Reja: Fe’l so‘z turkumi



Yüklə 39 Kb.
tarix01.06.2023
ölçüsü39 Kb.
#121635
1405604595 55974


Fe’l so‘z turkumi

Reja:



1. Fe’l so‘z turkumi
2. O‘timli va o‘timsiz fe’llar.

1-§. Harakat tushunchasini anglatuvchi so‘zlar fe’l deyiladi. Harakat ma’nosi juda keng tushuncha bo‘lib, o‘ylamoq, xayol surmoq fikrlamoq singar tafakkur, yugurmoq, sakramoq., ishlamoq kabi jismoniy faoliyat, so‘zlamoq, demoq, aytmoq kabi nutq, uxlamoq, mudramoq, kutmoq , kulmoq kabi holat, qurmoq, chizmoq, yasamoq, yaratmoq kabi natijali faoliyat bilan bog‘liq ma’noviy guruhlarga mansub fe’llarni o‘z ichiga oladi. Fe’llar bir umumiy so‘roqqa-nima qilmoq? so‘ro-g‘iga javob bo‘ladi. Fe’llar leksik-grammatik xususiyatlariga ko‘ra ham ikki guruhga bo‘linadi: 1) mustaqil fe’llar; 2) yordam-chi fe’llar.
1. Mustaqil fe’llar lug‘aviy ma’noga ega bo‘lib, nutqiy jarayonda biror gap bo‘lagi vazifasida ishlatiladigan fe’llardir. Mustaqil fe’llar turli grammatik kategoriyalarga birlashadigan sof fe’l va vazifadosh shakllardan tashkil topadi. Masalan: keldim — aniq nisbat, bo‘lishli, xabar mayli, o‘tgan zamon, birinchi shaxs, birlik kabilar muayyan grammatik kategoriyalarni ifodalovchi sof fe’llar hisoblansa; kelgan - sifatdosh, kelgach - ravishdosh, kelish -harakat nomi shaklida ekanligi esa fe’lning vazifadosh shakllaridir.
2. Yordamchi fe’llar mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmay, turli grammatik ma’no va vazifalarni yuzaga chiqarish uchun xizmat qiladigan fe’llardir. Yordamchi fe’llar o‘z xususiyatiga ko‘ra quyidagi turga bo‘linadi: 1) qo‘shma fe’l yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi fe’llar. Masalan:xabar qilmoq, xursand bo‘lmoq, tasdiq etmoq kabi; 2) kesim tarkibida bog‘lama vazifasini bajaruvchi yordamchi fe’llar. Bu vazifadagi yordamchi fe’llarga a) leksik ma’nosini mutlaqo yo‘qotgan sof bog‘lamalar, ya’ni edi, ekan, emish to‘liqsiz fe’llari kiradi; b) leksik ma’nosini tamomila yo‘qotmagan bo‘ladi, bo‘lmaydi, deyiladi, hisoblanadi kabi bog‘lamalar kiradi; 3) fe’llarga birikib, turli qo‘shimcha ma’no ifodalovchi ko‘makchi fe’llar: chiq-o‘qib chiq, qol-uxlab qol kabi.
Fe’llarning bosh shakli uning o‘zak-negiziga –moq affiksini qo‘shish orqali yasaladi: o‘qimoq, ishlamoq, yozmoq, o‘tirmoq, o‘qib chiqmoq, bilib olmoq. Ular lug‘atlarda ham shu shaklda beriladi.
2-§. O‘timli va o‘timsiz fe’llar. Fe’llar undan anglashilgan ish-harakatning narsaga munosabatiga ko‘ra o‘timli yoki o‘timsiz bo‘ladi.
1.Harakatning tushum kelishigidagi ot bilan ifodalangan narsaga o‘tishini bildiruvchi fe’llar o‘timli fe’l deyiladi. Masalan: ol, o‘qi, saqla, tozala fe’llari o‘timlidir.
2.Narsaga bevosita o‘tmaydigan harakatni anglatadigan fe’llar o‘timsiz fe’llardir. Masalan: bor, kel, o‘tir kabi fe’llar o‘timsizdir.
Fellardagi o‘timli yoki o‘timsizlik leksik-semantik va morfologik vositalar orqali ifodalanishi mumkin: a) o‘timli yoki o‘timsizlik fe’llarning leksik ma’nosidan anglashilib turadi. Ya’ni ular affikssiz qo‘llanganda ham o‘timli yoki o‘timsizlikka daxldor bo‘ladi. Masalan: yech, qo‘y, saqla, so‘ra, ko‘r kabi fe’llar o‘timli; bor, o‘tir, uxla, ko‘kar, tur kabi fe’llar esa o‘timsizdir. Fe’l ko‘p ma’noli bo‘lganda o‘z va ko‘chma ma’nosi bilan o‘timli yoki o‘timsiz bo‘lishi mumkin: kitob o‘qiydi- o‘timli, kitobdan yoki maktada o‘qiydi – o‘timsizdir; b) fe’lning o‘timli yoki o‘timsizligi unga qo‘shilib keladigan morfologik vositalar orqali belgilanadi. Bunda nisbat yasovchi affikslar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi: 1) orttirma nisbat affikslari o‘timsiz fe’lni o‘timliga aylantirishi mumkin: oq-oqiz, yur-yurgiz, kel-keltir, ishla-ishlat; 2) o‘zlik va majhullik nisbat affikslari esa o‘timli fe’lni o‘timsiz fe’lga aylantiradi: och-ochil, ko‘r-ko‘rin, tara-taran, tort-tortin. Ba’zan mustaqil fe’l tarkibida nisbat qo‘shimchalari ketma-ket qo‘shilib kelishi mumkin. Bunday holda fe’lning o‘timli yoki o‘timsizligi oxirgi nisbat yasovchi qo‘shimchaga qarab belgilanadi: kel-o‘timsiz, keltir-o‘timli, keltiril-o‘timsizdir.
ADABIYOTLAR



  1. М.Мирзаев, С.Усмонов, И.Расулов Узбек тили. Т., «Укитувчи» 1978.

  2. Ш. Шоабдурахмонов, М.Аскарова, А.Хожиев, И.Расулов, , Х.Дониёров Хозирги њзбек адабий тили. Т., «Укитувчи» 1980.

  3. М.Ирскулов Тилшуносликка кириш. Т., «Укитувчи» 1992.

  4. А.Баскаков, А. Содиков, А.Абдуазизов Умумий тилшунослик. Т., «Укитувчи» 1981.

  5. Х.Неъматов, О.Бозоров Тил ва нутк. Т., «Укитувчи» 1993.

  6. У.Турсунов, Ж.Мухторов, Ш.Рахматуллаев Хозирги њзбек адабий тили.. 1-кисм. Т., «Укитувчи» 1979.
  7. N. Turniyozov A.Rahimov O‘zbek tili (ma’ruzalar matni)


  8. www.ziyonet.uz

Yüklə 39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin