Ma’ruza №1 Kirish.
Reja
1. EMT va komplekslarning rele-kontaktorli avtomatik boshqarish sxemalari, ularning
turlari.
2. O’zgarmas va o’zgaruvchan tok motorlarini ishga tushirishda, to’xtatishda, teskari
aylantirishda vaqt, tezlik, tok va yo’l funsiyasi bo’yicha boshqarish sxemalarining andozaviy
bo’laklari.
1. EMT va komplekslarning rele-kontaktorli avtomatik boshqarish sxemalari, ularning
turlari.
Asinxron dvigatellarning rele - kontaktorli boshqarish sxemalari ham o’zgarmas tok
dvigatellari boshqarish sxemalarida qo’llaniladigan funksiyalardan foydalanib quriladi.
Qisqa tutashuv rotorli asinxron dvigatellarni boshqarish sxemalari.
Kichik va o’rta quvvatli ushbu turdagi dvigatellar, odatda ishga tushirish tokini chegaralamagan
xolda bevosita to‘g‘ridan - to‘g‘ri tarmoqqa ulash orqali ishga tushiriladi. Bu holatlarda, ular
magnit ishga tushir-gichlar yordamida boshqariladi. Ishga tushirgichlar bir paytning o’zida
dvigatellarni himoyalashning ba’zi bir ko‘rinishlarini ham ta’minlaydi.
Asinxron dvigatelni magnit ishga tushirgichli boshqarish sxemasi
(2.1- rasm) o’z
ichiga, kontaktor
KM
va uchta himoyalash
issiqlik relelari
KK
dan tuzilgan magnit ishga
tushirgichni oladi.
Sxema, dvigatelni bevosita (tok va momentni chegaralamagan holda) ishga tushirish, uni
tarmoqdan uzish, shuningdek qisqa tutashuvlardan (saqlagichlar
FA)
va o’ta yuklamadan (issiqlik
relesi
KK)
himoyalashni ta’minlaydi.
Dvigatelni ishga tushirish uchun, o’chirgich
QF
tutashtiriladi
va ishga tushirish
tugmachasi
SB1
bosiladi. Kontaktor
KM
ning g’altagi manbaga ulanadi va u ishga tushgach,
dvigatel statori
zanjiridagi bosh kuchli tok
kontakti bilan uni ta’minlash manbasiga ulaydi, yordamchi kontakti bilan tugmacha
SBI
ni