Reja: Falsafa fanining mazmuni, funksiyalari va yangi soxalari


Konfutsiy va Lao Szi ta’limoti



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə26/96
tarix07.01.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#206200
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   96
1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)

Konfutsiy va Lao Szi ta’limoti. Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat o‘ziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o‘rtalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xo‘jalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa, urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qo‘liga o‘tgan. Bu hokimiyat eramizdan avalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash hukmronlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bo‘lishini o‘ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Bunday ruhdagi falsafiy g‘oyalar ayniqsa qadimgi Xitoy donishmandi Konfutsiy (551-479) ijodida yaqqol aks etgan. Uning «Hikmatlari», ya’ni aforizmlari juda mashhur. Konfutsiy ta’limotida umuminsoniy qadriyatlarning xitoy xalqi turmush tarzida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi, bu xalqqa xos ma’naviy mezonlar aks etgan. Bu ta’limot bir necha asrlar davomida ushbu hududda milliy g‘oyalar majmui, millatning mafkurasi sifatida odamlarning ma’naviy ongi va qiyofasi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan. U hozirgi Xitoyda ham o‘zining muayyan ahamiyatini saqlab qolgan.
Konfutsiy fikricha, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi - taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi. Tartib, Konfutsiy nuqtai nazariga ko‘ra, ilohiy mazmunga ega va uning mohiyatini «Li» tushunchasi belgilaydi, u, ya’ni tartib dunyoning mohiyatini aks ettiradi. Binobarin, jamiyatdagi barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi lozim.
Konfutsiyning qarashlari keyinchalik jahon falsafasida axloqiy tamoyillar rivojida, adolat, birodarlik, erkinlik g‘oyalari takomilida muhim o‘rin tutgan. Bu ta’limot Xitoyda ikki ming yil davomida davlat dini darajasiga ko‘tarilgan va xalq hayotida muhim ahamiyat kasb etgan.
Qadimgi Xitoyning ko‘zga ko‘ringan faylasuflaridan biri Lao-Szidir (VI-V asrlar). Uning ta’limotiga ko‘ra, olam, jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo‘ysunmog‘i lozim. Daosizm ta’limoti ana shu tariqa shakllangan. Dao qonuni - tabiatningyashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va uyg‘unligi abadiyligining e’tirof etilishidr. Bu qonunga ko‘ra, olamning asosini tashkil etuvchi «Si», ya’ni beshta unsur - olov, suv, havo, er va yog‘och yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin