Reja: Falsafa fanining mazmuni, funksiyalari va yangi soxalari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə60/96
tarix07.01.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#206200
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   96
1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)

MONIZM. Dunyoning narsalar va hodisalar rang-barangligi bir substansiyadan iborat degan ta’limot «monizm» (yunon. monos – bitta, yagona) deb ataladi. Dunyoning kelib chiqishi va mohiyati haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar, shuningdek birinchi asos muammosiga nisbatan falsafa tarixidagi eng salmoqli yondashuvlar kurashi nuqtai nazaridan substansiya tabiatini tushunishga nisbatan ancha keng tarqalgan ikki yondashuv – materialistik va idealistik monizmni qayd etish lozim.
Dualizm birinchi asos sifatida ikkita substansiya olingan falsafiy yondashuv (lot. dualis – ikki yoqlama). Nemis faylasufi X.Volf 18 asr boshida «dualizm» atamasini falsafiy muomalaga kiritgan. X.Volf dunyoda barqaror tartibning shakllanishida tafakkur, g‘oyalar va aql-idrokning alohida o‘rnini aniqlashga harakat qilgan. X.Volfning falsafaga oid qo‘llanmalari barcha o‘quv yurtlarida o‘qitilgan va eskirgan (sxolastik) jihatlarni siqib chiqargan. Ular universitet ta’limining asosiy manbalari sifatida amal qila boshlagan.
Plyuralizm dunyoning negizida ikkita emas, balki undan ko‘proq mohiyat borligini tan oluvchi ta’limotdir. «Plyuralizm» (lot. – ko‘plik, ko‘p xillik, ko‘p sonlik) atamasini ham X.Volf 1712 yilda taklif qilgan. Bu tushuncha ontologiyada ayniqsa, jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirgan. Chunki ayni shu ta’limotda borliqning ko‘p sonli mustaqil va o‘zaro bog‘lanmaydigan asoslari ilgari surilgan.
Leybnitsning «monadologiyasi», ya’ni monadalar haqidagi ta’limoti plyuralizmning klassik ko‘rinishi hisoblanadi. Ushbu ta’limotga ko‘ra, dunyo son-sanoqsiz ruhiy substansiyalardan tashkil topadi. Ammo, plyuralistik yondashuvning bundan oldinroq ilgari surilgan ko‘rinishlari ham mavjud. Masalan, Empedokl yaratgan dunyoning to‘rt asosi haqidagi ta’limot plyuralistik ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi.
SUBSTRAT borliqning eng quyi va asosiy qatlami sifatida tushuniladi. Falsafada «Substansiya» kategoriyasi «substrat» (lot. – to‘shama, negiz) tushunchasiga yaqin turadi, deb qaraladi. Qadimgi atomistik ta’limotlarda atomlar ana shunday asos hisoblangan. Har qanday substrat muayyan vujudga kelish jarayonining o‘ziga xos xususiyatini ifodalaydi. Hozirgi talqinda, muayyan fizik jarayonlarning substrati sifatida elementar zarralar va fundamental (kuchli, kuchsiz, elektromagnit va gravitatsion) o‘zaro ta’sirlar amal qiladi. Turli moddalarning hosil bo‘lish va o‘zgarish jarayonlarida o‘zining barqaror holatini saqlab qoluvchi atomlar kimyoviy jarayonlarning substrati sifatida namoyon bo‘ladi. Elementar «hayot birliklari» sifatida amal qiluvchi nuklein kislotalar (DNK va RNK) va oqsil moddalarining molekulalari biologik jarayonlar substrati bo‘lib xizmat qiladi. Barcha ijtimoiy o‘zgarishlar zamirida maqsadga muvofiq faoliyati mavjud bo‘lgan inson ijtimoiy hayot substrati hisoblanadi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin