II. Borliq va yoqlik dialektikasi . Talabalar ushbu masalaga tayorgarlik ko’rish jarayonida falsafiy tushunchalarning bog’liqligi va ahamiyatini falsafiy mushoxada qilishga harakat qiladi. Faylasuflar qadim
zamonlardan buyon «borliq» va «yo`qlik» haqida baxs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati,
xususiyatlari va shakllari haqida ko`plab asarlar yozishgan. Хush, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda oddiy
ko`ringani bilan unga shu chokkacha barcha kishilarni birday kanoatlantiradigan javob topilgani yo`q. Bu holat
borliqka turlicha nuqtai nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni
moddiylik, moddiy jismlar bilan bog`lab tushuntirishadi. Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq – ob’ektiv
realliknigina qamrab oluvchi tushunchadir. U holda fikr, inson tafakkuri, uy-xayollarimiz borliq tushunchasidan
chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday tushunchalar ob’ektiv reallikning xosilasidir, deb javob berishadi.
Yo`qlik- xech nima demakdir. Хamma narsani xech narsaga aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi ham,
intixosi ham yo`qlikdir. Bu ma’noda yo`qlik cheksizlik, nixoyasizlik va mangulik bilan birdir. Yo`qlik chekingan
joyda borliq paydo bo`ladi. Demak, borliqning bunyodkori ham, qo`shandasi ham yo`qlikdir. Borliq yo`qlikdan
yo`qlikkacha bo`lgan mavjudlikdir. Yo`qlikni xech narsa bilan kiyoslab bo`lmaydi. Fanda yo`qlik nima, degan
savolga javob yo`q.
III.Dunyoning birligi chekliligi va cheksizligi . Masalada talaba olamning birligi, chekliligi va cheksizligiga to’xtaladi. Falsafada olamning chekliligi va cheksizligi bilan bog’liq masalalar muhim ahamiyat kasb
etadi. Bunda har bir konkret narsaning chekli ekanligi, umumiy olamning cheksiz va chegarasizligi e’tirof etiladi.
CHeksizlikni ifodalash uchun ichki (intensiv) va tashqi (ekstensiv) shakllar mavjudligi ko’plab falsafiy
adabiyotlarda qayd etilgan.