Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo`yicha
texnik xodimlarning javobgarligi. Korxonalarda ishlovchilarga xavfsiz va sog’lom mehnat sharoitini
yaratish bo`yicha ishlarni tashkillashtirish, baxtsiz hodisalar va kasbiy
kasalliklarni oldini olish mehnat muhofazasi xizmatiga yuklanadi. Bu xizmat
korxonada mustaqil tizimiy bo`linma bo`lib, bevosita boshliqqa yoki bosh
muhandisga bo`ysunadi. O`z ishini korxona rahbari yoki bosh muhandisi
tasdiqlagan reja bo`yicha boshqa bo`linmalar ya`ni, davlat nazorati mahalliy
organlari texnik inspektsiyalari hamkorligida amalga oshiradi.
Mehnat muhofazasi xizmati quyidagi funktsiyalarni bajaradi: 1. ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasbiy kasalliklarni ahvoli va
sabablarini tahlil etish, tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda ishlab
chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklarni oldini olish bo`yicha
tadbirlarni ishlab chiqadi va ularni bajarilishi haqida maslahatlar beradi; 2. korxona bo`linmalari ish joylaridagi sanitar texnik holatni portlashni
amalga oshirish bo`yicha ishlarni tashkil etadi; 3. korxonaning tegishli xizmatlari bilan hamkorlikda mehnat sharoitini,
mehnat muhofazasini yaxshilashning kompleks rejasini, tuzadi, ko`rib chiqadi
sanitariya sog’lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi. 4. saqlash qurilmalarini va xavfli ishlab chiqarish omillaridan
himoyalovchi boshqa vositalarini konstruktsiyalarini qayta ishlash va joriy etish
bo`yicha korxona rahbariyatiga takliflarini kiritadi; 5. mehnat muhofazasi bo`yicha ilmiy ishlanmalar va mehnat xavfsizligi
standartlarini amalga kiritish ishlarida ishtirok etadi; 6. korxonani tegishli xizmatlari bilan hamkorlikda va kasaba qo`mita
faollari ishtirokida binolar, inshootlar, uskunalarining texnik holatini tekshiradi (yoki tekshirishda qatnashadi), shamollatish sistemalari ishi samaradorligini
sanitar-texnik qurilmalar va sanitar maishiy xonalar holatni tekshiradi; 7. maxsus kiyimlar, maxsus uskunalar va boshqa shaxsiy himoya
vositalari hamda mehnat muhofazasi bo`yicha tadbirlarni amalga oshirish
uchun zarur materiallar va uskunalarga o`z vaqtida to`g’ri buyurtmalar
tuzilishini nazorat qiladi; 8. korxona bo`linmalariga ishlab chiqarishda atrof muhit holatini nazorat
qilish bo`yicha yordam ishlarini tashkil etadi; 9. ishlab chiqarishga mo`ljallangan ob`ektlarni, uskuna va mashinalarni
rekonstruktsiyadan so`ng qabul qilish ishlarida ishtirok etadi, sog’lom mehnat
sharoitini taminlash bo`yicha talablarni bajarilishini tekshiradi; 10. kirish yo`riqnomasini o`tkazadi va mavjud me`yoriy hujjatlar va
mehnat muhofazasi masalalari bo`yicha ishlovchilarni o`qitishni
tashkillashtirishga yordam beradi; 11. attestatsiya komissiyasi va mehnat muhofazasi qoidalari va me`yorlari
texnika xavfsizligi yo`riqnomalari bo`yicha mutaxassislarni bilimini tekshirish
komissiyasida ishtirok etadi. Mehnat kodeksida bo`linmalarda mehnat xavfsizligini taminlashni tashkil
etish ularning rahbarlariga yuklatilgan. Ish joylarida mehnat muhofazasi
bo`yicha umumiy javobgarlik korxona rahbariga, uning yo`g’ida esa bosh
muhandisga yuklatiladi.
Korxona kasaba qo`mitalari tarkibida mehnat muhofazasi bo`yicha
komissiyalar mavjud bo`lib, har bir kichik guruhda mehnat muhofazasi bo`yicha
jamoatchi instruktor saylanadi. Mehnat muhofazasi bo`yicha komissiyalar ishlab
chiqarish madaniyati va mehnat muhofazasi ahvolini jamoat tartibida ko`rib
chiqadi, mehnat muhofazasi bo`yicha ma`muriyat va kasaba uyushmasi
o`rtasidagi shartnoma loyihasini tayyorlashda ishtirok etadi, ma`muriyat
tomonidan ushbu shartnomasi va mehnat haqidagi qonunchilikni nazorat qiladi.
Bo`linmalarni jamoatchilik inspektorlari mehnat muhofazasini bevosita ish
joylarida nazoratini amalga oshiradi