Noyob va yo’qolob borayotgan hayvonlarni asrashga qaratilgan dastur va loyihalar
Mavzu:Noyob va yo’qolob borayotgan hayvonlarni asrashga qaratilgan dastur va loyihalar
Reja:
1. Hayvonlar xilma-xilligi va ahamiyati.
2. Noyob va qirilib borayotgan organizmlar.
3. O‟zbekiston hayvonlari.
.
Hech bir inson dinozavrlarning yo‟q bo‟lib ketish sababini aniq dallillar bilan aytibberolmaydi. Bir narsa aniqqi, inson faoliyati va tabiatga ta‟siri dinozavrlardan keyin paydo bo‟ldi. Bugun boshqacha hayot. Yo‟qolib borish arafasidagi turlar soni oshmoqda. 1980 yildan 2000 yilgacha AQSH da 40 ga yaqin o‟simlik va hayvon turlari yo‟q bo‟lib ketdi. Sababi, insoniyatning yer yuzini katta maydonlarini egallashi va o‟zlashtirish, ehtiyojlarini qondirishi hisobiga turlar soni kamayibketmoqda. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, biologik xilma-xillik Yeryuzida barcha ekotizimlarda mavjud. Biron bir turning yo„qolishiyoki kamayib ketishi har xil tur populyatsiyasi uchun noqulaylik keltiribchiqaradi, zero, turlar doimo bir-biri bilan turlichao„zaro bog„langan. Suv ekotizimi va quruqlik ekotizimlarida turlar xilmaxilligini saqlash hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri bo„lib qolmoqda.Tabiat resurslaridan oqilona foydalanmasligimiz oqibatida, qanchadanqancha turlar va notirik komponentlar xavf ostida qolayapti. Tabiatning chiroyli manzarasi, ko„rkam go„shalari, o„zining hayvonot va o„simlik olamining g„aroyibotligi bilan ajralib turuvchi biosferani saqlash har birimizning insoniylik burchimizdir. Biologik xilma - xillik tropik o„rmonlarda, ya‟ni doimiy namiqlimli hududlarda, jumladan, Ekvadordagi Yasuni milliy bog„ida yuqoribioxilma-xillik mavjud. Quruqlik bioxilma-xilligi okean bioxilma -xilligidan 25 marotaba yuqori. Yeryuzida mavjud bo„lgan 8,7 millionturning 2,1 millioni okean uchun xos ekanligi baholandi. Kolumbiya yuqori bioxilma - xillikka ega bo„lgan mamlakathisoblanib, u yerda endemik turlar ko„p. Ya‟ni bu turlar boshqa biromamlakatda uchramaydi. Yerda mavjdu bo„lgan turlarning 10% gayaqini Kolumbiyada uchraydi va 1900 dan ko„proq qush turlari Yevropava Shimoliy amerikaga qaraganda ko„proq. Kolumbiyada dunyo sutemizuvchi turlarining 10% i uchraydi Dunyoning suvda va quruqdayashovchilarining 14 % i va dunyo qushlarining 18%i Kolumbiyadauchraydi. Indoneziya dunyo gulli o„simliklarining 10% ini, sutemizuvchilarning 12% ini, sudralib yuruvchilar, amfibiyalar vaqushlarning 17% ini o„z ichiga oladi. Madagaskar orolidagi florada o„simlik turlarining 66% iendemik, Yangi Zelandiya orolida esa 72 %, Gavaya orollarida 82-90%. Janubiy Xitoy ning Chjetszyan proventsiyasida Sharqiy osiyoningginko daraxti yovvoyi holda faqat shuyerda o„sadi. AQSH g„arbidagibir qancha rayonlarda mamont daraxti faqat shuyerlarda o„sadi. Turlar qonun tomonidan saqlansada, toki ularning tabiiy muhiti saqlanmaguncha ular hayot kechira olishmaydi. Atrof muhitni muhofaza qilish ko‟pincha, tabiiy muhitni yoki butun ekotizimni saqlashga asoslangan bo‟ladi. Buni bajarishning usullaridan biri bu tabiat muhofazasini yaratish bo‟lib, u xuddi, xalqaro bog‟lar va yovvoyi hayot hududlarini saqlash kabi bo‟ladi . 1872-yilda birinchi Xalqaro bog‟ Yellow Stone National Park hisoblanib, AQSH da tashkil qilingan. O‟sha davrda Kulrang ayiq, loss va bug‟ular Shimoliy Amerika hududi tomonga ko`chirilib, joyi o‟zgartirilgan edi. Bu hayvonlar ozuqa to‟plash uchun yerning ko‟plab hududlarini darbadar kezardilar. Agar ularning tabiiy muhiti kichik bo‟lsa ular yashay olmaydilar. Misol uchun, kulrang ayiq kuniga katta miqdorda ozuqaga muhtoj bo‟ladi. Kulrang ayiqga o‟z qornini to`ydirishi uchun bir nechayuz km hududlar kerak bo‟ladi. Milliy bog‟lar va yovvoyi hayot hududlarisiz ba‟zi hayvonlar hozir mavjud bo‟lgandan ancha kam bo‟lishlari mumkin edi 2 . О„zbekiston Respublikasi hududida 4,5 mingga yaqin yovvoyi о„simlik va 2000 dan ziyod zamburug„ turlari mavjud. Shundan 577 tasi dorivor, 103 turi bо„yoqbop, 560 turi efir moyli о„simliklar hisoblanadi. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj kо„pgina kamyob, endem va relikt turlar ham bor. Bunday turlarning soni 400 ta atrofida bо„lib, ular О„zbekiston florasining 10-12 % ini tashkil etadi. Aholining tabiatga notо„g„ri munosabati ham о„simliklarning kamayib ketishiga sabab bо„lmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda qizil lola, sallagul, shirach va shunga о„xshash nafis gulli о„simliklarning juda kamayib ketganligining guvohi bо„lib turibmiz. О„simlik turlarini saqlash va muhofaza qilish uchun 1979 yilda О„zbekiston “Qizil kitobi” ta‟sis etildi. Qizil rang - xavfli, ta‟qiqlovchi va ma‟n qiluvchi ramziy ma‟noni anglatadi. “Qizil kitob” nabotot olamining kamyob, yо„qolib ketish xavfi ostidagi turlari haqida mukammal ma‟lumot beradi. Uning vazifasi - jamoatchilik va davlat idoralarini tabiat muhofazasi masalasiga jalb etishdan va turlar genofondini saqlab qolishga kо„maklashishdan iborat. О„zbekiston florasining yо„qolib ketish xavfi ostida turgan 163 turi “Qizil kitob”ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan. Shuni esda tutish kerakki, “Qizil kitob” ning birinchi jildi (tomi) hayvonlar bо„yicha bо„lib, 1983 yilda nashr qilingan. 1998 yilga kelib, О„zbekiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan о„simlik turlarining soni 301 taga yetdi. 2009 yilda nashr etilgan О„zbekiston Respublikasining «Qizil kitobi» ga esa 321 ta о„simlik va 3 ta zamburug„ turlari kiritilgan. О„simlik dunyosini muhofaza qilish jarayonida keng omma ishtirok etgan taqdirdagina ijobiy natijalarga ega bо„lish mumkin. Shundagina, biz kelgusi avlodlar uchun nabotot olamining bebaho boyligini saqlab qoldirgan bо„lamiz
Bazi atrof-muhitda jonzotlar bilan yashashga ko‘nikib, ular doim odamlar bilan birga yashaydi, deya yanglish fikr yuritamiz.
2014 yili Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi e'lon qilgan hisobotda bayon qilinishicha, 1970 yildan buyon Yer yuzida yovvoyi hayvonlar soni ikki baravar kamaydi.
Kaktaktoportali Markaziy Osiyo hududida ana shundan yo‘q bo‘lib ketish xavfiga yuz tutgan 10 turdagi jonzotlar ro‘yxatini shakllantirib, e'lon qildi.