Reja: Falsafa fanining mazmuni, funksiyalari va yangi soxalari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə66/96
tarix07.01.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#206200
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   96
1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)

Xo‘sh, qonun o‘zi nima? U kishi va umuman, jamiyat hayotida qanday ahamiyatga ega? Qonunni bilmasdan, o‘rganmasdan turib yashash mumkinmi? Qonun tushunchasi kundalik hayotimizda nisbatan tez-tez ishlatib turiladigan tushunchadir. Xususan, fizika yoki kimyo qonunlari deymiz, tabiat qonuni yoki bo‘lmasa, iqtisodiy qonunlar, yuridik qonunlar va h. k. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillarining uchinchisi ham qonun to‘g‘risida bo‘lib, unda barcha sohada qonunning ustuvorligi ta’minlanishi ta’kidlanadi. Yuqoridagilarni birlashtirib turadigan, barchasi uchun ham umumiy bo‘lgan xossa, xususiyatlar bormi?
Eng avvalo, shuni aytish kerakki, olamdagi barcha narsa — tabiat, jamiyat va inson taraqqiyoti ma’lum qonunlar asosida amalga oshadi. Fanlarning (ijtimoiy, gumanitar, tabiiy va h. k.) asosiy vazifasi har bir soha bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib, qonunlarni kashf qilish yoki ularning amal qilish xususiyatlarini o‘rganish va ochib berishdan iborat, qancha ko‘p qonun kashf qilinsa, taraqqiyot shuncha tez bo‘ladi.
Taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, rivojlanishga erishish qiyin. Yaqin o‘tmishda iqtisodiyotning o‘ziga xos qonunlarini pisand qilmay, turli xil s’ezd, plenum, konferensiya qarorlari asosida eksperimentlar o‘tkazib, barcha uchun farovon hayot — kommunizm jamiyatini barpo qilmoqchi bo‘lishganini va bunday siyosat qanday oqibatlarga olib kelgani barchaga ma’lum. Hozir mustaqil o‘zbekiston barcha rivojlangan mamlakatlar singari ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo qilish yo‘lidan bormoqda. Bunda umumbashariy qonunlar va mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olingan.
Endi shunday savol: Nima uchun inson qonunni bilishi kerak? Bunda oddiy misollarga murojaat qilamiz: yoz oylarida barcha odamlar issiq kiyimlar (etik, palto, qo‘lqop va h. k.) sotib olishadi, o‘tin yoki ko‘mir g‘amlab qo‘yishadi va h. k. Nima uchun? chunki ular tabiatning bitta qonunini, ya’ni fasllarning o‘zgarishi, yozdan keyin kuz, undan keyin qish kelishini juda yaxshi bilishadi. Yoki yana bir, oddiyroq bo‘lsa-da, misol: sizga birov uyning 5-qavatidan tashlasang, falon pul beraman desa, rozi bo‘lmaysiz. Nima uchun? chunki siz I. Nyuton kashf qilgan «Butun olam tortishish qonuni»ni yaxshi bilasiz. Balki bilmassiz ham, havoning o‘z jismingizdan zichligi kamligiga e’tibor qilmassiz ham, deylik. Ammo siz bu holda omon qolishingiz qiyinligini, mayib bo‘lishingizni yaqqol tasavvur qilasiz.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin