Reja: Empirik bilish xususiyatlari


Nazariy bilim darajasi va uning shakllari



Yüklə 24,54 Kb.
səhifə3/5
tarix14.12.2023
ölçüsü24,54 Kb.
#177266
1   2   3   4   5
8-Mavzu Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv

Nazariy bilim darajasi va uning shakllari. Ilmiy dalillar nazariyaga nisbatan ham ikki xil vazifani bajaradi: mavjud nazariyaga nisbatan ilmiy dalil yo uni mustahkamlaydi (verifikatsiya qiladi), yo u bilan to‘qnashadi va uning asossizligini ko‘rsatadi (falsifikatsiya qiladi). Biroq, boshqa tomondan, nazariya empirik tadqiqot darajasida olingan ilmiy dalillar yig‘indisini shunchaki umumlashtirishgina emas. Uning o‘zi yangi ilmiy dalillar olish manbaiga aylanadi. Shunday qilib, empirik va nazariy bilim yaxlit hodisa – ilmiy bilim ikki tomonining birligi hisoblanadi. Bu tomonlarning muayyan ilmiy bilish jarayonidagi o‘zaro aloqasi va harakati, ularning o‘zaro nisbati nazariy bilimga xos bo‘lgan shakllarning izchil qatori yuzaga kelishini belgilab beradi. Nazariy bilim muayyan maqsadga yo‘nalgan ilmiy asoslangan bilim darajasi. Nazariy bilimning asosiy shakllari: ilmiy muammo, gipoteza, nazariya, tamoyillar, qonunlar, kategoriyalar, paradigmalardir.
Bilishning empirik va nazariy darajalari nafaqat tadqiqot faoliyatining vositalari, balki metodlariga ko‘ra ham farq qiladi. Empirik darajada asosiy metodlar sifatida amalda eksperiment o‘tkazish va kuzatishdan foydalaniladi. Bu yerda o‘rganilayotgan hodisalarni ob'ektiv tavsiflashga qaratilgan empirik tavsiflash metodlari ham muhim o‘rin tutadi.
Nazariy darajada bilishga kelsak, bu yerda alohida metodlar, chunonchi: ideallashtirish (ideallashtirilgan ob'ektni yaratish metodi); ideallashtirilgan ob'ektlar bilan nazariy eksperiment o‘tkazish; nazariyani yaratishning alohida metodlari (mavxumdan muayyanga yuksalish, aksiomatik va gipotetik-deduktiv metodlar); mantiqiy va tarixiy o‘rganish metodlari va hokazolardan foydalaniladi.
Metodlar va vositalarning bu o‘ziga xos xususiyatlari empirik va nazariy o‘rganish predmetining o‘ziga xosligi bilan bog‘liq. Bu darajalarning har birida tadqiqotchi ayni bir ob'ektiv borliq bilan ish ko‘rishi mumkin, biroq u mazkur borliqni har xil nuqtai nazardan o‘rganadi, shu sababli uning bilimlardagi ifodasi har xil ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, empirik va nazariy bilimlar bir-biridan predmeti, tadqiqot vositalari va metodlariga ko‘ra farq qiladi. Biroq ularning har birini farqlash va alohida ko‘rib chiqish abstraksiyadan iborat. Amalda bilimning bu ikki qatlami doimo o‘zaro aloqa qiladi.
Xulosalar. Inson bilimining jadal sur'atlarda rivojlanishi ijod qilishni o‘rganish vazifasini qo‘yadi. Ijodiy faoliyat hamda ta'lim metodlarini o‘rganish haqidagi fan evristika deb ataladi. Ilmiy davralardagi suhbatlar, fikrlar almashinuvi, munozaralar, muammoli vaziyatlar tahlili – shaxsning ma'naviy, ijodiy qobiliyati rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Intuitsiya va ijodni formal mantiq vositalari yordamida tavsiflash mumkin emas, biroq evristik metodlar orqali sub'ektning iste'dodi, xotirasi, zehni, tasavvurini safarbar etishni talab qiluvchi yangilik ustida izlanishlar olib boriladi.
Induktiv tafakkur – hodisalarning bir qismini o‘rganish orqali olingan bilimni hodisalarning butun turkumiga nisbatan tatbiq etish evristik usul hisoblanadi. O‘xshashlik bo‘yicha tafakkur ham evristik mushohada yuritishning haqiqatga erishishni kafolatlamaydigan, biroq oddiy faraz ham hisoblanmaydigan usulidir. Matematik modellashtirish ham evristik usul hisoblanadi. Fanning barcha tamoyillari evristik mazmunga ega. Masalan, fizikada muvofiqlik prinsipidan foydalaniladi: eski va yangi nazariya o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishi kerak, yangi nazariyaning matematik apparati ma'lum darajada eski nazariyaga mos kelishi lozim. Falsafa evristik xususiyatga ega, shu sababli yuksak cho‘qqilarni egallash intuitsiya va ijodni anglab yetishning ta'sirchan vositalaridan biri hisoblanadi.

ADABIYOT



ASOSIY:


  1. Yüklə 24,54 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin