17-8-rasm. Real gazlarda ning R ga bog’liqligi. Gaz miqdori o’zgarsa, uning bosimi o’zgaradi. Barcha gazlar uchun nisbat bir xil, 8,314 J/(mol • K) qiymatga keladi, bunda biz gazning solishtirma og’irligini va shuning bilan birga bosimini kamaytiramiz. Bu qiymat universal gaz doimiysi R dir.
IZOTERMIK JARAYON. BOYL-MARIOTT QONUNI.O‘zgarmas temperaturada boradigan jarayon izotermik jarayon deyiladi.
Gaz hajmining bosimga bog‘liqligini angliyalik olim R. Boyl (1627—1691) va fransiyalik olim E.Mariott (1620—1684), bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda, 1667 yilda eksperimental tarzda topdilar.
Boyl-Mariott qonuni:temperatura o‘zgarmas bo‘lganda berilgan massali gaz uchun gaz hajmining bosimga ko‘paytmasi doimiy kattalikdir:
PVqconst ( mqconst; Tqsonst da).
5-rasm
Gazning ixtiyoriy ikki holati uchun Boyl-Mariott qonunini P1V1 = P2V2 yoki PV= P0V0 ko‘rinishda yozish mumkin. Bu yerda V0— normal bosim (Po=1,01• 105 Pa) da berilgan gaz massasining hajmi. R, V koordinatalarda izotermik jarayon grafigi egri chiziqdan iboratdir. Bu egri chiziq izoterma deb ataladi.
Temperatura oshishi T2>T1, Tz>T2 bilan izoterma yuqoriga ko‘tariladi.
IZOBARIK JARAYON. GEY-LYUSSAK QONUNI. Doimiy bosimda gaz holatining o‘zgarishiga izobarik jarayon deyiladi. Agar gaz hajmi T0=273 K temperaturada V0, Ttemperaturada esa V bo‘lsa, u holda gazlarning hajmiy kengayish koeffitsiyenti
formula bilan aniqlanadi.
Gazlarning issiqlikdan kengayishini o‘rgana turib, fransiyalik olim Gey-Lyussak (1778—1850) 1802-yilda doimiy bosimda gazlarning issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti hamma gazlar uchun bir xil va u
ga tengligini aniqladi.
Bu Gey-Lyussak qonunini ta’riflash imkonini beradi: doimiy bosimda gazlarning ayrim massasini 1 K ga qizdirishda bu gazning hajmi To=273 K dagi gazning hajmidan 1/273 ga oshadi.
Qonundan ko‘rinib turibdiki, T0temperaturadagi gazning hajmi V0ni bilgan holda, T temperaturadagi gazning hajmi V ni aniqlash mumkin:
V = V0(1+βΔT). T0=273 K, β =(1/273)K-1ekanligini hisobga olgan holda, ixtiyoriy temperaturadagi gazning hajmi
V = V0βT (1)
ga tengligi topiladi va bu tenglamani quyidagicha yozish mumkin:
V/V0= T/Т0 Doimiy bosimda gaz hajmining temperaturaga bog‘liqlik grafigi 6-rasmda berilgan.