Tarmoqning turi
|
Ulanish tezligi
|
Trafik
|
Izoh
|
X.25
|
1,2-64 Kbit/s
|
Terminalli
|
Juda ko’p turli xildagi protokollarga ega, past sifatli kanallarda yaxshi ishlaydi
|
Frame Relay
|
64-Kbit/s dan
2 Mbit/s gacha
|
Kompyuterli
|
Trafikdagi pulsatsiyalarni yaxshi uzata oladi, asosan doimiy virtual kanallarni hosil qilishda ishlatiladi
|
SMDS
|
1,544-45 Mbit/s
|
Kompyuterli, grafika, ovoz, video
|
Qiyoslaganda yangi tarmoq, Amerikaning katta shaharlarida tarqalgan, keyinchalik uning o’rniga ATM tarmog’i ishlatila boshlagan
|
ATM
|
1,544-155 Mbit/s
|
Kompyuterli grafika, ovoz,video
|
Yangi tarmoq, 1996 yildan boshlab tijorat maqsadida qo‟llanila boshlagan, asosan kompyuter trafigini uzatish uchun foydalaniladi
|
TCP/IP
|
1-2 Kbit/s
|
Terminalli, kompyuterli
|
Internet tarmog’i
|
Ushbu jadvalda keltirilgan X.25, Frame Relay va SMDS global kompyuter tarmoqlari texnologiyalaridan, kompyuter tarmoqlari rivojlanish bosqichlarining ma’lum bir davrlarida samarali foydalanilgan. Hozirda esa, tarmoqlar orqali barcha xildagi trafikni uzatib bera olish imkoniyatiga ega bo’lgan ATM (Asynchronous Transfer Mode – uzatishning asinxron rejimi) va TCP/IP texnologiyalaridan foydalanilmoqda. ATM va undan avval ishlab chiqilgan X25 va Frame Relay texnologiyalarining tuzilishlari, 1-rasmda keltirilgan tuzilishga ega bo’lib, ular ma’lum bir xudud chegarasida joylashgan kompyuterlar va lokal kompyuter tarmoqlarini o’zaro birlashtirish uchun ishlab chiqilgan edi. Ushbu texnologiyalar ulargagina xos bo’lgan – adreslash tizimiga va ma’lumotlarni uzatish birliklariga ega bo’lgan. TCP/IP tarmoqlaridan boshlab IP-adreslash tizimi asosida ishlovchi va ma’lumotlarni uzatish birligi sifatida Ethernet texnologiyasi kadrlaridan foydalanuvchi tarmoqlar qo’llanilmoqda. Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlarni uzatish tezliklari, ushbu texnologiyalarning dastlabki ishlab chiqarilgan variantlariga tegishlidir. ATM texnologiyasining keyingi ishlab chiqilgan variantlarida ma’lumotlarni uzatish tezligi 2-10 Gbit/sek-larga etkazilgan. Turli xildagi marshrutizatorlar va birlamchi tarmoqlar yordamida qurilgan, hozirda keng qo’llanilayotgan - IP texnologiyasi asosida ishlayotgan global tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish tezliklarini yanada oshirish imkoniyatlari paydo bo’lmoqda.
Korporativ tarmoqlarni qurish uchun foydalaniladigan global tarmoqlar ikkita katta guruhga bo’linadi:
1. Magistral tarmoqlar.
2. Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini beradigan tarmoqlar yoki qisqacha ulanish tarmoqlari.
Territorial magistral tarmoqlardan (backbone wide-area networks) korxonaning katta bo’limlariga tegishli bo’lgan yirik lokal tarmoqlarni bir maromda ishlashini ta’minlash maqsadida birlashtirish uchun foydalaniladi.
Magistral tarmoqqa odatda, ko„p sonli tarmoq osti tarmoqlari (subnets) ulanganligi sababli, uning o’tkazish qobiliyati ancha yuqori bo’lishi kerak bo’ladi (2-rasm).
2-rasm. Korxona global tarmog’ining tuzilishi.
Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini beradigan tarmoqlar deganda, katta bo’lmagan lokal tarmoqlarni va alohida ishlaydigan kompyuterlarni, korxona markaziy tarmog’i bilan bog’laydigan territorial tarmoqlar tushuniladi.
Bunda ishlatiladigan dasturiy va apparat vositalar uzoqdan turib ulanish vositalari deyiladi. Ulanuvchi, ya’ni mijoz tomonidan bunday vositalar sifatida modem va unga kerak bo’ladigan dasturiy vositalar qo’llaniladi. Ko’p sonli ulanuvchilar ishini, markaziy lokal tarmoq tomonidan uzoqdan turib ulanish serveri RAS (Remote Access Server) ta’minlab beradi. Bu server – marshrutizator, ko’prik va shlyuz vazifalarini bajaruvchi dasturiy-apparat kompleksdan iborat bo’ladi.
Tarmoqlardan iborat bo’lgan tarmoqning, ya’ni Internetning arxitekturasi 3-rasmda keltirilgan ko’rinishga ega bo’ladi. Tarmoqlar orasidagi bog’lanishlar marshrutizatorlar yordamida amalga oshiriladi.
3-rasm. Tarmoqlardan iborat bo’lgan tarmoq arxitekturasi – ya’ni Internet tarmog’i
Savol va topshiriqlar:
1. Global kompyuter tarmog’ini ishlash prinsipini tushuntirib bering.
2. Globval tarmoqda qanday aloqa kanallari ishlatiladi?
3. Internetda qanday bayyonnomalardan foydaniladi?
4. Tarmoqlardan iborat tarmoq arxitekturasini tushuntirib bering.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |