Reja: Falsafada rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Qonun tushunchasi. Qonun turlari



Yüklə 62,16 Kb.
səhifə2/17
tarix12.05.2023
ölçüsü62,16 Kb.
#112193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonun va kategoriyalari

2.Falsafaning asosiy qonunlari


Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuniga muvofiq har bir narsa bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan va biri ikkinchisini istisno etuvchi qarama-qarshi tomon va kuchlarga ega bo’lib, ular o’rtasidagi kurash natijasida eskining yo’qolishi va yangining paydo bo’lishi yuzaga keladi.
Ma’lumki, narsalar turli-tumandir. Hamma tomonlari bilan aynan o’xshash bo’lgan ikki narsaning o’zi yo’q. Narsalarning tafovut darajasi ham bir xil emas:
muhim va nomuhim tafovutlar mavjud.
Narsa va hodisalardagi tafovutlar qarama-qarshiliklar asosini tashkil etadi. Qarama-qarshiliklar deb shunga aytiladiki, tabiatdagi narsa va hodisalarda mavjud bo’lgan tomonlar, xossalar va yo’nalishlar bir-birini inkor qiladi, bir vaqtning o’zida bir-birini taqozo ham qiladi. Masalan, magnitdagi shimoliy va janubiy qutblar, elektrning manfiy va musbat zaryadlari, atomdagi tortilish va itarilish, ijtimoiy hayotdagi yovuzlik va ezgulik o’zaro bir-birini inkor etadi va ayni vaqtda biri ikkinchisini taqozo etadi.
Narsa va hodisalarning qarama-qarshi tomonlari o’rtasidagi munosabat ziddiyat deb ataladi. To’qnashuv tushunchasi ziddiyatdan farqli o’laroq, narsa va hodisalarning qarama-qarshi tomonlari keskinlashib, ularning eski chegarada birgalikda yashashi mumkin bo’lmay qolgan holatini belgilaydi. Ziddiyatlar hamma vaqt ham to’qnashuv bilan tugamay, balki alohida sharoitdagina shunday holda bo’lishi mumkin. Mana shu real munosabatlar qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunida aks ettiriladi.
Hamma narsa va hodisalar ichki ziddiyatlarga va bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan tomonlarga ega.
Quyosh sistemasi ham qarama-qarshiliklar birligining murakkab namunalaridan hisoblanadi. Sayyoralar sistemasining markazi hisoblangan Quyosh bilan boshqa sayyoralar o’rtasida shunday aloqadorlik mavjudki, bu aloqadorlik markazga intiluvchi tortishish kuchi va markazdan qochuvchi-itariluvchi kuchlar ta’sirida yuzaga keladi.
Shu qarama-qarshi kuchlar o’rtasidagi kurash Quyosh sistemasining yashashi va rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini belgilaydi.
Agar atomni olsak, bir atom moddasi ham, avvalo, musbat va manfiy elektr zaryadlari, proton va elektron kabi murakkab qarama-qarshi tomonlarning yig’indisidir. Atom yadrosining o’zida tortilish va itarilish kabi qarama-qarshi kuchlar mavjuddir.
Organik dunyodagi rivojlanishni ham qarama-qarshiliklar kurashisiz tasavvur qilish qiyin. Hayotning o’zi shunday zid, qarama-qarshi jarayondirki, unda yaratilish va yemirilish, assimilyatsiya va dissimilyatsiya kabi qarama-qarshi munosabatda bo’lgan tomonlar mavjud. Organizm yashab turgan vaqtda uning hujayralari to’xtovsiz o’lib, o’rniga yangilari paydo bo’ladi. Mana shu ikki qaramaqarshi yo’nalish organizmning yashashi uchun zarur sharoitni yaratadi. Bu jarayonning to’xtashi organizmning halok bo’lishiga olib keladi. Jamiyatda ham o’ziga xos ziddiyatlar mavjud.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni bilish jarayonida ham o’z ifodasini topadi. Ma’lumki, bilish jarayoni bir-biriga uzviy bog’liq bo’lgan hissiy va ratsional bilishdan iboratdir. Hissiy bilish orqali inson narsa va hodisalarning faqat tashqi tomonlari va xususiyatlari to’g’risida ma’lumot oladi, mavhum tafakkur orqali esa ularning ichki munosabatlarini belgilovchi qonuniyatlarni biladi. Bu yerda hissiy va ratsional bilish bir jarayonning ikki ajralmas, ammo bir-biridan farq qiluvchi muhim tomonlaridir.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunining umumiylik xususiyati moddiy dunyodagi hamma narsa va hodisalarga xos ekanligidagina emas, balki ziddiyatlar narsa va hodisalarga, ularning paydo bo’lishidan tortib halok bo’lishigacha boshidan oxirigacha singib ketgan. Bir mohiyatning turli tomonlarini ifodalagani uchun ham qarama-qarshiliklar birligi quyidagi sharoitlarda yuzaga keladi: birinchidan, qarama-qarshiliklar bir narsa va hodisadagina mavjuddir,
chunonchi, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, tafakkurga mansubdir; ikkinchidan, qarama-qarshilik o’zaro bog’liq, biri ikkinchisini taqozo qiladi, biri bo’lmasa ikkinchisi mavjud bo’lolmaydi.

Yüklə 62,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin