Reja: Falsafa fanining mazmuni, funksiyalari va yangi soxalari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə49/96
tarix07.01.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#206200
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96
1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)

MAVZU: BORLIQ FALSAFASI (ONTOLOGIYA)


Tayanch tushunchalar


Olam, monizm, dualizm, plyuralizm, substansiya, substrat, individual olam, ijtimoiy olam, real olam, virtual olam; Borliq, yo‘qlik, mavjudlik, reallik, materiya, harakat, fazo, vaqt; tabiat, muhit, biosfera, noosfera, hayot, ekologiya, naturfilosofiya, ekologik ong.

Falsafa fanining borliq haqidagi masalalarni o‘rganuvchi qismi ontologiya deb ataladi. Ontologiya so‘zi Yunoncha ontos (mavjudlik) va logos (ta’limot) so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, «mavjudlik haqidagi ta’limot», ya’ni borliq haqidagi fan ma’nosini ifodalaydi.


Bu atama fan tarixida birinchi bor 1513 yil R.Gokleniusning «Falsafa lug‘ati»da, so‘ngra, X.Volf (1679 -1754) ning falsafaga oid darsligida qo‘llanilgan bo‘lsada, ulardan ilgari qadimgi Yunon faylasuflari ham ontologiyaning mazmunini ifodalovchi turli fikrlarni ilgari surishgan. Ular ontologiyani «haqiqiy borliqni nohaqiqiy borliqdan ajratib oluvchi borliq haqidagi ta’limotdir» deb hisoblashgan.
Borliqning o‘zi nima? Bu savolga javob berish uchun borliqning inson va insonlar hayoti bilan bog‘liq ildizlariga nazar tashlashga to‘g‘ri keladi. Kishilar qadimdan o‘zlarini qurshab turgan tabiat va jamiyat, inson va insoniyat haqida o‘ylar ekan, atrofida sodir bo‘lib turgan narsalar va hodisalarni, o‘zgarishlarni kuzatishgan. Ba’zi narsalar hozir mavjud, keyinchalik esa yo‘qolib ketadi, kecha yo‘q bo‘lgan ba’zi narsalar esa bugun paydo bo‘ladi. SHular asosida kishilarda mavjudlik va yo‘qlik haqida tasavvurlar, qarashlar vujudga kelgan.
Kishilar o‘zlarining ham dunyoga kelishi (tug‘ilishi), yashashi va nihoyat vafot etishi (o‘lishi), «yo‘qlikka aylanishi» haqida o‘ylay boshlashadi. SHu asosda kishilarning «bu dunyo» va «u dunyo» (narigi dunyo), ya’ni odamning vafotidan so‘ng uning ruhi ko‘chib o‘tadigan «dunyolar» haqidagi tasavvurlari paydo bo‘lgan. Kishilar o‘zlarining kundalik tajribalari asosida atrofidagi dunyoning hozir mavjudligi, o‘zlari tug‘ilmasdan ilgari ham mavjud bo‘lganligiga va keyinchalik ham mavjud bo‘lib qolishiga ishonishgan. SHu tarzda ularda «borliq» va «yo‘qlik» haqida tasavvurlar shakllangan.
Borliq turli konsepsiyalarda turlicha talqin etiladi. Markaziy Osiyo tuprog‘ida vujudga kelgan zardushtiylik ta’limotida borliq quyosh va olovning hosilasidir, alangalanib turgan olov borliqning asosiy mohiyatini tashkil etadi, deb hisoblangan. CHunki bu g‘oya bo‘yicha, har qanday o‘zgarish va harakatning asosida olov yotadi va u borliqqa mavjudlik baxsh etadi.
Qadimgi Yunon faylasufi Suqrot borliqni bilim bilan qiyoslaydi va uningcha, biror narsa, biz uni bilsakkina bor bo‘ladi, insonning bilimi qancha keng bo‘lsa, u shuncha keng borliqni qamrab oladi, deb hisoblaydi. Qadimgi dunyoning atomist olimi Demokrit borliq atomlar majmuasidan iborat deb tushuntirgan. Uning fikricha, borliqning mohiyati uning mavjudligidadir. Mavjud bo‘lmagan narsa yo‘qlikdir.
Islom ta’limotida esa borliq bu ilohiy voqelikdir. YA’ni u Olloh yaratgan mavjudlikdir. Bu borada vahdati vujud va vahdati mavjud ta’limotlari bo‘lgan. Islom diniga mansub mutafakkirlar borliq haqidagi ta’limotni har taraflama rivojlantirganlar. Masalan, Forobiy fikricha, ilk borliq azaliy Ollohning o‘zidir. Beruniy fikricha, borliq shunday umumiylikki, u hamma narsaning asosida yotadi, demak, borliq hamma narsaning asosidir.
Evropada o‘tgan olimlar David Yum va Jorj Berkli borliqni sezgilarimiz majmuasi deb talqin etishgan. Xegel esa borliqni mavhumlik, mutloq ruhning namoyon bo‘lishi, deb ta’riflaydi. Ko‘pgina naturfalsafiy qarashlarda borliqni hozirgi zamon bilan, ya’ni shu aktual olamga bog‘lab tushuntirdilar.
Aslida, borliq keng falsafiy tushuncha bo‘lib o‘ziga butun mavjudlikni, uning o‘tmishi, hozir va kelajagini ham qamrab oladi. Faylasuflar borliqni tushuntirish uchun yo‘qlik tushunchasini unga antipod qilib olishgan va shu asosda borliqning zaruriy mohiyatini ochishga intilganlar. Materialistik adabiyotlarda borliqni ob’ektiv reallik bilan, materiya bilan aynanlashtirib tushuntirishadi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin