Ko‘p tezlilikli asinxron dvigatelni boshkarish sxemasi. Bu sxema (2.3- rasm) dvigatel
statori cho‘lg‘amlarining seksiyalarini uchburchak yoki ikkilangan yulduz kabi ulash orqali ikki
qiymatdagi tezlikni xamda reverslashni ta’minlaydi. Elektr yuritmani ximoyalash issiqlik relelari
KKI va
KK2 hamda saqlagich
FA orqali amalga oshiriladi. Dvigatelni kichik aylanish tezligigacha
ishga tushirish uchun, tugmacha
SB4 bosiladi, shundan so’ng kontaktor
KM2 va bloklovchi rele
KV esa, apparatlar
KM3 va
KM4 ning g’altaklari zanjirlaridagi o’zining kontaktlarini tutashtirib,
dvigatelni kuchlanish manbasiga ulashni ta’minlaydi. So’ngra tugmacha
SBI yoki
SB2 larni
bosish, mos xolda “Oldiga” yoki “Orqaga” yo’nalishlari bo’yicha ulanishga olib keladi. Dvigatel
kichik tezlikgacha tezlangandan so’ng, uni katta tezlikgacha tezlanishni amalga oshirish mumkin.
Buning uchun, tugmacha
SB5 bosiladi, bu kontaktor
KM2 ni ishdan chiqishiga,
kontaktor
KM1 ni ishga tushishiga va bu esa o’z navbatida cho‘lg‘amlarning seksiyalarini
uchburchakdan ikkilangan yulduzga ulanishiga olib keladi. Dvigatelni to’xtatish, tugmacha
SB3 ni bosish bilan amalga oshiriladi, bu barcha kontaktorlarni tarmoqdan uzilishini va dvigatelni
to‘xtatishni chaqiradi.
Sxemada ikki zanjirli boshqarish tugmachalarini qo‘llanilishi, kontaktor
KM1, KM2, KM3 va
KM4 larni bir vaqtning o’zida ulanishiga yo’l qo’ymaydi. Xuddi shunday maqsadlarga,
kontaktor
KM1, KM2, KM3 va
KM4 laming blok- kontaktlari va ularning g‘altaklari zanjirini
chorraxali ulanishi xam xizmat qiladi.