Reja: Falsafa fanining mazmuni, funksiyalari va yangi soxalari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə63/96
tarix07.01.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#206200
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   96
1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)

Uning fikricha, «Miqdor uchun ko‘payish va kamayish, sifat uchuno‘zgarish, makon uchunko‘chib yurish, mohiyat uchunvujudga kelish va yo‘q bo‘lish mavjud»44. Harakatning vujudga kelish, yo‘q bo‘lish, o‘zgarish, ko‘payish, kamayish, ko‘chib yurish kabi turlarini farqlash lozim.
Ammo Aristotel jonsiz, passiv materiya konsepsiyasini rivojlantirib, pirovard natijada, muayyan birinchi harakatlantirgich – har qanday faollikning negizi sifatidagi sof shakl harakat manbaidir, degan xulosaga keldi. Binobarin, harakat materiyaning atributi emas, balki uning modusi, ayrim xossasi va belgisidir; u faqat birinchi turtki vositasida beriladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, falsafiy tafakkur rivojlanishining keyingi ancha uzoq davri mobaynida harakat materiyaning atributi sifatida qaralmadi, balki uning ayrim va qo‘shimcha xossasi hisoblandi.
O‘rta asr Sharq mutafakkiri Forobiy fikricha, harakat va sukunatning ibtidosi, biron-bir narsaga yoki irodaga borib taqalmasa, uni tabiat deb atash mumkin. Harakat vaqt bilan belgilangan. Harakat ibtido va intiho bilan chegaralanmagan45.
Ibn Sino fikricha harakat vujudi mumkinning ichki mohiyatidan kelib chiqadi va osoyishtalik bilan mavjud bo‘ladi. Harakat bu ashyolar, voqealarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishdir46.
Uyg‘onish davri mutafakkirlari har qanday borliq – olamdan tortib mayda zarragacha – unga xos bo‘lgan ruh tomonidan harakatga keltiriladi, degan fikrni ilgari surdilar. Ular – butun olamni ilohiylashtirish ta’limotiga asoslandilar.
HARAKAT TIPLARI. Fanda ob’ektiv borliq narsalari va hodisalari harakatining ikki asosiy tipi: progress va regress farqlanadi.
Orqaga qaytmaslik va muayyan yo‘nalishga egalik xos bo‘lgan mazkur harakat tipi rivojlanish deb ataladi. Bunda narsa yoki hodisa strukturasining murakkablashuvi, ular tashkil topish darajasining yuksalishi yuz berishi mumkin bo‘lib, bu odatda taraqqiyot (progress) sifatida tavsiflanadi.
Agar harakat teskari yo‘nalishda – barkamolroq va rivojlanganroq shakllardan uncha rivojlanmagan shakllarga, murakkabdan oddiyga qarab yuz berayotgan bo‘lsa, bu holda regress to‘g‘risida so‘z yuritish odat tusini olgan. Ammo progress va regressning ko‘rsatilgan xususiyatlarini mutlaqlashtirish yaramasligini e’tiborga olish lozim. Masalan, boshqaruv apparati tuzilmasining murakkablashuvi va byurokratiyaning o‘sishi doim ham progressni anglatavermaydi, nisbatan soddaroq va ayni vaqtda samaraliroq va ishonchliroq mashinalar, asboblar va mexanizmlar yaratilishining regressga hech qanday aloqasi bo‘lmaydi va ko‘proq buning aksidan dalolat beradi.
Xulosa. Borliq bizning mavjudligimiz asosi, notirik, tirik tabiatning yashash usulidir. Borliq yo'qdan bor bo'lmaydi bordan yo'q bo'lmaydi. Dunyodagi barcha narsalar biri ikkinchisining mavjudligini taqozo qiladi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin