Filtrlashni nazariy asoslari
Reja:
1. Filtrlashni amalgam oshirish shartlari.
2. G’ovak to’siqlar tasnifi va tavsifi.
3. Filtr qurilmalar tavsifi.
4. Filtrlab sterillashda ishlatiladigan g’ovak to’siqlar.
Filtrlash deb qattiq va suyuq fazalarning bir-biridan suyuqlikni o’tkazuvchi va qattiq zarrachalarni ushlab qoluvchi g’ovaksimon to’siqlar yordamida ajratilishiga aytilad.
Ajratilayotgan qattiq zarrachalar o’lchamigako’ra filtrlashning quyidagi turlari mavjud:
-yirik -50 mkm dan katta bo’lgan qattiq zarrachalarni ajratish uchun;
-mayda – 50 dan 5 mkmgacha bo’lgan zarrachalar va ba’zi mikroorganizmlarni ajratish uchun;
-mikrofiltrlash(sterillovchi filtr) -0,02mkm dan 5-10mkm gacha bo’lgan mikroorganizmlar va boshqa zarrachalrni ajratish uchun;
-ultrafiltrlash-0,1-0,001mkm bo’lgan pirogenlar va mikrozarrachalarni ajratish uchun;
-giperfiltrlash(teskari olmos) molekulyar darajada molekulyar massasi 500 dan kam bo`lmagan va 0.0001 dan 0.001 mkm gacha bo`lgan moddalarni ajratish uchun;
Filtr to`siqlar yuqori va pastki qismidagi bosimlarning farqi filtrlash jarayoning xarakatlantiruvchi kuchi deb xisoblanadi.Bosimlar orasidagi farq (∆P) turli xil usullarda yuzaga keltirilish mumkin:
- suyuqlik qatlamining balandligi;
-suyuqlik nasoslarining qo`llanishi (∆P→0.5 mPa)
-siqilgan gaz yuborilishi (∆P→0.05-0.3 mPa)
-filtirlovchi to`siq ostida vakum xosil qilish (∆P→0.05-0.09 mPa)
-markazdan qochma kuch ta’sirini qo`llash.
Agar to`siqlar g`ovagida suyuqlik bosimi laminar bo`lib, suyuqlik bir-xil qalinlik va uzunlikdagi juda ko`p kapilyarlar orqali o`tkazilishi faraz qilinsa, filtirlash jarayoniga ta’sir etuvchi omillar orasidagi bog`liqlik Puazeyl tengligi bilan ifodalanishi mumkin;
F∙z∙π∙r³·r·∆P ∙τ
V= ;
8∙η·l
Bunda:
V-oqib chiqayotgan suyuqlik hajmi, m³;
F-filtr yuzasi,m²;
z- 1 m² ga to’g’ri keladigan kapilyarlar soni;
r-kapilyarlarning o`rtacha soni,m;
∆P-filtr to`siqlar yuqori va pastki bosimlarining farqi,H/m²;
τ-filtrlash vaqti,s;
η-filtratning absolyut qovushqoqligi,H·s/m²;
l- kapilyarlarning o`rtacha uzunligi,m;
Puazeyl tenglamasidan filtrlash tezligini keltirib chiqarish mumkin.Filtirlash tezligi, ya’ni vaqt birligi ichidagi maydon birligiga to`g`ri keladigan filtrate miqdori bosimlar farqiga to`g`ri,cho`kma qarshiligiga esa teskari mutanosibdir.
Filtirlashga ta’sir etuvchi omillarning asosiylari quyidagilardir;
-filtr to`siqning xossalari;
-filtr to`siqlarni yuqori va pastki qismlaridagi bosimlarining farqi;
-filtrlanayotgan sistemalarning qattiq kompanentlari xossalari (konsentratsiyasi va zarrachalar o`lchami, ularning siqilishi va hokazo);
-filtr to`siqning filtrat o`tishiga qarshiligi;
-filtrda filtratning o`tishiga cho`kmaning qarshiligi;
-filtratning qovushqoqligi;
-harorat;
Dostları ilə paylaş: |