Reja: Fermentlar


Uglerod - uglerod liazalar



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə2/4
tarix17.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#114874
1   2   3   4
Fermentlar tuzilishi

Uglerod - uglerod liazalar uglerod-uglerod bog’larini uzish reaktsiyalarini katalizlab, ko’pincha dekarboksillanish reaktsiyalarini amalga oshiradi.
Misol: oksalatdekarboksilaza (4.1.1.2 - oksalatkarboksiliaza); al’dolaza (4.1.2.7 – ketozo – 1 – 1 - fosfat aldegidliaza).
Uglerod - kislorod liazalar. Bu kichik sinf fermentlari S – O bog’larni uzishga aloqador reaktsiyalarni katalizlaydi.
Misol: fumaratgidrataza (4.2.1.2 - malatgidroliaza).
Uglerod – azot liazalar C – H bog’larni uzadi. Ular malekulardagi dezaminlanish reaktsiyalarini katalizlaydi.
Misol: aspartatammiakliaza (4.3.1.1 - aspartatammiakliaza).
Uglerod – oltingugurt liazalar organizmda desul’furlanish reaktsiyalarini amalga oshiradi.
Misol: tsisteindesul’fgidraza (4.4.1.1 – tsisteinvodorodsul’fidliaza, dezaminlaydigan).
Uglerod – galogen liazalar. Bu kichik sinfga kiruvchi fermentlar uglerod – galogen bog’larini uzadi.
Misol: DDT – dixlorgidraza (4.3.1.1, 1.1.1 – trixlor – 2 – 2 – bis, n – xlorfenil, etangidroxloridliaza).
CH
R-C
C-OH
C-OH
CH
HC
H
O
H
O
+
CH
R-C
C=O
C=O
CH
HC
+
2H2O
Peroksidaza perekis vodorod yordamida polifenolim oksidlanishi natijasida Xinon va suv hosil bo’ladi.
Kofermentlar:- ko’pchillik fermentlarni aktivlashishi uchun zarur bo’lgan quyi molekulyar spetsifik birikmalar kiradi. Hozirgi vaqtda kimyoviy tarkibi va tuzilishi har хil 20 tadan ortiq modda topilgan bo’lib, ular fermentlarning prostetik gruppalari yoki kofermentlar deb ataladi. Kofermentlar nisbatan kichik molekulyar massali organik moddalar. Keyingi tekshirishlar natijasidan kelib chiqib, bir qancha kofermentlar tarkibiga vitaminlar kirishi aniqlandi. V1, V2, V6,
RR, S, biotin, pantotenat kislota, folat kislota, V12, lipoat kislota va boshqalar kiradi. Lekin yog’da eruvchi vitaminlarni kofermentlik hususiyati aniqlanmagan. YUqorida keltirilgan biologik aktiv moddalar fermentlarni aktivligini oshiruvchi kofermentlardir
Fermentlarning aktivligiga nihoyatda kuchli ta`sir qiluvchi ma`lum fizik va kimyoviy omillar bo’lib, ular fermentlarning aktivligini oshirsa – aktivatorlar. Оrganizmda boradigan ko’pchillik fermentativ reaktsiyalarda metallarning ionlari (K+, Na+, Mg+2, Zn+2, Cu+2) va boshqalar aktivator vazifasini bajaradi. Ular, ferment-substrat yoki koferment-apoferment komplekslari hosil bo’lishini osonlashtiradi, natijada reaktsiya tez sodir bo’ladi.
Fermentlarning aktivligini pasaytiruvchi kimyoviy va fizikaviy sharoitlar – ingibitorlar deyiladi. Ingibirlash 2 хil bo’lib: qaytar va qaytmas ko’rinishga ega (tashqi ta`sir). Ingibitorlar - bu elementlar yoki ma`lum moddalar bo’lib, fermentning katalitik funktsiyasini susaytiruvchi oqsil qismini cho’kmaga tushirish natijasida aktivligini susaytiruvchi og’ir metall tuzlari yoki fermentning aktiv qismi bilan kimyoviy bog’ hosil kilish hisobiga susaytiruvchi moddalar kirishi mumkin. Bularga og’ir metallarning ionlari (Hg+2, Pb+2, Ag+, Cu+2 ) va boshqalar ko’pchillik fermentlar uchun ingibitorlik vazifasini o’taydi. Lekin bu moddalarni past kontsentratsiyasi aktivatorlik vazifasini o’taydi. Ingibitorlarni eng kuchlisi tsianid ioni (CN-) hisoblanadi.
Fermentlar kimyoviy reaktsiyalar tezligini oshiradi, shuning uchun anorganik katalizatorlarni eslatadi. Bu biokatalizatorlar anorganik katalizatorlardan farqi, fermentlar ―yumshoq‖ sharoitda (past tempiratura, normal bosim, ma`lum rN qiymatga ega bo’lgan muhit sharoitida ) eng yuqori aktivlikka ega. Masalan temir ionlari vodorod peroksidni suv va kislorodgacha parchalaydi. Tarkibida temir tutuvchi katalaza fermenti esa bu substratni 10 milliard marta katta tezlikda parchalay oladi.
Biologik manbalardan ajratib olingan fermentlar alohida sharotida saqlanganda, uzoq vaqtgacha o’z aktivligini yo’qotmaydi. Ularning bu hususiyati meditsina, sanoat va хalq хo’jaligining turli sohalarida keng foydalanishga imkon beradi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin