Reja: Falsafa fanining mazmuni, funksiyalari va yangi soxalari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə95/96
tarix07.01.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#206200
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)

ZARURIYAT VA TASODIF. Ob’ektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif kategoriyasi muhim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega. Zaruriyat – narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Tasodif esa – zaruriyatning namoyon bo‘lish shaklidir.
Zaruriyat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning mushtarakligini va samaradorligini ta’minlaydi.
Zaruriyat va tasodifning aloqadorligi, bog‘lanishi shundaki, ular bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi, ya’ni zaruriyatning muqarrarligi tasodifga ham xosdir. Shuning uchun falsafiy adabiyotlarda tasodiflarning muqarrarligi, tarixiyligi, sababiyligini, qonuniyligini inkor qiluvchi qarashlar g‘ayriilmiydir.
IMKONIYAT VA VOQELIK – falsafaning muhim kategoriyalaridir. Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendensiyasini ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Voqelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning namoyon bo‘lishidir. Imkoniyat va voqelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga ko‘ra, boshqa kategoriyalar bilan bog‘liqlikda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o‘zida mujassamlashtirgan.
Xulosa qilib aytganda, metodologiya muayyan bir, hatto, «eng muhim metod»ga ham bog‘liq bo‘lmaydi. “Olim hech qachon faqat bitta ta’limotga tayanib qolmasligi, hech qachon o‘z tafakkur metodlarini faqat bitta falsafa bilan cheklab qo‘ymasligi kerak”. Metodologiya alohida metodlarning oddiy yig‘indisi, ularning “mexanik birligi” ham emas. Metodologiya – turli darajadagi usul va tamoyillarning faoliyat sohalari, yo‘nalishlari, evristik imkoniyatlar, mazmunlar, tuzilmalar va hokazolarning murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi.
Ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‘nalishlarda turli-tuman metodlarning murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur metodlar har doim tadqiqotning muayyan shartlari va predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin