Reja: Falsafa fanining mazmuni, funksiyalari va yangi soxalari


FALSAFADA MATERIYA TUSHUNCHASINING VUJUDGA KELISHI. Materiya



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə61/96
tarix07.01.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#206200
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   96
1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)

FALSAFADA MATERIYA TUSHUNCHASINING VUJUDGA KELISHI. Materiya tushunchasi qadimgi mutafakkirlar bizni qurshagan dunyoning barcha rang-barang narsalari yaratib va yo‘q qilib bo‘lmaydigan, odamlarga ham, xudolarga ham bog‘liq bo‘lmagan umumiy va yagona «birinchi asos»dan kelib chiqqani haqidagi g‘oyani ilgari surgan paytdan e’tiboran falsafiy kategoriya sifatida ishlatila boshlagan. Bu «birinchi asos»ni ular barcha narsalarni yaratish uchun asosiy material bo‘lib xizmat qiluvchi qandaydir modda sifatida tasavvur qilgan. Ayni shu material materiya deb atalgan.
Materiya” atamasi lotincha materia so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, modda degan ma’noni anglatadi. Shunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni bir necha marta o‘zgargan, tabiatshunoslikning va falsafaning rivojlanishiga muvofiq rivojlangan.
Qadimgi yunon falsafasida materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo‘lib, har qanday geometrik shakl ko‘rinishini kasb etishi mumkin bo‘lgan makon bilan tenglashtiriladi.
MAKON VA VAQT mohiyati haqida odamlar o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va o‘tmishning aksariyat mutafakkirlari ularning tabiatini aniqlashga harakat qilganlar. Bu avvalo inson amaliyoti va bilishining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Zero ular kengayib va takomillashib, mazkur kategoriyalarni yanada aniqroq va teranroq tushunishni talab qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan ko‘lamli shakllar va ularni o‘lchash usullari haqidagi fan sifatida ajralib chiqqan geometriya ilk aniq fanlardan biriga aylandi. Vaqtga astronomik kuzatishlar hamda koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi mulohazalar nuqtai nazaridan ham alohida e’tibor qaratilgan. Keyinchalik «makon» va «vaqt» kategoriyalariga qiziqish hech qachon susaymagan. Ular bilan bog‘liq ko‘p sonli masalalar yuzaga kelgan. Ularning eng muhimlaridan biri quyidagicha yangraydi: makon va vaqt mustaqil mohiyatlarmi yoki ular faqat nimagadir bog‘liq holda keladimi? Shu munosabat bilan falsafa tarixida shakllangan ikki muhim va bir-biridan butunlay farq qiladigan yo‘nalish – substansional va relyasion yo‘nalishlarni farqlash mumkin.
Makon – materiya borlig‘ining ko‘lamlilik, tarkibiylik kabi xossalari va uning o‘zaro ta’sirlarini ifodalovchi shakli.
Vaqt – materiya borlig‘ining barcha ob’ektlar mavjudligining davomiyligini va keyingi holat o‘zgarishlarini tavsiflovchi shakli.
Dunyoda mavjud barcha jismlar makonda aynan uch yo‘nalish bilan chegaralangani, barcha shakllarning eng yassisi ham uzunlik, kenglik va balandlikka ega bo‘lgani sababli, makonimizning uch o‘lchovliligi empirik jihatdan hamma joyda namoyon bo‘luvchi dalil hisoblanadi. O‘z makonimizda biz uning o‘lchamlarini geometrik ifodalovchi uch perpendikulyarni bilamiz. Ammo jism makonda, aniqrog‘i, uning makrodarajasida harakatlanmasdan, balki doimo vaqtda harakatlanadi shu ma’noda, voqealarni ularning ketma-ketligi tartibida ajratuvchi masofani vaqt deb nomlash mumkin. Bu masofa o‘tmishdan kelajak sari yo‘nalishda bosib o‘tiladi, mazkur yo‘nalishni makonda tasavvur qilsak, u makon va vaqt kontinuumining to‘rtinchi mezoni (o‘lchovi) sifatida amal qiladi. Bundan dunyoda yuz bergan muayyan voqeani aniqlash uchun to‘rt son zarur, degan xulosa kelib chiqadi. Vaqt nafaqat vaqt tartibini vujudga keltiradi, balki makon va vaqtning birlashgan tartibini belgilab beradi hamda Olamning kauzal (sababiy) tuzilishini ifodalaydi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin