Pomidor kuyasi


KO‘Z VA MIYa UChUN FOYDALI



Yüklə 10,98 Kb.
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü10,98 Kb.
#178054
1   2   3
KO‘Z VA MIYa UChUN FOYDALI Tarvuz iste’mol qilish ko‘rish va aqliy qobiliyatni yaxshilaydi. Olimlar o‘tkazgan tadqiqotlari natijasida shunday xulosaga kelishdi. Bu tadqiqotlar tarvuzning mag‘zi A va V6 vitaminlariga boyligini ko‘rsatdi. A vitamini ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, V6 vitamini esa xotirani mustahkamlab, fikrlash qobiliyati tezligini oshiradi. Tarvuz organizmni ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi. Shuningdek, tarvuzdagi likopin deb ataluvchi modda kuchli antioksidant xossalarga ega bo‘lganidan quyosh nurlarining insonga ayovsiz salbiy ta’siriga qarshilik ko‘rsata oladi.
Turp sharbatining qo‘llanilishi
Sharbati ichak yo‘llari faoliyatining to‘g‘ri yuritilishiga, sochlarni mustahkamlashga isteʼmol qilinadi. Bu sabzavot kishining ovqat hazm qilish tizimiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Uning isteʼmoli aterosklerozning, shishlarning, o‘t pufagi va peshob yo‘llarida tosh paydo bo‘lishining oldini olishda yaxshi foyda beradi.
Xalq tabobatida qirg‘ichdan chiqarilgan turpdan radikulitni davolashda foydalaniladi.
Qirg‘ichdan o‘tkazilgan xom turp va uning sharbati ishtaha ochuvchi, o‘t pufagini bo‘shatuvchi eng yaxshi vosita va organizmdagi ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuboruvchi tabiiy dori sifatida tavsiya etiladi.
Oshqozon-ichakka foydasi
Turp o‘t paydo bo‘lishini ko‘paytiradi, ovqat hazm qilish bezlari faoliyatini yaxshilaydi, ichaklar peristaltikasi (oshqozon va ichaklarning to‘lqinsimon kerilish yoki siqilish harakati)ni yaxshilaydi, antisklerotik xususiyatga ega. Uning bu xususiyatlari ishtahani ochishda, ichaklar atoniyasi (mushak va to‘qimalar faoliyati tonusining pasayishi)ni davolashda, qabziyatda, xoletsistitda va o‘t pufagida paydo bo‘lgan tosh kasalliklarini davolash jarayonida foyda beradi.
⚫ Sholg‘omdan universal dori tayyorlash uchun 2 osh qoshiq maydalangan sholg‘om ustiga 1 stakan qaynoq suv solib, 15 daqiqa davomida qaynatiladi. Undan har kuni chorak stakandan ichib turiladi. Bunday qaynatmaning 1 stakani uyqu oldidan iste’mol qilinsa, tinchlantiruvchi dori vazifasini o‘taydi. U bilan og‘iz g‘arg‘ara qilinsa, tomoq va tish og‘rig‘idan xalos bo‘lish mumkin.
holg‘omning bargi peshob haydash xususiyatiga ega. Buning uchun sholg‘omning 10 gramm bargi 100 gramm suvda damlanadi.
Sholg’om tarixi
Sholg’om qadimdan oziq-ovqat sifatida ishlatilgan va yetishtirilgan. Misr, Yunoniston va Rimda bu sabzavot to’yimli oziq-ovqat deb hisoblanib, qullarni ovaqtlantirish uchun ishlatilgan. Sholg’om uzoq vaqt davomida oddiy kishilarning taomi hisoblanib kelgan, ammo o’rta asrlarning dastlabki yillaridan boshlab pishirilgan ildizmeva tansiq taom hisoblana boshlagan.
Yevropadan Osiyo mintaqasiga kartoshkaning kirib kelishi ushbu sabzavotni asta-sekin taomnomadan chiqarib tashlay boshladi. XX asrga kelib, u yana oddiy kishilar iste’mol qiladigan mahsulotga aylanib qoldi. Biroq bugungi kunda dietologlarning sholg’omning foydali xususiyatlarini keng targ’ib qilishi tufayli u yana aholining keng qatlami ratsionida o’z o’rniga ega bo’lib bormoqda.

Yüklə 10,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin