Noyob va yo’qolob borayotgan hayvonlarni asrashga qaratilgan dastur va loyihalar
Menzibira sug‘uri Kemiruvchilarning mayda oziqlar bilan qorin to‘qlab yuradigan menzibira sug‘uri O‘zbekistonning Chotqol, Qozog‘istonning Qurama va Qirg‘izistonning Talas vodiysida yashashi kuzatilgan.
Uning bo‘yi 49 sm, dumining uzunligi esa 13,5 sm bo‘ladi. Ko‘rinishida barcha sug‘urlardek anatomiyaga ega, ammo quloqlari kalta va mo‘ynasi qalin bo‘ladi. Ular 5 ming atrofida qolgan.
Sayg‘oq Ba'zan Turkmaniston va Rossiyada uchrab turadigan sayg‘oqlar aslida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston hududlariga xos yovvoyi hayvon hisoblanadi.
2010-15 yillar oralig‘ida faqat Qozog‘istonda 132 ming sayg‘oq halok bo‘ldi. Uning qirilib ketayotganiga gemarogik septikemiya qo‘zg‘atuvchi (pasterelleza) sababchi bo‘layotgani bildirilgan. Ular, asosan, muz ostidan ozuqani chiqarolmay, brakonerlar tufayli tuyoqsiz muzni yorolmay, o‘lib ketmoqda.