Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash sohasida O`zbekiston Respublikasi qonunlari


Soxaga doir O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari



Yüklə 23,94 Kb.
səhifə3/6
tarix09.05.2023
ölçüsü23,94 Kb.
#110181
1   2   3   4   5   6
Reja

2. Soxaga doir O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining
qarorlari.

Respublikamiz xukumati tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil
topgan kundan e`tiboran aholi xavfsizligini kafolotlovchi, fuqarolar mas`uliyati
va jamiyat taraqqiyotining huquqiy zaminini belgilovchi bir qancha me`yoriy
hujjatlar qabul qilindiki, ular o`z navbatida favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish sohasidagi faoliyatni oydinlashtirib berishga qaratilgandir. Bu hujjatlar
jumlasiga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
Favqulodda vaziyatlar vazirining xar o`quv yiliga qabul qiladigan tashkiliy
ko`rsatmalari ham kiradi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 11 aprelda qabul
qilingan 143 – sonli “O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar
vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to`g’risida”gi, qarorida
O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to`g’risidagi nizom va
uning tuzilmasi to`g’risida so`z yuritilgan.
O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi avariyalar,
halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarning
oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi ishlarga rahbarlikni
hamda ularni muvofiqlashtirib borish ishlarini amalga oshiruvchi davlat
boshqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlik tarkibida Vazir (xay`at raisi), lavozimi bo`yicha vazir o`rinbosarlari,
vazirlikning hamda unga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning,
shuningdek boshqa vazirliklar va idoralarning rahbar xodimlari bo`lgan 9
kishidan iborat xay`at tuzilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakolatiga
kiritilgan muhim muammolarga oid tavsiyanomalarni ko`rib chiqish va
tayyorlash uchun ilmiy texnika kengashi tashkil etilgan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 23 dekabrda
qabul qilingan 558-sonli “O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda
ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) to`g’risida”gi qarori.
FVDT boshqaruv organlari, Respublika va mahalliy xokimiyat organlarini,
aholini va xududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini xal
etish vakolatiga kiradigan korxonalar va muassasalarning kuch va vositalarini
birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish
sohasidagi tadbirlarni tashkil etish, amalga oshirish, ular yuzaga kelganda aholi
xavfsizligini, atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tinchlik va harbiy
davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni ta`minlashga mo`ljallangan.
Qarorda FVDTning vazifalari, tarkibiy tuzilmasi, FVDT rahbar va kundalik
boshqaruv organlari, kuch va vositalari, moliyaviy va moddiy resurslar
zahiralari, xabar berish, aloqa boshqaruv tizimlari, faoliyat rejimlari keng, aniq
va ravshan yoritib berilgan. FVDT boshqaruv organlarining respublika, mahalliy
va ob`ektlar darajasidagi vazifalari belgilangan. Qarorga FVDT funktsional quyi
tizimini tashkil etuvchi vazirlik va idoralar ro`yxati ilova qilingan bo`lib,
ulardan har birining favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi
vazifalari keltirilgan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi
455-sonli «Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning
tasnifi to`g’risida»gi
qarori mamlakatimiz hududida sodir bo`lishi mumkin
bo`lgan barcha favqulodda vaziyatlar kelib chiqish xarakteriga va o`lchamlariga
ko`ra tasniflab berilgan.
Aholini va rahbarlar tarkibini favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilishga tayyorlash masalalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1998 yil 7 oktyabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi
aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi
to`g’risida»
gi 427-sonli qarorida bayon qilib berilgan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1994 yil 12 aprelda qabul
qilgan «Toshqin, sel oqimlarini oqizib yuborish va ko`chki hodisalari bilan
bog’liq bo`lgan halokatli oqibatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish
chora-tadbirlari to`g’risida»gi
201-sonli qarorida sel, toshqin, o`pirilish va
ko`chkilar tufayli yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarning talofotsiz bartaraf
etishga oid masalalar yoritilgan. Bunday xususiyatli favqulodda vaziyatlar har
yili takrorlanib turgani bois O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shu
mazmunda bir qator qarorlar qabul qilgan. 2001 yil 16 martdagi 132-sonli va
2002 yil 26 martdagi 96-sonli, 2003 yil 7 martdagi 124-sonli qarorlar shular
jumlasidandir.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasining 1996 yil 18 yanvarda
qabul qilgan 32-sonli «O`zbekiston Respublikasida odamlar va hayvonlarning
kuturish kasalligiga qarshi kurashni xuchaytirish chora-tadbirlari to`g’risida»gi
qarori ushbu maqsadlarda samaradorlikni oshirish, shuningdek aholi. yashash
joylarida it, mushuk va boshqa uy hayvonlarini saklashni tartibga solish
maqsadida qabul qilingan.
Qarovsiz qolgan it, mushuk va boshqa hayvonlarni tutish hamda qirib tashlash
va ularni tayyorlov tashkilotlariga foydalanish uchun etkazib berish vazifasi
shaharlarda O`zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko`rsatish vazirligiga,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent
shahar Hokimliklariga hamda O`zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat
ko`rsatish vazirligining joylardagi korxonalariga, qishloq joylarda O`zbekiston
Respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligiga, uning veterinariya xizmati
organlariga, o`zini-o`zi boshqarishning mahalla, ovul va shaharcha organlari
(fuqarolar yig’ini)ga yuklatiladi.

Yüklə 23,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin