Ideal gaz qonunlari [1] 569-571
[2] 507-514
Solishtirma og’irliklari kichik bo’lgan gazlarning xossalari ideal gaz temperatura shkalasini aniqlashga olib keldi. Bunday gazni temperaturani doimiy saqlagan xolda siqsak, bosim oshishiga olib keladi. Xuddi shunday, agar doimiy temperaturada gaz kengaytirilsa, uning bosimi oshadi. Gaz xajmi gazning bosimi va temperaturasiga bog’liq. Doimiy temperaturada gaz xajmining bosimiga ko’paytmasi o’zgarmasdir. Bu natija eksperimental tarzda Robert Boyl (1627-1691) tomonidan aniqlanib, Boyl-Mariott qonuni sifatida ma`lumdir:
PV =const (doimiy temperaturada)
Bu doimiy temperaturada gazning yoki bosimi, yoki xajmi o’zgarganida boshqa kattaliklari ham o’zgarishini, biroq bunda PV ko’paytma doimiy qolishini bildiradi. 17-4 formulaga ko’ra doimiy xajmda kichik zichlikli gazning absolyut temperaturasi uning bosimiga proportsionaldir. Bundan tashqari doimiy bosimda kichik zichlikli gazning absolyut temperaturasi uning xajmiga proportsionaldir. Bu natijalar eksperimental tarzda Jak CHarlz (1746-1823) va Jozef Gey-Lassak (1778-1850) tomonidan aniqlandi. Biz bu ikkita natijani
PV =RT 17-6
deb birlashtirishimiz mumkin. Bu yerda R musbat qiymatga ega bo’lgan doimiydir. Biz quyida bu doimiy gaz molekulalari soniga proportsional bo’lishini ko’rishimiz mumkin. Aytaylik, bir xil xajmli ikkita idishda bir xil temperatura va bosimda bir xil gaz bo’lsin. Bu ikkala idishni bitta sistema kabi qarasak, ikki marta oshgan xajmda gazning miqdori ikki baravar oshadi, biroq temperatura va bosim o’zgarmaydi. SHunday qilib, gaz miqdorini ikki marta oshirgan xolda ni ikki marta oshirdik. Biz bu formuladagi R ni gaz molekulalar sonini doimiyga ko’paytirib R ifoda etish mumkin. U xolda 17-6 formula quyidagi ko’rinishga keladi:
PV = T 17-7
bu yerdagi doimiy Bol tsman doimiysi deyiladi. Eksperimental aniqlanishicha bu doimiy barcha gazlar uchun bir xil qiymatga ega:
=1,38 • 10-23J/K=8,617 • 10-5 eV/K 17-8
Ko’pincha gaz miqdori molda ifodalanadi. Bir mol gazdagi molekulalar soni Avogadro soni NA deyiladi. Bir mol 0,012 kg uglerod-12 da mavjud bo’lgan atom va molekulalar soniga ega modda miqdori kabi aniqlanadi. Avogadro soni:
NA = (6,022045 ± 0,000031) • 1023 mol -1, yoki NA = 6,02 • 1023 mol -1 17-9
Mol ta`rifiga ko’ra bir moldagi moddaning grammlar soni moddaning molekulyar massasiga teng.
Bir mol moddadagi molekulalar soni:
N = nNA 17-10
U xolda 17-7 formula
PV = nNAkT = nRT 17-11
ko’rinishga keladi. Bu yerda R= NAk ga teng bo’lib, universal gaz doimiysi deyiladi. Universal gaz doimiysining qiymati barcha gazlar uchun bir xildir.
R = = 8,314 J/(mol • K) = 0,08206 l • atm/( mol • K) = 1,986 kal/mol • K). 17-12
17-8-rasmda bir necha gazlar uchun ning bosimga bog’liqligi ko’rsatilgan. Barcha gazlar uchun nisbat bosimning katta qismida o’zgarmasdir. Grafikda katta farqni ko’rsatayotgan kislorod ham 0 va 5 atm orasida 1 foizgagina o’zgaradi. Ideal gaz barcha bosimlarda doimiy qolgan gaz kabi aniqlanadi. Ideal gazning bosimi, xajmi va temperaturasi bir-biriga bog’liqdir:
PV= nRT 17-13 (ideal gaz qonuni)
17-13-tenglama uchta P, V va T o’zgaruvchilarni bog’lab, ideal gaz qonuni yoki ideal gaz xolat tenglamasi deyiladi. Bu kichik solishtirma og’irlikli (shuning uchun kichik bosimli) real gazlarni ham ifoda etishi mumkin. Agar yuqori solishtirma og’irlikli gazlar qo’llanilsa, formulaga tuzatma kiritish kerak. 20-bobda shunday tuzatishlar kiritiladigan Van-der-Vaal s tenglamasi muhokama qilinadi. Ixtiyoriy zichlikli berilgan miqdorli gaz uchun P, V va T larni bog’lovchi xolat tenglamasi mavjuddir. SHunday qilib, berilgan miqdordagi gaz xolati uchta o’zgaruvchining ixtiyoriy ikkitasi qiymati bilan to’liq aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |