Reja: “Folklor va o‘yinlar asosida bolalar ijodkorligini rivojlantirish” modulining mazmun va mohiyati



Yüklə 52,81 Kb.
səhifə4/7
tarix18.05.2023
ölçüsü52,81 Kb.
#116222
1   2   3   4   5   6   7
7. bolalarni folklor qoshiqlari

TOPIShMOQLAR
Topishmoqlar hajmi va shakliga ko‘ra maqollarga o‘xshaydi. Ba’zan mazmuniga ko‘ra ham yakinlik seziladi. Ammo yaratilish maqsadi boshqa hisoblanadi. Janrning nomlanishiga e’tibor bering. “Top” so‘zining talaffuz etilishidanok o‘yla, axtar, solishtir, izla ma’nolari yetakchilik kiladi. Unga “ish” qo‘shimchasi qo‘shilganda, vazifa aniqlashadi: “-mok” harakat nomi kushimchasidan keyin “kulingdan kelsa”, “eplasang”, “uddalay olsang” tushunchalari ifodalanadi. Topishmoqlarning qo‘yidagi janr xususiyatlari bor:
1. Hajm jihatdan qisqa va ixcham.
2. Shaklan she’riy, nasriy ko‘rinishga ega.
3. Yaratilish maksadida matnda yashiringan narsani topish vazifasi qo‘yiladi.
4. Mazmunida hayvonot, o‘simlik, koinot, maishiy hayotdagi narsalarning hususiyatlari yashirin tarzda ifodalanadi, uni topishga da’vat etiladi.
5. Topilishi lozim bo‘lgan narsa, ko‘pincha, bitta, ba’zan ikki va undan ortik mikdorga ega buladi.
6. Topishmoqlarda qo‘llangan asosiy badiiy san’at istiora (metafora) hisoblanadi.
Topishmoqlarda topilishi lozim bo‘lgan narsaning shakli, hajmi, rangi, vazifasi va shu kabi hususiyatlari haqida ma’lumot beriladi, ammo bu belgilar istiora san’atidan foydalanilgan holda boshka narsa bilan bog‘lanadi.
Masalan:
Kopcha, qopcha ichida uncha,
Uncha ichida ustuncha.
Bu mantda yashiringan narsaning uchta belgisi uchta istiora vositasida berilgan. Demak, uning shakli qopga, ichidagi qismi unga o‘xshatilmokda. Fakat un o‘rtasida ustuni ham bor ekan. Topishmoqni topayotgan odam matnda jiyda haqida gap ketayotganini topsa, fikriy musobaqada yenggan bo‘ladi. Qo‘pincha, yashiringan narsaning fakat ko‘rinishi, xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi, lekin hech narsaning nomi qayd etilmaydi. Bunday vaziyatlarda izlovchi shaxs faqat o‘zi bilgan narsalarga xos belgilarni eslab yechimni topishi mumkin.
Ozzi ola alomat,
Ichi qizil qiyomat,
Suv sepsam, guruch chiqar,
Yo aluazar, salomat.

Bu topishmoqda “alomat”, “kiyomat”, “salomat” so‘zlari asosan qofiya hosil qilish uchun keltirilganini bilishimiz kerak. Endi yashiringan narsaning og‘zi borligiga, bu og‘izning ko‘rinishi ola ekaniga, ichi qizilligiga, uning ichida suv sepiladigan narsa bo‘lishiga diqqat qilamiz. Suv sepsagu u narsa quruq chiqsa, demak “qizil qiyomat” olov bulishi mumkin.


Shundan so‘ng nimaning ichida olov bo‘lishini esga olamiz. Va yashiringan narsa tandir ekanini topamiz. Ammo baribir topishmoqning javobini topish oson emas. Topishmoqni topish uchun uning yaratilishida muallif bo‘lgan noma’lum shaxsdek fikr yuritish usulini izlash kerak. Agar har bir topishmoqning zaminida muayyan fikriy kashfiyot yotishini nazarda tutsak, uni topadigan shaxs ham aynan shu yangilikni boshqa yo‘l bilan kashf qilishi kerak bo‘ladi. Binobarin, u ham muallif hayot tajribasiga, kuzatish nuktai nazariga, fikr yuritish yo‘nalishiga ega bo‘lishi lozimligi sabab juda murakkab tarzda muloxaza yuritish jarayonini boshidan kechiradi.
Topishmoqlardagi savollar tizimi hususiyatlarni sanash tarzda amalga oshirilar ekan, hayratomuz qarama-qarshi muloxazalarga duch kelamiz. Masalan: “Qo‘lsiz, oyoksiz eshik ochar”, “U yokka o‘tdim - bildingmi, bu yoqqa o‘tdim - bildingmi, Oq kuvrayning boshini, chertib o‘tdim - bildingmi?” topishmoqlarida hayron qolishga majbur qiladigan muammolar juda qo‘pga o‘xshaydi. Xususan, bizni qanday qilib qo‘l bo‘lmasa, oyok bo‘lmasa eshik ochish mumkin, axir eshik o‘zi nima bilan ochiladi? - degan savol o‘ylantiradi. Ikkinchi namunada esa nahotki u yoqdan bu yoqqa o‘tgan narsani men sezmasligim mumkin? U narsaga oq quvray - cho‘l-dashtda o‘sadigan yovvoyi o‘tning nima aloqasi bor? Yoki nega chertadi, o‘zmaydi yoki boshqa narsa qilmaydi, - degan savollar qiynaydi. Bu savollarga javob topish uchun biz savol bergan odamning fikr yuritish usulidan foydalanishimiz lozim buladi.
Shundagina har ikki savolning javobi shamol ekanini topamiz. Ammo masalaning og‘irligi shundaki, ba’zi topishmoqlarda bayon qilingan ta’rifdan foydalanib qanday yunalishda mulohaza yuritish lozimligini aniqlay olmaymiz. Quyidagi matnga diqqat qiling:
Bir yarim quyon,
Uch tulki,
Tuqqiz sigir,
Besh echki,
O‘n ikki tuya,
O‘n yilgi.
Bu topishmoqda odamning hayolini raqamlar egallaydi. Nega quyon bir yarim yoki tuya o‘n ikki bo‘lishi kerak, deb o‘ylaymiz. Keyin raqamlarni qo‘shib biror natijaga erishmokchi bo‘lamiz. Aslini olganda esa, muammo oyni aniklash bilan yechiladi. Ya’ni quyon bir yarim, tulki uch, sigir to‘qqiz, echki besh, tuya o‘n ikki, yilki o‘n oyda tugadi. Biz chorva, mol bokish bilan shug‘ullangan bo‘lsak, topishmoqni topish osonrok kechadi. Juda bo‘lmaganda qayd qilingan xayvonlarning necha oyda tug‘ishini bilib olamiz.

Yüklə 52,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin