Pomidor kuyasi



Yüklə 10,98 Kb.
səhifə1/3
tarix14.12.2023
ölçüsü10,98 Kb.
#178054
  1   2   3

POMIDOR KUYASI
Zarari: Pomidorning eng xavfli zararkunandasi asosan pomidorning bargi, mevasi, o‘suv nuqtalari, ildiz bo‘g‘izlari bilan oziqlanib, zarar yetkazadi. Zararlangan mevalar o‘suv davrida chirib ketadi.
Kurash choralari: Dala sharoitida ituzumguldoshlar oilasiga mansub begona o‘tlarni yo‘qotish, zararlangan o‘simlik qismlarini yo‘q qilish, biologik usulda yirtqich qandalalar, entomopatogen bakteriyali preparatlar va maxsus insektitsidlarni qo‘llash tavsiya etiladi.

Rossiya milliy diyetolog va nutritsiologlar assotsiatsiyasi aʼzosi diyetolog Natalya Kruglova pomidorning immunitetni ragʻbatlantiruvchi oʻziga xos xususiyatlari haqida maʼlumot berdi.


Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, pomidor immunitetni ragʻbatlantiruvchi va oʻsmalarga qarshi likopen antioksidanti manbai hisoblanadi. U inson organizmini yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga, shuningdek, saratonga olib kelishi mumkin boʻlgan moddalardan himoya qiladi.
«Pomidorda S vitamini va A provitamini* mavjud boʻlib, u teri, sochlar va tirnoqlar ham koʻrish koʻrish qobiliyati uchun muhimdir», deydi Kruglova. 
Mutaxassisning qoʻshimcha qilishicha, pomidor pishirilgandan keyin likopenni yaxshi saqlab qoladi, va hatto, uning pastasida ham yangi sabzavotlarga qaraganda koʻproq ushbu antioksidant boʻladi.
Pomidor past kaloriyali oziq-ovqat boʻlgani uchun uni ortiqcha vaznli va 2-toifa diabetga chalingan odamlarning ratsioniga ham kiritilishi mumkin
Qovunning foydali tomonlari
Qovunni ilk marotaba eramizdan avval 2 000 oldin qadimgi Misrda yetishtirishgan. O'sha vaqtlardayoq insonlarga qovunning quyidagi foydali xususiyatlari ma'lum bo'lgan:
qovun o'zida ko'pgina vitamin va antioksidantlarni saqlaydi;
antioksidantlar ko'z va terini quyoshning zararli ta'sirlaridan saqlaydi;
qovun qon tarkibini yaxshilaydi;
qovunni ateroskleroz va yurak-tomir kasalliklarida iste'mol qilish yaxshi samara beradi;
qovun kayfiyatni ko'taradi;
kremniyni saqlashi sabab ham soch va teri holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi;
OIT faoliyatini yaxshilaydi;
buyraklar faoliyatini yaxshilaydi.
Qovun S vitaminiga boy poliz mahsuloti. 100 gramm qovun tarkibida S vitaminining kundalik 20-30 foiz iste’mol me’yori mavjud. Mazkur vitamin teri hujayralari va butun tana holati me’yorini ta’minlab, jarohatlarning tez bitishida ahamiyatli, shuningdek, suyak hamda tish mustahkamligini ta’minlaydi. Qovun tarkibidagi A vitamini ham suyaklar, tishlar va teri salomatligiga o‘ta zarur modda bo‘lib, shuningdek, tanadagi shilliq qavat (ko‘z soqqasi, tomoq, burun shilliq qavati)larga beqiyos malham modda sifatida qadrlidir. Mazkur vitamin ko‘z soqqasi shilliq pardalarini tashqi ta’sirlardan asraydi. Ko‘z ko‘rish qobiliyatini oshiradi. Vitamin A immun tizimini mustahkamlaydi. Mutaxassislarning fikricha, qovunning ba’zi navlari V guruhiga mansub vitaminlarga boy bo‘lib, ular organizmdagi qand va uglevodlarni ishlab chiqarish jarayonida faol ishtirok etadi. Bu jarayon esa o‘z navbatida, tana quvvatini oshiradi.
TARVUZ nafaqat chanqoqbosdi poliz ekini, balki salomatlik uchun o‘ta shifobaxsh bo‘lgan darmondori hamdir. Ayniqsa, tarvuzning qip-qizil mag‘zi ko‘pgina foydali xususiyatlarga ega. Demak, bugun sizga tarvuzning ana shu xususiyatlari haqida ma’lumot bermoqchimiz. ShARBATI BO‘G‘IMLARDAGI OG‘RIQNI QOLDIRADI Tarvuz aminokislotalar oilasiga kiruvchi, bo‘g‘imlardagi og‘riqni qoldiruvchi L-sitrullin moddasiga boyligi bilan boshqa poliz ekinlaridan ajralib turadi. Xuddi ana shu sabab tarvuz sportchilar uchun ham foydali. Agar siz jismoniy chiniqishni maqsad qilib, sport bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsangiz, bo‘g‘imlaringizda achchiq og‘riqlar kuzatilishi tabiiy. Ana shu og‘riqni qoldirish uchun esa mashg‘ulotlardan oldin bir piyola tarvuz sharbatini iching. Bu ham og‘riqni qoldiradi, ham chanqoqni bosadi.

Yüklə 10,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin