Reja: Falsafa fanining mazmuni, funksiyalari va yangi soxalari


Yaqin va O‘rta Sharq falsafasida



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə52/96
tarix07.01.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#206200
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   96
1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)

Yaqin va O‘rta Sharq falsafasida Kindiy, Umar Hayyom, Ibn Rushd kabilar borliqni ikkiga – vujudi mumkin va vujudi vojibga bo‘ladilar.
Ularning falsafasida borliqning bosh sababchisi Alloh (vujudi vojib)dir. Demak, Alloh va u yaratgan narsalar bir-birlari bilan o‘zaro bog‘langan birlikni tashkil etadi. Chunonchi, Jomiy Shunday yozadi: “Tangrini olamdan ajralgan deb hisoblama, zeroki, barcha olam tangridadir, Tangri esa olamda”.
Forobiy esa borliq muammosini hal qilishda “vujudi vojib” va “vujudi mumkin”ning o‘zaro nisbatiga murojaat qiladi.
Uning fikricha “vujudi vojib” barcha mavjud yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarning birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida u o‘zga turtkiga muhtoj emas. U mutloq borliq va donishmandlik ifodasi.
Vujudi mumkin” esa doimo o‘zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda bo‘lib, unda barcha narsalar oddiydan murakkabga, tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat qiladi. “vujudi vojib“ yaratgan eng buyuk voqelikdan biri inson aqlidir.
Ibn Sino fikricha ham borliqning asosi “vujudi vojib” ya’ni Allohdir. Vujudi vojib bu birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish noo‘rin. Chunki birinchi sabab uning natijasi bo‘lgan xilma xil jarayonlarning mohiyatiga bog‘liq bo‘la olmaydi. Zero vujudi vojibning mavjudligi uning o‘ziga bog‘liq.
17-18 asrlarning materialist faylasuflari borliq tushunchasini fizik borliq bilan bog‘laydi. Bu faylasuflarning naturalistik qarashlari mexanikaning faol rivojlanishi bilan belgilangan va ularning tabiat haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarini aks ettirgan. Bundan borliqni «naturallashtirish» g‘oyasi kelib chiqqan. Mazkur talqin fransuz materialist faylasuflari Golbax, Gelvetsiy, Lametri dunyoqarashida ayniqsa bo‘rtib ko‘rinadi.
Yangi davr, so‘ngra nemis klassik falsafasi davri «substansiya» (dunyoni tushunish zamirida yotuvchi, nisbatan barqaror va mustaqil holda mavjud mohiyat), «mutlaq «Men»ning erkin, sof faoliyati» (Fixte), «ob’ektiv rivojlanuvchi g‘oya» (Gegel) kabi falsafiy kategoriyalarni qayd etib, borliq muammolari talqiniga yanada teranroq mazmun baxsh etdi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin