o'simliklar hujayrasidagi oqsil va nuklein kislotalar hisobiga o'ziga o'xshash zarrachalami hosil qiladi. O'simliklar hujayrasiga tushgan viruslar oqsilli po'stloqdan ajralib, hujayradagi ferment faoliyatini boshqaradi. Natijada virusning o'ziga o'xshash nuklein kislotaning hosil bo'lishidan yangi virus zarrachalari vujudga keladi. Ular bir hujayradan ikkinchi hujayraga plazmolemma orqali o'tib, hujayrada moddalar almashinuvi jarayonining buzilishiga sabab bo'ladi va yangi molekulali oqsil hamda nuklein kislotalar hosil qiladi. O'simliklar poyasida viruslar harakati ftoema orqali yuqoridan pastga qarab amalga oshadi.
Viruslar o'simlikdan-o'simlikka turli yo'l bilan tarqaladi: hasharotlar vositasida; sog'lom va kasallangan o'simliklaming bir-biriga tegishi natijasida; payvandlash davrida yuqish; urug' va chang orqali. Ko'pgina fitopatogen viruslar sanchib so'ruvchi hasharotlar: shira, oqqanot, burga, trips, sikadalar, kanalar vositasida kasallangan o'simliklardan sog'lom o'simliklarga tarqaladi. Ayniqsa, shaftoli shirasi (Myzodes persicae) ko'pchilik o'simliklaming virus kasalligini tarqatuvchi hisoblanadi. Virus kasalliklarining sog'lom o'simliklarga o'tishi bir necha minutdan (0,5-2 min) bir necha soatgacha davom etishi murnkin. Bodring virusi, kartoshkaning y - virusi, qandlavlagi, olma, qulupnay, maymunjonning mozaika kasalligi viruslari qisqa muddatda sog'lom o'simliklarga o'tishi murnkin. Pomidoming bronzasimon virusi, qovoq mozaikasi, qandlavlagi bargining buralish kasalliklari bir necha kundan keyin namoyon bo'ladi. Virus laming tarqalishida tuproqdagi nematodalar, tuproq zamburug'lari ham ahamiyatga ega. Nematodalar vositasida malinaning halqali chirish,- salatning virus Ii mozaikasi! mevali daraxtlar va bug'doyning targ'il mozaikasi kasalliklari tarqaladi. Salat bargining virusi, bodring, tamaki nekrozini keltirib chiqaruvchi viruslar Olpidium brassicae, bug'doy viruslari Polymyza zamburug'i vositasida tarqaladi. O'simliklaming bir-biriga tegishi natijasida tamaki mozaikasi, kartoshkaning x-virusi, bodringning 2-virusi kasallangan 0' simlikdan sog'lom 0' simlikka uning zararlangan ildizidan, bargidan yuqishi mumkin. Ba 'zi viruslar chekanka, pikirovka jarayonida sog'lom o'simliklarga yuqadi va ulami kasallantiradi. Vegetativ usulda ko'payadigan o'simliklaming tugunagi, ildizmevasi, tanoplari viruslar tarqalishiga keng imkoniyat beradi. Payvandtag va payvandust ham viruslar tarqalishida asosiy vosita hisoblanadi.
Yüklə 8,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin