Reja: Falsafa fanining mazmuni, funksiyalari va yangi soxalari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə70/96
tarix07.01.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#206200
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   96
1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)

Ziddiyatlarning turlari. Ziddiyatlarning butun rang-barangligi turli asoslarga ko‘ra tasniflanadi. Xususan,
1) namoyon bo‘lish shakliga ko‘raichki va tashqi ziddiyatlar;
2) rivojlanishdagi roliga ko‘ra – asosiy va ikkinchi darajali ziddiyatlar;
3) vujudga kelish xususiyatiga ko‘ra – zaruriy va tasodifiy ziddiyatlar;
4) jamiyatdagi tipiga ko‘ra – antagonistik va noantagonistik ziddiyatlar farqlanadi.
Asosiy ziddiyatlar strukturaning qarama-qarshi tomonlari o‘rtasida, ikkinchi darajali ziddiyatlar esa – bog‘lovchi bo‘g‘inlar o‘rtasida yuzaga keladi.
Asosiy ziddiyatlar sifatli, muhim va zarurdir. Asosiy ziddiyatlarsiz predmet, uning sifat jihatidan muayyanligi va yaxlitligi mavjud bo‘lmaydi. Ikkinchi darajali ziddiyatlar tasodifiy xususiyat kasb etadi, ularning borligi yoki yo‘qligi predmetning sifatini o‘zgartirmaydi.
Zaruriy ziddiyatlar – bir lahzalik ziddiyatlardir: ular ichki yoki tashqi, asosiy yoki ikkinchi darajali bo‘lishi mumkin. Masalan, inson hayoti qil ustida turadigan avtomobil halokati yuz bergan paytda barcha ichki ziddiyatlar (psixologik konfliktlar, stresslar va fiziologik patologiyalar) ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Borliqning ichdan ziddiyatliligi – ob’ektiv hodisa, tabiat va jamiyatning asosiy va umumiy xossasidir.
Har bir inson hayotiga kelsak, u ziddiyatlar bilan har kuni to‘qnash keladi, qarorlar qabul qiladi, baholar beradi, o‘z qilmishlaridan pushaymon bo‘ladi, ko‘pincha yo‘l qo‘ygan xatolaridan afsus chekadi. Har qanday voqea, vaziyat, taxminning ichki ziddiyatlarini ko‘rib, o‘zi qabul qilayotgan qarorlarning ijobiy va salbiy tomonlarini taroziga solish tafakkurning etuklik belgisidir.
Bizni qurshagan dunyoda ziddiyatlar juda serqirra; ularni turli asoslarga ko‘ra tasniflash odat tusini olgan.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib shuni qayd etish mumkinki, dialektik ziddiyatlilik qonuni barcha narsalar, tizimlar, hodisalar va jarayonlar ichki ziddiyatlar, qarama-qarshi tomonlar va tendensiyalar bilan tavsiflanishini nazarda tutadi. Ularning o‘zaro aloqasi, ular o‘rtasidagi “kurash” o‘zgarish va rivojlanish manbai hisoblanadi, ziddiyatlarning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Bu ziddiyatlar oxir-oqibatda muayyan bosqichda eskining yo‘qolishi va yangining vujudga kelishi bilan echiladi.
Dialektika tizimida bu qonunning markaziy o‘rni nima bilan belgilanadi?

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin