Reja: Empirik bilish xususiyatlari



Yüklə 24,54 Kb.
səhifə2/5
tarix14.12.2023
ölçüsü24,54 Kb.
#177266
1   2   3   4   5
8-Mavzu Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv

Tasavvurlar bu bir paytlar insonning sezgi a'zolariga ta'sir ko‘rsatgan va keyinchalik miyada saqlanib qolgan aloqalar bo‘yicha gavdalanadigan narsalarning obrazlaridir.
Sezish va idrok etish ong, fikr shakllanishining boshlanishi hisoblanadi. Xotira olingan axborotni qayd etadi va saqlaydi. Tasavvurda esa ong ilk bor o‘zining bevosita manbaidan ajraladi va nisbatan mustaqil sub'ektiv hodisa sifatida mavjud bo‘la boshlaydi. Inson nisbatan yangi obrazlarni erkin yaratishga qodir. Tasavvur – bu idrok etish va nazariy tafakkur o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in.
Xayol insonning muhim xossasi. Xayol kuchi tajribada (ongda) mavjud obrazlarni nafaqat qayta chaqiradi, balki ularni bir-biri bilan bog‘laydi va shu tariqa ularni umumiy tasavvurlar darajasiga ko‘taradi Xayol tafakkur oqimida yetishmayotgan ko‘rgazmalilik o‘rnini to‘ldiradi.. Obrazlarni qayta gavdalantirish xayol kuchi bilan erkin va bevosita kuzatish yordamisiz amalga oshiriladi. Tasavvurlar paydo bo‘lishining bu shakli bunday erkin faoliyat ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lmagan, biroq amalda kuzatishga muhtoj bo‘lgan va obrazlar beixtiyor paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yadigan oddiy eslashdan shu bilan farq qiladi.
Empirik bilim va uning shakllari. Empirik bilim mavjud narsaning bevosita emas, balki bilvosita in'ikosi. Masalan, olim o‘zi ko‘rmayotgan tegishli ob'ektning holati haqida unga axborot berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki elektrokardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi. Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asboblardan foydalanish bilan bog‘liq; u kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan foydalanishni nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi. Xullas, bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir.
Empirik bilimlar nazariy bilim negizini tashkil etuvchi ilmiy dalillar majmuidir. Empirik bilim kuzatish va eksperiment, tavsiflash, taqqoslash, o‘lchash va dalillar kabi metodlar yordamida shakllanadi.
Kuzatishbilish ob'ektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash maqsadida ataylab amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir. Kuzatish maqsadini belgilash, uning usullarini aniqlash, o‘rganilayotgan ob'ekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini tuzish, asboblardan foydalanish kabilar kuzatishning muhim xususiyatlaridir. Kuzatishlarning natijalari bizga borliq haqida ilmiy dalillar ko‘rinishida dastlabki axborot beradi.
Kuzatish bevosita yoki bilvosita, masalan, mikroskop yordamida bo‘lishi mumkin. Hozirda elektron mikroskop yordamida molekulalarni vizual kuzatish mumkin. Kuzatish – bu faoliyatning muayyan ob'ektlarga qaratilgan maqsadlar va vazifalarni ta'riflashni nazarda tutadigan faoliyat shakli. Biron-bir narsani bilishni xohlagan har qanday odam o‘z ko‘zlarini kuzatuvchanlikka o‘rgatishi lozim.
Zehnli, ijodkor va teran aql narsa va hodisalarning ko‘pchilik e'tibor bermaydigan muhim jihatlarini ko‘rish va sezish qobiliyati bilan ajralib turadi. Bu qobiliyat fan va san'atdagi novatorlik omilidir. Kuzatish maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Kuzatishlarni tayyorlashda kuzatish vazifalari, u javob berishi lozim bo‘lgan talablarni aniqlash, kuzatish rejasi va usullarini oldindan ishlab chiqish muhim o‘rin tutadi. Kuzatish tabiatning o‘zida mavjud narsalar va hodisalarni qayd etadi. Biroq inson kuzatuvchi roli bilan kifoyalana olmaydi. U eksperimentlar o‘tkazish orqali faol sinovchiga aylanadi. Miyada tasavvur qilingan model ustida o‘tkaziladigan fikriy eksperiment bilishning alohida shaklini tashkil etadi. Unga xayol va tafakkurning uzviy aloqasi xosdir.

Yüklə 24,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin